Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Servis faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati


Download 0.51 Mb.
bet5/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

5.Servis faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati
Servis faoliyatini nazariy tushunilishi servisni ko’p qirrali tabiatini aks ettiruvchi chuqur mazmunga ega bo’lmoqda. Hozirda servis faoliyati amaliyoti ikkita muhim tomonlar jalb qilingan keng xo’jalik faolligi maydoni sifatida qaralmoqda. Unda xizmatlar ishlab chiqaruvchi va undan bozor almashinuvi asosda foydalanishni taklif etuvchi ixtisoslashgan strukturalar mavjud. Servis faoliyati xizmat ishlab chiqaruvchilari uchun xo’jalik yuritish sohasidagi kasbiy mehnat, biznes, boshqaruv turi sifatida namoyon bo’ladi.
Xizmat ishlab chiqaruvchilari o’z mehnati jarayonida albatta, iste’molchilar bilan to’qnashadilarki, ular servis faoliyatiga, ularni manfaatlari, ruhiy holati, maqsadli mo’ljallanishlari keltirib chiqaradigan noiqtisodiy tavsiflar bag’ishlashadi. Servis faoliyati maydonida xizmat iste’molchilari bozor almashinuvi orqali o’z ehtiyojlarini hisobga olgan holda, aniq ne’matlar olishni hohlovchi boshqa tomonni tashkil qiladi. Iste’molchi servis faoliyatiga o’z talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutilgan keng diapozondagi o’ziga xos talablar qo’yishadi.
Servis faoliyatini bunday tushunilishi unga ko’p qirrali iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy fenomen sifatida yondashishga imkon beradi. U bir vaqtni o’zida jamiyat va yakka ehtiyojlarni qondirishning xo’jalik mexanizmi, jamiyat qayta ishlab chiqarilishini, tovarlarni taqsimlash va iste’mol qilishni muhim bo’g’ini, shuningdek, odamlar farovonligini oshirishning ijtimoiy mexanizmi sifatida namoyon bo’lmoqda. Hozirda servis faolligini ijtimoiy-madaniy innovasiya manbai, jamiyat rivojlanishini informasion xizmat ko’rsatish, bilish xizmatlarini kengaytirish orqali dinamizasiyalash usuli sifatidagi ahamiyati qayta fikrlanmoqda. Servis faoliyatini tushunishga bo’lgan bunday jihat va yondashuvlar uni displinalararo ilmiy tahlilni murakkab obyekti sifatida qarashga imkon beradi.


2-MAVZU. ZAMONAVIY JAMIYATDAGI SERVIS FAOLIYATI VA XIZMATLAR. SERVIS FAOLIYATINI QARAMA-QARSHILIKLARI

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling