Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Chodak-Chust-Kosonsoy-Yangiqo’rg’on tog’ oldi ekoturistik rayon


Download 1.45 Mb.
bet14/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

Chodak-Chust-Kosonsoy-Yangiqo’rg’on tog’ oldi ekoturistik rayon.


Viloyatning Pop tumani janubiy va shimoliy, Chust, Kosonsoy, Chortoq va Uychi tumanlarining 600 -1500 m.a.b. qamrab olgan bu rayonning tabiiy sharoiti tog’, tog’ oldi, adir va adir orti tekislik ekotizimlarinidan iborat. Hududning kattaligi uchun ham shimoldan janubga tomon iqlimi farqlanadi. Qish shimolda oktyabr oxiridan boshlanib mart oyigacha davom etadi. Yanvar oyining o’rtacha harorati -10 -12 S0, iyul oyining harorati +26 +28 S0. Yillik yog’in miqdori 400- 500 mm bo’lib u qor holatida yog’adi. Qorning qalinligi 30-40 sm bo’lib, u mart oyigacha saqlanadi. Hududning janubida yanvarь oyi harorati -6 -8 S0, iyul oyida esa +30+35 S0, yog’in miqdori esa 200-250 mm atrofida yomg’ir holatida yog’adi . Rayon hududidan oqib o’tuvchi Chodaksoy, Rezaksoy, G’ovasoy, Olmossoy, Kosonsoy, Podshootasoy,Chortoqsoy, 12 ta suv ombori, selxonalar, ko’plab buloqlar ekoturistik ob’ekt bo’la oladi. Ekoturizmni rivojlantirish rayonning shimoliy qismidagi dorivor o’simliklardan – kiyik o’ti, kaklik o’ti, dala choy, zira, erimurz, talxa, rayxon, xina, qalampir, do’lana, namatak; sut emizuvchilardan – olmaxon, tulki, bo’ri; sudralib yuruvchilardan – tog’ iloni, botmonchi, kaltakesak; qushlardan – tog’ kakligi, bedana, bulbul, qarg’a, olaqanot, qizilishton kabilarni

uchrashidadir.

Pop tumanidagi Chodak, Chust hududini G’ova, Olmos, Varzik, Yangiqo’rg’on tumanining Podshoota, Chortoq va Uychi tumanlaridan oqib o’tuvchi Chortoqsoy havzalarida soylarni shifobaxsh va erigan kislorodga boy zilol suvlari va toza havosi, soy atroflaridagi go’zal va jozibador o’rmonlar, o’tloqlar, buloqlar, tog’ manzaralari Chodak, Oltinkon, Pardatursun, G’ova,

Kosonsoy, Ko’ksaroy, Chortoq va Gulshan kabi mashxur dam olish maskanlari, oromgohlar singari hududlar ekoturistik ob’ektlardir. Iqlimi rayonning shimolida tog’li, janubida keskin kontinental. Bunday iqlimiy sharoit hududda 8 ta turistik ahamiyatga ega soylarni, soy vodiylaridagi 50 ga yaqin bannalagik xususiyatli shifobaxsh buloqlarni, 12ta suv ombori va ular atrofidagi to’qayzor va o’rmonlarni, Chust, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, Uychi va Chortoq tumanlaridagi madaniyat va istirohat bog’larni, arxeologik yodgorliklar, muzeylar, masjidlar, madaniyat uylarni ekoturistik ob’ekt sifatida qo’llash imkoniyatini beradi.



  1. Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling