MTKSning ma’lumotlar ba’zasini boshqarish doirasida doimiy ravishda quyidagi ishlar olib boriladi:
- yangi tarmoq guruhlari va yo‘nalishlarini joriy etish yo‘li bilan (masalan kommunal kir yuvish – fabrikalari, transport vositalarini ta’mirlash va hokazolar) axborot tizimlarini kengaytirish va rivojlantirish, tarmoqda foydalaniladigan asbob – uskunalar ro‘yxatini to‘ldirish (masalan metrologik), shuningdek har bir alohida asbob – uskuna pasportidagi ma’lumotlarni to‘ldirish;
- ko‘rgazmalar, g‘oyalar yarmarkasi, seminarlar, shuningdek seriyali ishlab chiqarishda o‘zlashtirish uchun asbob – uskunani joylashtirish bo‘yicha kompleks bilan ishlashda MTKSning axborot potensialidan foydalanish;
- turli qiziqish bildirgan tashkilotlarga zaruriy axborotni tahlil qilish, kelishish va taqdim etish. Bunday axborot sezilarli ravishda maishiy xizmat ko‘rsatishning yoki bu kichik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha xududiy boshqaruv organlarining qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi va ta’luqli ravishda ushbu korxonalarning moliyalashtirilishiga ham;
- MTKSning yangi yo‘nalishlarini (masalan metrologiya, ekologiya, kommunal xizmatlar va hokazolar) rivojlantirish bo‘yicha maslahat berish va nazorat qilish;
- takliflarni tahlil qilish, kiruvchi va chiquvchi axborot shakllarini yaratish, modernizatsiyalash va joriy etish;
- ma’lumotlar bazasiga kiritilgan hujjatlarning mazmuni va shakli bo‘yicha nazorat funksiyalarini amalga oshirish.
MTKSning axborot tizimini doimiy tayyorgarlikda saqlash va qiziqtirilayotgan ma’lumotni berishga doimiy ravishda tayyor bo‘lishni qo‘llab quvvatlash asbob – uskunalar pasportlari va texnologik zanjirlar ma’lumotlar bazasini doimiy ravishda yangilash bo‘yicha nazoratni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, har bir kiruvchi shakl bilimlar kutubxonasi hisoblanadi va maxsus amaliy dasturlar paketi yordamida qo‘llab quvvatlanadi. Asbob – uskunalarning quyidagi shakllari mavjud:
a) bir nomlanishdagi asbob - uskunalar uchun;
Do'stlaringiz bilan baham: |