Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- iste’mol marketingi, bunda ayirboshlash korxonalar va pirovard iste’molchilar, jismoniy shaxslar yoki oilalar o‘rtasida amalga oshiriladi


Download 0.51 Mb.
bet52/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- iste’mol marketingi, bunda ayirboshlash korxonalar va pirovard iste’molchilar, jismoniy shaxslar yoki oilalar o‘rtasida amalga oshiriladi;
- korxonalararo marketing, bunda ayirboshlash jarayonida ikkala tomon sifatida tashkilotlar ishtirok etadi;
- ijtimoiy marketing, u muzeylar, universitetlar va shu kabi daromadsiz tashkilotlarning faoliyat sohalarini o‘z ichiga oladi.

Firma faoliyati strategiyasi (ingl stratedy of company activity) - bu narsa firma faoliyatining atrof-muhit bilan moslashuv darajasiga bog‘liq. Firma faoliyati strategiyasi portfelini tashkil qilishdagi alternativ tanlov atrof-muhitni zaruriy ravishda tahlil qilish natijala-riga ko‘ra o‘tkaziladi. Firma faoliyati strategiyasini klassifikatsiya qilishning eng umumiy belgisi bozor hissasidir, ya’ni ma’lum tovarlar bo‘yicha bozorning eksportyor tomonidan nazorat qilinadigan qismidir. Firma faoliyati strategiyasi bozorni egallash va uni kengaytirishga qaratilgan bo‘lsa, u yaratuvchi strategiya deb ataladi.

U hujumkor xarakterga ega bo‘lib, yangi istiqbolli mahsulot mavjud bo‘lganda, bozor­ning yangi istiqbolli segmentini ochishda, shuningdek, raqobatchilar bozorda o‘z raqobatbardoshliligini yo‘qotganda qo‘llaniladi. Agar korxona o‘z bozor hissasidan qoniqsa, u yoki bu sababga ko‘ra o‘z hissasini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, unda muhofazakor strategiya bo‘ladi. Uning maqsadi boshqa raqobatchilar hujumidan himoyalanish buladi. Albatta bir bozordagi himoyalanish olib borilishi mumkin. Muhofazakor strategiya varianti "bozordan chiqish" varianti hisoblanadi. Dinamik korxonalar uchun ular katta ishlab chiqarish va eksport potensialiga ega bo‘lganligi uchun ularga o‘sish strategiyasi xosdir.

Uzoq muddatli istiqbolda bo­zorda zo‘ravonlikka erishish uchun shunday strategiya qo‘llaniladi. O‘sishning yangi segmentida ko‘pincha tanlama strategiyadan foydalaniladi, u rag‘batlantirish va narxlashtirishni ko‘zda tutadi. YAna shunday firma faoliyati strategiyasining tasnifini bozorning yangiligiga hamda mahsulotning yangiligiga ko‘ra saqlab qolishdan iborat bo‘lgan hollarda, ya’ni bu holat korxonani qoniqtirgan va zaruriy daromadni keltirgan hollarda bunday strategiya balanslovchi strategiya deyiladi. Bunda e’tibor boshqaruv jarayonini yaxshilashga qaratiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling