Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Kompaniyalar faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dolzarblashtiruvchi va rahbariyatga qarorlar qabul qilish uchun ma’lumot taqdim etuvchi boshqaruv sistemalari


Download 0.51 Mb.
bet130/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

3. Kompaniyalar faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dolzarblashtiruvchi va rahbariyatga qarorlar qabul qilish uchun ma’lumot taqdim etuvchi boshqaruv sistemalari.
Yangi konpyuter tizimlari. Ushbu fuksional integrallashtiradi va mustaqil agentlar uchun ham imkoniyat yaratadi,chunki ularda foydalanish baholari deyarli o‘zgarmas bo‘lib bormoqda.
Hozirgi paytga kelib, bir qancha harakatdagi va foydalanuvchilar uchun (turistik firmalarga) taklif etilayotgan tayyor dasturli vositalar mavjud. Ularning birinchisiga lokal hisoblash tarmoqlari muhitida yaratilgan tizimlar kiradi va ular bir binoda joylashgan turistik firmalar faoliyatlarini axborot kanalaridan foydalangan holda ularning tashqi o‘zaro aloqalarni avtomatlashtirilmagan holda ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi servis deb nomlanadigan markaziy va quvvati baland bo‘lgan mashinada joylashadi, foydalanuvchining ular avtomatlashtirilgan joylarida turib kirishi, tarmoqli asbob-uskuna, tarmoq matematikasi yordamida ta’minlanadi.
Ikkinchi klassdagi tizimlar dasturli komplekslar imkoniyatlarini ochadi va ularga qo‘shimcha sifatida sotish buyumlari bilan ajratilgan kanallar paket rejimida turoperatorning modem aloqasi sotiladi, alohida hollarda esa bir shahar (viloyat) boshqa tumanlarida joylashgan boshqa mehmonxonalari bilan ham.
Uchinchi klassga harakatdagi yoki yangi yaratilayotgan global telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan turoperatorlar uchun tizimlar kiradi. Bunday hollarda u yoki bu firmaning turistik mahsuloti to‘g‘risidagi asosiy baza ma’lumotlari global tarmoqning axborot markazlarida (bug‘inlarida) joylashadi va barcha tarmoqlardan foydalanuvchilar uchun on-line rejimi bo‘yicha uzaytirilgan kirim amalga oshiriladi.
Birinchi qismga kiritilgan dasturga komplekslarning vakili bo‘lib «Infotur» deb nomlanadigan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi. U Windows uchun SUBD FOKSPRO tarmoq versiyasi muhitida yaratiladi va turoperator tomonidan turistik mahsulotni shakllantirish va sotish uchun mo‘ljallangan.
Dasturning foydalanuvchi bilan muloqati ko‘p oynali interfeys shaklida amalga oshadi. Ular tugmacha - piktogrammalar yordamida sodir etiladi. Bunday tugmachalar asosiy menyuda 12 ta, shu jumladan «Marshrut», «Otel», «Tursherik», «Iste’molchi», «Ekskursiya», «Valyuta», «Transport», «Hujjatlar», «Yakka tartibdagi tur», «Aviareys».
Har bir tugmacha servis faoliyati bo‘yicha ma’lumot bazasini o‘z ichiga oladi, masalan, «Otel» tugmachasi ma’lum xududda, shaharda, tumanda joylashgan turistlarga joylashtirish joylari, turistik mehmonxona klassi, apportamentlar turlari, yilning mavsumiga bog‘liq baholar kabilarni to‘liq tavsiflaydi. Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlar qo‘yilgan talablarni qondiradigan otellarni qidirishning me’zoni sifatida gavdalanadi.
Qolgan ko‘rsatkichlar to‘plami esa asosiy rassenkalardan, skidkalar miqdorini turli xildagi ovqatlantirish xizmatlarini tashkil etishni, shuningdek qo‘shimcha servisni (banket zallari, koditsionerlar, turli toyifadagi nogironlarni qabul qilish, turli televizion sistemalarning mavjudligi va hokazolar) tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkichlarning ahamiyatini korrektirovka qilish, xotiradan o‘chirish yoki yangi ma’lumot bilan to‘ldirish mumkin.
«Infotur» tizimining afzalligi bo‘lib, shuningdek yakka tartibdagi turni (iste’molchining buyurtmasi bo‘yicha) yaratish rejimi hisoblanadi. Foydalanuvchiga yordam tariqasida taklif etilayotgan xizmatlarga mos ravishdagi to‘liq ko‘rsatkichlar taqdim etiladi. Bunday ko‘rsatkichlar jumlasiga: xududning (davlatning), shaharning, mehmonxonaning nomi, jo‘nash muddati, sayyohat kunlari va tunlari soni, uning boshlanish muddati, bahosi, marshruti, ekskursion dasturi, servis faoliyatining turli xildagi turlari, ovqatlanish xizmatlari, turistik transferi va boshqalar kiradi.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling