Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


II - BOB. NAMANGAN VILOYATIDAGI EKOTURISTIK OB’EKTLARDAGI YO’NALISHLARIGA UMUMIY TAVSIF


Download 1.45 Mb.
bet12/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

II - BOB. NAMANGAN VILOYATIDAGI EKOTURISTIK OB’EKTLARDAGI YO’NALISHLARIGA UMUMIY TAVSIF


    1. Namangan viloyating ekoturistik rayonlari

O’zbekiston hududini ekoturistik va agroturistik rayonlarga ajratish va ularni nomlash bilan ilk bor A.Nigmatov, N.Shamuratova (2006, 2007), A.Nigmatov, Sh.Yakubjanovalar (2009) shug’ullanishgan va mamlakatimiz hududini 14 ta ekoturistik va 15 ta agroturistik rayonlarga ajratganlar. Har ikkala holatda ham Farg’ona vodiysi alohida bir o’ziga xos ekoturistik va agroturistik rayon sifatida olingan. Ekoturistik rayonlashtirishni ular 1:1000000 masshtabdagi mavzuli kartalarda aks ettirishgan.

Rayonlashtirish muayyan hududni ma’lum bir maqsadda, uning tegishli ko’rsatkichlariga binoan o’ziga xos “joy” yoki “hudud”larga yoinki taksonomik birliklarga ajratish va nomlash. Ekoturistik rayon esa ekotizimlarni turistik ko’rsatkichaliriga qarab hududiy qismlashtirish va ularni nomlashdir.

Ekoturistik rayonlarga ajratish ob’ekti qilib ilk bor geotizim emas, balki ajratilgan ekotizimlarni oldik va ularni quyidagi ekologik printsiplarga mos ravishda muayyan bir rayonlarga birlashtirdik: hududiy birbutunlik tamoyili; ekotizimlarning antropogen, tabiiy va tabiiy-antropogen o’zgaruvchanligi; ekoturizmni boshqa turizm turlari bilan birgalikda olib borish samaradorligi; madaniylashtirilgan ekotizimlarda agroturistik imkoniyatlarning yuqoriligi; ekoturizmni ekotizimlarni o’ziga xos muhofaza qilish, ularning turistik resurslaridan oqilona foydalanish, buzilgan ekotizimlarni qayta tiklashga yo’naltirilganlik qoidalariga amal qilindi.

Namangan viloyati ekoturistik rayonlarni nomlashda ajratilgan qismlarning tabiiy geografik va ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda ularning nomlanishi asos qilib olindi. Ekoturistik rayonlarga xarakateristika berishda esa ekotizimlardagi turistik ob’ektlarning turistik imkoniyatlari bosh mezon sifatida olindi. Chunki, ushbu baholash mezonlari rayonlar doirasida o’ziga xos turistik marshrutlarni o’tkazishda qo’l keldi. Har bir ekoturistik rayon tarkibidagi ekotizimlar saqlanib qolindi.

Yuqorida keltirib o’tilgan ekoturistik rayonlarga ajratishning maqsadi, predmeti, metodlari, printsiplari va toponimakasi viloyat hududini quyidagi 4 ta rayonlarga ajratishga imkon berdi:

1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling