- Yakka tartibdagi va guruhli turlar uchun biznes bo‘yicha hamkorlarning turistik xizmatlarni taklif etishning kelishilgan holdagi shakllanishi;
- Turli xildagi turistik mahsulotlarni bozor talabi va baholarini tahlil qilish;
- Mahsulotni bozorga chiqarish vaqtini kamaytirish;
- Dasturli turlarni (o‘quv-anglash, kongress, sport, ov, oilaviy, yakka tartibdagi va shop turlar va hokazolar) shakllantirish uchun axborot texnologik imkoniyatlarini taqdim etish;
- Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi;
- Reklama va axborotning (masalan multimediya bazasida) yangi turlarini ishlab chiqish;
- Sayyohlarni chet ellarga yuborish va mamlakat ichidagi sayyohlarni (shu jumladan boshqa turistik firmalar bilan o‘zaro harakatda) tashkil etish uchun guruhni operativ komplektlashning samarali vositalarini ta’minlash;
- Mehmonxonadagi joylarni rezervlashtirishni avtomatlashtirish, turli xildagi transportga chiptalarni bronlashtirish, transport va boshqa vositalarni ijaraga olish uchun buyurtmalarni tayyorlash;
- Bosh turagentlik va agentlik shahobchalarining o‘zaro harakatdagi egiluvchanlik va operativligining ta’minlanishi;
- Putevkalarni sotishda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish (marshrut va turlar, baholar va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish, turli marshrutlar va davlatlarga putevkalar mavjudligi va xizmat ko‘rsatish);
- Servis tizimi faoliyati uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlarda mavjud bo‘lgan daraja va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish xalqaro turizm madaniyatiga xos bo‘lgan yangi axborot texnologiyalariga bosqichma-bosqich o‘tish.
Yuqorida qayd qilingan ustuvor yo‘nalishlarni muvofaqqiyatli hal etishning vositalaridan biri bo‘lib, rivojlangan davlatlarda qo‘llaniladigan AMADEUS, APPALO va boshqa turdagi sistemalarga o‘xshash lokal axborot tarmoqlari va telekommunikatsion tizimlar bazasidagi turistik xizmatlar bozorini axborotlashtirish hisoblanadi. Shu yerda ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda respublikamizdagi ko‘pchilik firmalar kompyuterlar lokal tarmoqlar bilan jihozlangan, internet orqali turli davlatlarda joylashgan boshqa firmalar bilan aloqaga egadir.
Yana bir e’tiborga loyiq narsa shundan iboratki, hozirgi paytda ayrim turistik agentliklar yoki turoperatorlar kompyuterlardani asosiy va yordamchi fuksiyalarni avtomatlashtirish uchun foydalanish holatidadirlar. O‘zining fuksional belgisiga ko‘ra turistik agentliklardagi kompyuterlar sistemalari uch klassga bo‘linadi:
1. Istemolchilarga servis xizmatlarini bajarishni ta’minlovchi asosiy sistemalar. Ularda operator rezervlashtirishni bosh kompyuter tizimiga (COMPUTER RESERVATION SYSTEM-CRS) kirish hisobiga amalga oshiradi.
2. Turistik agentliklarni xizmat fuksionalarini avtomatlashtiruvchi yordamchi sistemalar. Ular hisob raqamlari, chiptalar va yo‘l haritasi kabi hujjatlarni shakllantirish,shuningdek bosh kompyuter va transport sistemalari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |