Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ishlab chiqish, xatolarni minimallashtirish va yopiq jarayonlarni ishlab chiqish


Download 0.51 Mb.
bet119/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

2.Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ishlab chiqish, xatolarni minimallashtirish va yopiq jarayonlarni ishlab chiqish
Zamonaviy mahsulotning muhim turlaridan biri bo‘lib hisoblangan zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini yaratish va qo‘llashning xususiyatlari va dinamikasini ko‘rib chiqish mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda qimmatbaho asbob-uskunalar va malakali xodimlardan maksimal foydalanishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlar, boshqaruv sistemalari va axborot xizmatlarini yagona ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan mexanizm sifatida integrallashuv muammosi hal etilmoqda.
Qiyin axborot loyihalarini amalga oshirish, bir necha yuzlab kompyuterlar, turli xil asbobuskunalarni, lokal va taqsimlangan tizimlarni yaratishni, maxsus dasturli ta’minotni yaratishni talab qiladi. Xizmat ko‘rsatishning zamonaviy jarayoni insonning yakka tartibdagi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish, xizmat ko‘rsatish jarayoninidiagnostika va modellashtirish kabi muhim bo‘lgan vazifalarga asoslanadi.
Bugungi kunda servis tashkilotlarining raqobatbardoshliklari, buyurtmachilar ehtiyojlarini tahlil qilish, iste’molchilarning jinsi, yoshi va yakka tartibdagi xususiyatlarni, shuningdek xizmat ko‘rsatish jarayonidagi psixologik omillar, moda psixologiyasi vazifalari, reklamaning ta’siri psixologiyasi masalarni va boshqalarga asoslanadi. Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda mehnat jarayonining o‘zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi. Masalan tikuvchining xizmati shundan iboratki, u kostyum, shim va boshqa buyumlar tikadi. Uning faoliyati ushbu buyumlarda gavdalanadi (moddiy xizmat).
Iste’molchilarga xizmatlar ularga xizmat qilish jarayonida amalga oshiriladi. Xizmatlarni taqdim etish deganda, xizmatning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmat bajaruvchisining faoliyati tushiniladi. Xizmatlarni taqdim etish alohida bosqichlarga bo‘linadi. Ular jumlasiga zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlash, bajarishning texnologik jarayoni, nazorat va baholash, xizmat ko‘rsatish jarayoni kiradi. Shunday qilib, xizmatlar iste’molchilar va uni amalga oshiruvchilar bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling