Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari
Fanning maqsadi va vazifalari
Download 0.51 Mb.
|
SFA Maruzalar matni
2.Fanning maqsadi va vazifalari
Xizmat sohasini rivojlantirish servis va xizmat ko‘rsatishni bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish, mahalliy byudjetlarni to‘ldirish manbai sifatidagi imkoniyatlaridan keng foydalanilishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. 2016 yil 26 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xizmat sohasini 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi 55-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, unda xizmat sohasi korxonalari faoliyatini mutanosib rivojlantirish va diversifikatsiyalash maqsadida, taqdim etilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligi va sifatini ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda 2015 yilga nisbatan jami xizmatlar hajmini 1,8 marotaba, jumladan yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmini 1,8 marotaba va savdo xizmatlari hajmini 1,6 marotaba oshirish nazarda tutilgan. 2020 yilda Respublika regionlarida qo‘shimcha ravishda 193 ta yangi parhez oshxonalarni yaratish, 200 ta umumiy ovqatlanish tashkilotlarida taomlarni buyurtma asosida etkazib berish xizmatlari tashkil etiladi. “Servis faoliyati asoslari” fani o’z oldiga “Servis” va “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishida ta’lim oluvchilarni fan asoslari bilan tanishtirishni maqsad qilib qo’yadi. Ushbu ma’ruzalar kursida servis faoliyati mohiyatini nazariy tushunilishi yoritiladi, uni tarixiy va zamonaviy amaliyoti kuzatiladi. Servis faoliyati mohiyatini tushunishda, “servis”, “xizmat” nazariy tushunchalarini ahamiyati katta. Ushbu ma’ruzada “Servis faoliyati asoslari” faniga tegishli bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha bakalavriat talabalariga takomillashgan Davlat ta’lim standartlari asosida yetkazilishi shart bo‘lgan minimum bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan. Fanning maqsadi - talabalarda servis faoliyati mohiyati, hozirgi zamon servis faoliyati xususiyatlari, servis foliyatidagi informatsion texnologiyalar, servis sohasdiagi tadbirkorlik va servis korxonasini boshqaruvi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari – talabalarni servis faoliyatini nazariy asoslari, servis xizmatlari tasnifi va asosiy turlarini tavsifi, servis xizmatlarini sifati, informatsion servis xususiyatlari, servis korxonasini boshqaruvi asoslari bilan tanishtirish hamda ularni iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish etikasi va qoidalariga o‘rgatishdan iborat. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling