Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Download 1.45 Mb.
bet11/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

I -bob bo’yicha xulosa


Ekologik turizm muammolarini ilmiy jihatdan yechishga qaratilgan bo’lib, bunda asosan Namangan viloyati hududi va Respublikamiz miqyosida tarqalgan ekoturlarning tasniflanishi, ekoturistik kontseptsiyalar, geografik komplekslarning ekoturistik imkoniyatlari, ekoturistik rayonlarni ajratish va ularda marshrutlar tashkil etishga va shular asosida turistlar oqimini Namangan viloyatida rivojlantirishga qaratilgan.Mazkur ekoturizm oid masalalarning yechimi jarayonida quyidagi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ilmiy natijalarga erishildi.

Ekologik turizm yoki ekoturizm dunyo miqyosida tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan turizm tarmoqlaridan biridir. U jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy amalarini bajarishi bilan bir qatorda ekologik maummolarning yechimini topishda ham xizmat qilmoqda. Lekin uning ilmiy asoslari Namangan viloyati sharoitida hali to’liq ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ekoturizm viloyatda alohida ilmiy yo’nalish va amaliyot tarmog’i sifatida ko’rib chiqildi. Ekoturizm-insonlarning atrof tabiatga qiladigan ekologik sayohatlari bo’lib, shaxslarning doimiy yashash joylaridan dam olish, sport bilan shug’ullanish, salomatligini tiklash, ma’rifiy-ma’naviy (umumtarbiyaviy) ishlarni amalga oshirish ekologik vazifalarni bajarish kabi maqsadda ekoturistik ob’ektlarga qiladigan sayohatlari.

Ekoturizm mintaqaviy xususiyat kasb etgani uchun ham uni regional rayonlashtirish printsiplari asosida amalga oshirgan maqsadga muvofiqdir. Regional rayonlashtirishda: geokomplekslarning o’ziga xos ekoturistik

imkoniyatlari; ekoturistik ob’ekt chegarasining tabiiyligi; turlarni ekologik mohiyat kasb etishi; iqtisodiy samaradorlik va turistik jozibadorlik uchun ekoturlarni boshqa turizm shakllari bilan qo’shib olib borish imkoniyatlari; ekoturistlarni milliy g’oya va birdamlik ruhida tarbiyalash kabi ko’rsatgichlar rayonlashtirishning ilmiy asosi bo’lib xizmat qildi.




Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling