Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 171-guruh talabasi ahmedova yulduzning o’zbekiston geografiyasi fanidan kurs ishi


Sirdaryo chap sohili ekoturistik rayoni


Download 1.45 Mb.
bet16/33
Sana05.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#224501
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Yulduzcha739

Sirdaryo chap sohili ekoturistik rayoni. Bu rayonga Sirdaryo va uni chap sohilidagi dengiz sathidan 300-350 m balandlikka ega bo’lgan daryoning 2-3- terassalaridagi Mingbuloq va Pop tuman hududlari kiradi. Rayon Sirdaryo suvi olib kelgan allyuvial yotqiziqlar, Jomasho’yda 5-6, Markaziy Farg’onada 10-15 m chuqurlikdagi qoldiq tuproqlar va ularning ustini qoplagan eol qum, qumoq va lyosslardan iborat. Uning relfi monolit ko’rinishdagi tekisliklardan iborat. Iqlimi cho’l mintaqasi bo’lgani uchun yozi o’ta issiq va quruq bo’lib, harorat o’rtacha

+30+35S0, qishki harorat -6 -8 S0 bo’lib, namlanishiga nisbatan bug’lanish koeffitsenti yuqori. Yog’in miqdori bor yo’g’i 160-180 mm tashkil etgani uchun ham cho’l mintaqasiga xos landshaftlar tarqalgan. Yer osti suv sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi uchun ham Sirdaryoda suv ko’paysa (may – iyul) yer osti suvlari sathi 1,5 metrgacha ko’tariladi.

Sirdaryo bo’ylarida va daryo havzasida hosil bo’lgan orollarda ekoturizmni qayiqlarda va paromlarda sayir qilish, may-iyunь oylarida xilma-xil ranglar jilosida



gullagan jozibador yulg’unzorlarga sayohatlar uyutirish mumkin. O’zlashtirilmagan Markaziy Farg’ona qum barxanlaridan iborat bo’lgan ekoturistik ob’ektlarda esa aholini xalq tabobati bo’yicha qumdan shifo topish maskani (20 avgustdan 20 sentyabrgacha bo’lgan qisqa vaqt oralig’ida) sifatida foydalaniladi. Bot, bo’g’im va tayanch xarakat a’zolari kasalliklaridan shifo topishda va oldini olishda foydalaniladi. Hududda tarkibida oltigugurt va ftor bo’lgan yer qaridan chiqayotgan mineral suv ko’p kasalliklarga qarshi kurashda va olidini olishda qo’llaniladi. Markaziy Farg’onadagi 30 000 ga maydondagi “Markaziy Farg’ona tabiiy qum landshafti”, Pop tumanidagi Sirdaryo hosil qilgan Mirzaorol davlat qo’riqxonasi nozoturizm va agroturizm ob’ektlari bo’lib hisoblanadi. Hududdagi Dovduq mahalla fuqoralar yig’inida neft mahsulotini qazib olish ishlari natijasida mazkur rayonda yangi shaharcha va ularda istiqomat qiladigan aholi vakillariga zamonaviy turar joylar, servis xizmatlari, dam olish maskanlari hamda madaniyat va istirohat bog’lari tashkil etilib, turizmni rekratsion va tibbiy turlarini istiqbolda tashkil etish va rivojlantirish mumkin.


    1. Download 1.45 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling