Urganch davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti «u m u m iy k im y o» k a fe d r a si
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitishni differensiallash va individuallashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’E-4.4. Sikloalkanlarning gidrogenlanish reaksiyalari.
- Mustaqil ish uchun topshiriqlar. Dastur A.
- O’E -4.5. Kimyoviy formulalarni keltirib chiqarishga oid masalalar yechish. Moddaning oddiy formulasini keltirib chiqarish bo’yicha masala
- Masala
- Oraliq nazorat. To’g’ri javobni toping.
- O’E-5. Amaliy ish. “Organik birikmalar tarkibidagi uglerod, vodorod va xlorni sifat jihatdan aniqlash”. Maqsadlar
- O’E-6. Alkanlar va sikloalkanlarning olinishi va ishlatilishi. O’E-6.0. Maqsadlar. Bilish kerak
- O’E-6.1. Uglevodorodlarning ishlatilishi.
- O’E-6.2. Alkanlarni va sikloalkanlarni olinishi.
- CHsCOONa + NaOH ^ CH 4 +NaiCOs
- Variant B.
- O’E-7. Uglevodorodlarning kimyoviy formulalarini keltirib chiqarishga oid masalalarni yechish. Maqsadlar.
- Kimyoviy formulalarning labirintlari bo’yicha sayohat.
- Harakatlanish punktlari.
- O’E-8. Chiqish nazorati.
- 2.2. Kimyo darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasi
CH4^ C +2H 2 Juda yuqori (15000C ) temperaturada atsetilen hosil bo’ladi. 2CH4^ C 2H2+3H2 Butan parchalanganda etan va etilen hosil qiladi. C4H10^C2H6+C2H4 Mustaqil ravishda dekanning parchalanish reaksiyasini yozing. Parchalanish o’rtadan ketishini hisobga oling.
Kichik halqali sikloalkanlar katalizator ishtirokida qizdirilganda o’ziga vodorodni biriktirib olib, alkanlarga aylanadi. Reaksiya sharoiti o’zgartirilsa, reaksiya teskari yo’nalishda ham ketishi mumkin.
Qanday uglevodorodlarni gidrogenlab quyidagi alkanlarni olish mumkin? a) pentan; b)
2 -metilpentan. Dastur B. Qandaydir sikloalkanni gidrogenlash natijasida pentan
va 2-
metilbutanlarning aralashmasi olingan. Sikloalkanning formulasini aniqlang. Sikloalkanning tuzilishi to’g’risida aniq bir xil xulosa berish mumkinmi? Buni isbotlang. 37
O’E -4.5. Kimyoviy formulalarni keltirib chiqarishga oid masalalar yechish. Moddaning oddiy formulasini keltirib chiqarish bo’yicha masala yechishning algoritmi. 1.D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi bo’yicha modda tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlarning nisbiy atom massasini toping. 2.
Elementlar massasi yoki massa ulushini ularning nisbiy atom massasiga bo’ling.
3.Olingan ulushlarni ularning eng kichigiga bo’ling. Agar hisoblangan indekslarda kasr bo’lsa, unda ularning barchasini 2,3 va boshqa sonlarga ko’paytiring. Shu yo’l bilan kasrdan qutilasiz. Olingan sonlar kimyoviy formuladagi elementlarning indeksiga teng bo’ladi. Masala: Uglerodning moddadagi massa ulushi 75 %, vodorodning massa ulushi 25 % ga teng ekanligini bilgan holda moddaning formulasini aniqlang. Individual ish. Quyidagi masalalarni yeching. 1.Modda o’zida 10,04 % uglerod va 0,83 % vodorod va 89,13 % xlorni tutadi. Moddaning formulasini keltirib chiqaring va uni nomlang. 2.Modda o’zida massa ulushi 0,8 bo’lgan uglerod va massa ulushi 0,2 bo’lgan vodorodni tutadi. Modda formulasini aniqlang. Hisob kitobda aniq natija oling.
Oraliq nazorat. To’g’ri javobni toping. 1.To’yingan uglevodorodlarning galogenlash reaksiyalari qanday
reaksiyalarga kiritiladi? a) ion tipli radikal tipli 2.
Qaysi moddani xlorlash bilan xloroform(CHCl3) olish mumkin. a) etanni b) metanni c) propanni 3.Radikal o’rin olish reaksiyalari boradi. a) yorug’ likda b) katalizator ishtirokida c) yuqori temperaturada. 38
4.O’zgarishlarni amalga oshiring. a) butan^siklobutan^butan^karbonat angidrid b) propan^siklopropan^xlorsiklopropan Javoblarni o’qituvchi yordamida tekshirib oling. Oligan natijalarga qaramasdan siz 20, 22, 25 mashqlarni yechib mashq qilishingiz kerak. Berilgan darsda qo’yilgan maqasadalarni ko’rib chiqing va ularga qay darajada yetganingizga baho bering. O’E-5. Amaliy ish. “Organik birikmalar tarkibidagi uglerod, vodorod va xlorni sifat jihatdan aniqlash”. Maqsadlar: Amaliy ishni bajarib siz quyidagilarni o’rganasiz: -tajriba asosida noma’lum moddaning organik yoki noorganik moddalarga tegishli ekanligini aniqlashni: - organik moddalardagi xlorning borligini aniqlashni. Ishni bajarilishi bo’yicha ko’rsatmalarni 182-183 betlardan topasiz. Berilgan darsda qo’yilgan maqsadlarga e’tibor qarating va ularga qanchalik yetkaningizga o’ zingiz baho bering. O’E-6. Alkanlar va sikloalkanlarning olinishi va ishlatilishi. O’E-6.0. Maqsadlar. Bilish kerak: -alkanlar va ular hosilalarini ishlatilish sohalarini -laboratoriyada alkanlar va sikloalkanlar olish usullarini -yonish mahsulotlariga qarab modda formulasini topish algoritmini aniqlash. Uddalash kerak: -galogenli hosilalarga Na va Zn metallarini ta’sir qidirib alkanlar va sikloalkanlar olish reaksiya tenglamalarini yozishni; -karbon kislota tuzlarining parchalanishi bilan alkanlarni olish reaksiya tenglamalarini yozishni. 39
-yonish mahsulotlariga qarab moddaning formulasini aniqlashni. O’E-6.1. Uglevodorodlarning ishlatilishi. 1.Quyidagi sxema bo’yicha moddalarni olish reaksiya tenglamalarini yozing.Reaksiya tipini ko’rsating va ularni amalga oshirish sart-sharoitlarini ko’rsating. 2.Darslikdan va o’z bilimingizdan foydalanib quyidagini to’ldiring. Uglevodorodlar Ishlatilish sohasi Gazsimon
Suyuq Qattiq
O’E-6.2. Alkanlarni va sikloalkanlarni olinishi. Laboratoriyada alkanlarni quyidagi usullarda olinadi. 1) galogenli hosilalarga metallar Na ni ta’sir ettirib (Vyurs reaksiyasi)
2) Karbon kislota tuzlarini ishqorlar bilan qizdirib: CHsCOONa + NaOH ^ CH 4 +NaiCOs 3) digalogenli hosilalarni metallar (Zn, Na) bilan qizdirib sikloalkanlar olinadi.
1.Butan va siklobutanlarni laboratoriyada olinish usulini tavsiya eting. 40
2.O’zgarishlarni amalga oshiring. CH 4 —— ? ——
C 2 H 6 Variant B. Propan olishning 2 ta usulining reaksiya tenglamalarini yozing. O’E - 6.3. Yonish mahsulotlari bo’yicha kimyoviy formulalarni keltirib chiqarishga oid masalalar yechish. Yonish mahsulotlari bo’yicha modda formulasini chiqarishga oid masala yechish algoritmi. 1.Nisbiy zichlikdan foydalanib, moddaning nisbiy molekulyar massasini toping. Buning uchun moddaning nisbiy zichligini taqqoslanayotgan gazning nisbiy molekulyar massasiga ko’paytiring. 2.Dastlabki modda tarkibidagi uglerodning massasini CO2 ning massasi yoki hajmi bo’yicha toping( dastlabki hajmdagi, dastlabki modda miqdoridagi). 3.Dastlabki modda tarkibidagi (dastlabki hajmdagi, dastlabki modda miqdoridagi) vodorod massasini hosil bo’lgan suvning massasi bo’yicha toping. 4.Berilgan modda namunasi o’zida kislorodni tutadimi, shuni aniqlang. Buning uchun uglerod va vodorodning massalarini qo’shing. Modda massasi bilan uglerod va vodorod massalarining farqidan siz namunadagi kislorod massasini topasiz.
5.Sizga ma’lum bo’lgan algoritm bo’yicha moddaning eng oddiy formulasini toping.
6 .Moddaning eng oddiy formulasining nisbiy molekulyar massasini taqqoslang. Moddaning molekulyar oddiy formulasining molekulyar massasiga bo’ling. Hosil bo’lgan natijani oddiy modda formulasidagi indekslariga ko’paytiring.
6 gr organik moddani yoqqanda 17,6 g CO2 va 10,8 g suv hosil bo’ldi. Vodorod bo’yicha moddaning zichligi 15 ga teng. Modda formulasini aniqlang.
1. Moddani nisbiy molekulyar massasini topamiz. M 1(modda) = D Vodorod • M (H2 ) = 30 41 2. 17,6 g CO2 da uglerodning massasini topamiz: M2(CO2) =44; Ar (C) =12 44 gr CO2 da - 12 gr C bo’lsa, 17,6 gr CO2 da - X gr C bo’ladi. X=4,8 gr. 3. 10,8 gr suvdagi vodorodning massasini topamiz. M ( H2O ) = 18 Mr (H2) =1 18 gr suvda - 2 gr vodorod bor, 10,8 gr suvda - X gr vodorod bo’ladi X=1,2 gr. 4. Dastlabki moddada kislorod bor yoki yo’qligini aniqlaymiz. m(O) = m(namuna)-m(C+H); m(O)=6-(4,8+1,2)=0 5. Moddaning eng oddiy formulasini chiqaramiz. C:H=4,8/12:1,2/1=0,4:1,2=1:3 Oddiy formula CH 3 6
7. Mr(CH3)=15; Mr(modda)=30; 30\15=2 Oddiy formuladagi indekslarni 2 ga ko’paytiramiz, shu sababli modda formulasi C2H6 bo’ladi. Javob: modda formulasi - C2H6
Mustaqil ish. 28 betdagi 20 masalani yeching. Endi bu mavzuni o’rganishdagi bilimlarni umumlashtiramiz. Buning uchun jadvalni to’ldramiz. To’ldirishda ko’rsatilgan xarakteristikalarga e’tibor beriladi. Agar uglevodorod reaksiyaga kirishmasa mos ravishda shu grafaga chiziqcha qo’yiladi. Agar kirishsa mos ravishda reaksiya tenglamasini yozing. Darslik yoki daftarga qaramang. Chunki bu o’z-o’zini nazorat qilishdir. Bu siz uchun foydadan holi emas, real bilim va ko’nikmalaringizni o’zingiz baholay olasiz, keyinchalik nazorat ishlariga yaxshi tayyorlanishingiz imkonini beradi. 42
Xarakteristika Alkanlar
Sikloalkanlar Umumiy formula Gibridlanish tipi Reaksiyalar: a) o’rin olish b) biriktirish c) oksidlanish d) parchalanish Olinishi: a) sanoatda b) laboratoriyada
Siz ishiga tayyorlanishingiz kerak, ularning har bir variantida moddaning kimyoviy formulasini keltirib chiqarishga oid hisoblash masalasi mavjud. Bugun siz o’z kuchingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Siz moddaning formulasini topib bilishingiz kerak; -reaksiyaga kirishgan gazlarning hajmiy nisbatlari bo’yicha; -yonish mahsulotlari massasi bo’yicha; -gaz zichligini, nisbiy zichlikni, nisbiy molekulyar massani ishlatgan holda, moddaning foiz tarkibi bo’yicha.
Sinfdagi barcha o’quvchilar uchun kimyoviy formulalar labirinti bo’yicha sayohatga o’rin bor, lekin shuni e’tiborda tutish kerakki, birinchi labirint bo’yicha qarang eng osoni, ikkinchi labirint bo’ yicha harakat biroz murakkabroq, uchinchi labirint eng qiyindir. Siz o’z imkoniyatlarimizga qarab labirintlarni tanlab olishingiz mumin. 43
Agar masalani to’g’ri yecha olsangiz, har bir punktdagi orientrga tayanib ish tutsangiz ma’lum ketma-ketlikda bir punktdan ikkinchi punktga mustaqil harakat qila olasiz.Finishga kelish uchun 4 ta masalani bajarishingiz kerak. Sayohatning oxirida barcha topshiriqlarni bajarib bo’lgach, siz o’qituvchiga o’zingiz topgan formulani ma’lum qilasiz. Labirintda adashmaslik,birovning yo’liga kirib ketmaslik uchun o’qituvchiga murojaat qiling. Unda harakatning kaliti bor. Agar sayohat siz uchun qiyin bo’lsa o’rtog’ingizni taklif qiling.Muvaffaqiyat. Labirint 1. 1l
gazsimon alkan yonganda 1 l CO 2 va 2 l suv bug’lari hosil bo’ladi. Alkanning formulasini toping. Alkan molekulasidagi uglerod atomining soni sizning harakatlanish punktingiz nomeridir.
2 l uglevodorodning to’liq yonish uchun 9 l kislorod talab etiladi, bunda 6 l
CO 2 hosil bo’ldi. Moddaning formulasini toping. Olingan modda formulasidagi vodorod atomlar soni sizning keyingi harakatlanish punktingizdir. Labirint 3. 2 l alkanning to’liq yonishi uchun 7 l kislorod talab etiladi. To’yingan uglevodorodning formulasini aniqlang. Molekuladagi uglerod atomi soni, sizning harakatlanish punkitingiz nomeridir.
1.Modda o’z tarkibida 82,76 % C va 17,24 % H tutadi. Moddaning nisbiy molekulyar massasi 58 ga teng. Modda formulasini toping. Molekuladagi uglerod atomlari soni - sizning keyingi harakatlanish punkt nomeri. 2.To’yingan uglevodorodning monohlor xosilasining havoga nisbatan zichligi 2,7 ga teng. Moddaning formulasini toping. 44
Molekuladagi uglerod atomlari soni - sizning keyingi harakatlanish punktingiz. 3. 7 g uglevodorod yonganda 9 l suv ajralib chiqdi.Uglevodorodning zichligi 3,125 g/l ga teng. Moddaning formulasini toping. Molekuladagi uglerod atomlari soni - sizning keyingi harakatlanish punktingiz. 4. 1
2 va 1,44 g suv hosil bo’ldi. Moddaning formulasini toping. Molekuladagi uglerod atomlari soni - sizning keyingi harakatlanish punktingiz. 5.Qandaydir uglevodorodning molekulyar massasi 84 ga teng. Moddaning formulasini toping. 6 .Modda o’z tarkibida 85,71 % C va 14,29 % H tutadi. Vodorodga nisbatan moddaning zichligi 28 ga teng.Moddaning formulasini toping. Molekuladagi uglerod atomlari soni - sizning keyingi harakatlanish punktingiz. 7.Sikloalkan tarkibida 12 ta vodorod atomi mavjud. Uning formulasi qanday. 8
Havoga nisbatan modda bug’larining zichligi 4,41 ga teng. Moddaning formulasini aniqlang. Molekuladagi uglerod atomlari soni - sizning keyingi harakatlanish punktingiz. 9.Uglerod va vodorodning massa nisbatlari 9:2 ga teng.Birikmaning formulasini toping. Kimyoviy formulalarning labirintlari bo’yicha harakatlanish kaliti Labirint Formula
Harakatlanish punktlari(modda formulasi) 1 CH 4 1(C4H10)
4(CyH16) 7(C6H12)
2 C 3 H 6 6(C4H8) 8(C9H20) 9(C3H8)
3 C 2 H 6 2 (C3HyCl) 3(C5H10)
5(C6H12) 45
O’E-8. Chiqish nazorati. 1 . Quyidagi uglevodorodlarning qaysilari alkanlar,qaysi birlari-
sikloalkanlarga mansub: C 6 H14, C 2 H 4 , C 10 H 22 , C
3 H 6 , C 3 H 8 , C
20 H 42 , C 6 H 6 , C
5 H10?
2. Quyidagi moddalarning struktura formulalarini yozing:
2,2,3- trimetilpentan; 2,4-dimetil-3-etilgeksan. Ularning har birining bitta izomerining formulasini yozing. 3. Moddalarni sistematik nomenklaturada nomlang. a) В Д - С Н 2- Ш - С Н 3; 6) C H ^ C-C H ^ . 4. Etan,xlor va natriy metalidan foydalanib butan olish reaksiya tenglamalarini yozing hamda sharoitlarini ko’rsating. 5. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirishga imkon berdigan reaksiya tenglamalarini yozing. 6 . Uglevodorod tarkibida 85,7 % C va 14,3 % H mavjud. Uning vodorodga nisbatan moddaning zichligi 21 ga teng. Uglevodorodning formulasini toping. 2.2. Kimyo darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasi O’quv-tarbiya jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyatiga keng o’rin beriladi. Shu sababli organik kimyoni o’qitish jarayonini tashkil etishda o’quvchilarning o’rganish motivasiyasini shakllantirishni ularning o’quv predmetiga qiziqishlari asosida amalga oshiriladi. Bu kursning o’quv materiali o’rganiladigan fakt va hodisalar hamda moddalar va birikmalarga taalluqli sir- sinoatni tushuntirish, tadqiq qilish va ijodiy fikrlash darajasida qiziqtirish imkoniyatiga ega. Organik kimyoni o’rganishda o’quvchilarning bilish faoliyati ularning o’rganish faolligini oshirish orqali tashkil etiladi. Bunda o’qituvchi ularning mustaqil o’quv faoliyatini boshqarib boradi. O’qituvchi-o’quvchi, o’ quvchi- 46
o’quvchi, o’quvchi-sinf, o’qituvchi-sinf munosabatlarida o’qituvchi etakchi pozisiyani egallab turishi lozim. Mashg’ulotlarning asosiy shakli o’quvchilarning individual faoliyatiga asoslangan guruhiy ishlardir. Har bir ish yakunida barcha o’quvchilar ishtirokida frontal muhokama o’tkaziladi. O’qitish jarayoni o’quvchilarning barcha turdagi mustaqil ishlarini nazorat qilish yo’li bilan boshqariladi. O’qitish metodlarini takomillashtirishning asosiy maqsadi- o’quvchilar ijodiy faoliyatini kengaytirish, ularda bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirishga bo’lgan intilishni rivojlantirish va ularning turli shakldagi mustaqil ishlarini kuchaytirishdan iborat. O’quvchilarning o’qish va o’rganish borasidagi faolligi ularning o’qituvchi ma’ruzasi yoki og’zaki bayonini diqqat bilan tinglash, tajribalarni kuzatish, mashq va masalalar yechish, darslikdan tegishli o’quv materialini o’qish, konspektlar yozish, uy vazifalarini bajarish, turli shakl va mazmundagi darsdan tashqari ishlardagi ishtiroki kabilar bilan belgilanadi. Mustaqil o’quv
faoliyati, ayniqsa, laboratoriya tajribalari va amaliy
mashg’ulotlarni bajarishda namoyon bo’ladi. Hisoblashga doir va eksperimental masalalarni yechish, turli xarakterdagi test topshiriqlarini bajarish, kimyoviy diktant yoki boshqa shakllardagi nazorat ishlarida qatnashish ham mustaqil ishlash va fikrlashning yuqori darajali ko’rinishlaridir. Sanab o’tilgan faoliyat turlarining aksariyatida o’quvchilarning faoliyati va olgan bilimlari hamda egallagan uquv, ko’nikma. va malakalariga baho berish mumkin bo’lib, bu jarayonlar dina.mika.sini nazorat qilishni ham o’z ichiga oladi. Kimyoviy til va uning uch asosiy komponenti-kimyoviy simvolika (belgilar, formulalar, tenglamalar), kimyo atamashunosligi (terminologiya) va kimyoviy nomenklatura (nomlash usullari) muntazam mashq qilish evaziga o’zlashtiriladi. SHuning uchun yozma va og’zaki mashqlar, ayniqsa, kimyoviy konspekt va diktantlar bilimlarni egallash, mustahka.m 1 a.sh va ko’nikmalarni takomillashtirish borasida mustaqil ishlar orasida muhim o’rin tutadi. Moddalarni bilib olish, ularning tarkibi, tuzilishi va xossalari orasidagi 47
aloqani anglab etish, ayrim misollar yordamida yaxlit sinf yoki guruh moddalari uchun umumiy xulosa va umumlashmalar chiqarish kimyoni o’rganish jarayonida asosiy o’rin egallaydi. O’rganilgan alohida bo’lim
yoki bob
materiallari yuzasidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishda o’quvchilarning mustaqil faoliyatiga keng o’rin berilishi lozim. O’quvchilarning bilimlarini umumlashtirishda jadval va sxemalar tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday jadval va sxemalar bilimlarni yaxlitlash, o’rganilgan o’quv materiallarini tizimga tushirish, moddiy olamdagi umumiy aloqadorlikni yaxlit ifoda etish kabi maqsadlarda yuqori samara beradi. Masalan, o’rganilgan turli sinflarga mansub organik moddalarning o’xshashlik va o’ziga xos jihatlarini taqqoslash, turli sinf vakillari orasidagi genetik aloqani aks ettirish maqsadlarida jadval va sxemalarni tuzish hamda ularni to’ldirish mobaynida o’quvchilarning faol tarzda mustaqil ishlashlariga erishiladi. Bu borada tegishli misollar va topshiriqlarning namunalari ushbu paragraf so’nggida keltiriladi. Darslik bilan ishlash-kimyo ta’limida o’quvchilarning eng muhim mustaqil ishlaridan sanaladi. U nafaqat uy vazifalarini bajarish, balki dars jarayonida ham sodir
bo’lishi lozim.
O’quvchilarning mustaqil ishlarida darslikdan foydalanishning quyidagi muhim yo’llarini ko’rsatish mumkin: 1. Tajribalarni bajarish bo’yicha yo’l-yo’riqlar va ko’rsatmalarni o’rganish. 2. Amaliy mashg’ulotlardagi ishlarni bajarishga tayyorlanish. 3. O’rganilgan materiallarni tizimlashtirish va umumlashtirish. 4. O’quv dasturi mavzularining ayrim masalalarini mustaqil o’rganish. 5. Nazariy va eksperimental masalalarning yechish yo’llarini izlab topish va echimlarining to’g’riligini tekshirib ko’rish. 6 . Faktik o’quv materiallarini o’rganish bilan bog’liq holda darslikdagi topshiriqlarni hal etish. 7. Sxemalar, chizmalar, rasmlar, jadvallar va boshqa tasviriy-tasnifiy vositalardan foydalanish. 8 . Darslikdagi qo’shimcha ma’lumot beruvchi axborotlardan foydalanish (atom massalari jadvali, eruvchanlik jadvali, matnlardagi raqamli kattaliklar va shu kabilar). 9. O’quv materialini takrorlash va mustahkamlash maqsadida darslik paragraflaridan foydalanish. 48
Darslik materiallarining bir qismini mustaqil o’qib o’rganish uchun topshirish mumkin. Ana shunda o’quvchilarning faol fikrlashiga va aniq maqsad yo’lida foydali aqliy mehnat bilan shug’ullanishiga erishiladi. Uy vazifalarini bajarish-mustaqil ishlarning eng muhim turi. Asosiy o’quv materiali darsda berilishi bilan birgalikda uy vazifalarini inkor etish mumkin emas, chunki takrorlash, mustahkamlash va to’ldirish kabi bilim olish yo’lidagi sa’y- harakatlarsiz o’qitish jarayoni to’liq bo’lmaydi. Barcha o’qish-o’rganish masalalarini darsda hal etishga urinish yoki asosiy maqsadga uy vazifalari orqali erishishga intilish-bu bir yoqlamalilik. Uy vazifalari quyidagi o’quv-metodik talablarga javob berishi lozim: 1.Maqsad, vazifa va topshiriqlar aniqligi va ixchamligi. 2. O’quvchining fiziologik-psixologik xususiyatlariga mosligi. 3. Bajarish uchun uzoq vaqt talab etmasligi. 4. Darsda o’rganilgan materiallar bilan uzviy aloqadorligi va uzviyligi. 5. Topshiriqlar o’quvchilarni mustaqil fikrlashga majbur etishi va mustaqil ravishda muammolar echimini topishga undashi zarur (test topshiriqlari, mashq va masalalar, kimyoviy o’zgarishlar tizimi, vazifalarni bajarishda ilgari olingan bilimlardan foydalanish, darsda o’rganilgan misollarga analogik misollar topish va h.k.).
Organik kimyoni o’rganish jarayonida to’g’ri tashkil etilgan mustaqil ishlar, ayniqsa, katta pedagogik samara beradi. M a’lumki, organik kimyo kursining mazmuni organik moddalarning tuzilish nazariyasi va organik birikmalarning eng muhim sinflarini hamda ular orasidagi genetik aloqadorlikni moddalarning nisbatan soddaroq vakillaridan boshlab eng murakkab tuzilishga ega bo’lgan yuqori molekulyar birikmalarini o’rganish bilan belgilanadi. Bunda o’quvchilar moddalarning xossalari, ularning kimyoviy, elektron va fazoviy tuzilishiga bog’liqligi, organik birikmalarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati hamda neftb- kimyo sanoatining umumbashariy mavqei haqidagi ma’lumotlarni egallaydi. Organik kimyoni o’qitish jarayonida, eng avvalo, organik va noorganik birikmalar orasidagi umumiylik qonuniyatlari hamda ularning bir-biridan farqlanuvchi jihatlari ilmiy asosda ochib berilishi lozim. Masalan, noorganik va 49
organik moddalarning o’z tuzilishiga ko’ra molekulyar va nomolekulyar vakillari borligi ularning orasidagi umumiylikni ifoda etsa ham nomolekulyar tuzilishli vakillar noorganik kimyoda, molekulyar tuzilishli moddalar esa organik kimyoda keng tarqalganligini o’rgatish orqali moddiy olamning bir butunligi (moddiy yaxlitligi), o’ zaro umumiy aloqadorlikka egaligi hamda uni inson aql-zakovati yordamida o’zgartirish mumkinligi uqtiriladi. Bunday prinsipial masalalarni o’rganish-darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarini to’g’ri va maqsadga muvofiq tashkil etish bilan bog’liq. Quyida ana shu maqsadlarda o’tkazilgan ayrim darslar ssenariylaridan namunalar keltiramiz. Bunda, albatta, asosiy urg’uni o’quvchilarning mustaqil ishlashiga beriladi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling