Talqin masalasi bilan bogʻliq dastlabki asar Gomerning «Iliada»si boʻlgan. «Iliada» va «Odisseya» asarlarini talqin etgan grammatistlar germenevtiklar rolida namoyon boʻlishgan (Q. Blass, 1891,1). Keyinchalik, musulmon Sharqida ham germenevtikadan yuksak ta’limotlar paydo boʻldi. Boʻ soʻzimizga dalil shuki, Qur’oni Karimni tafsir qilmoqchi boʻlgan mufassirga qoʻyiladigan talab juda katta boʻlgan. U 8, 10, ba’zi manbaalarga koʻra, 13 ilmni mukammal egallagan boʻlishi lozim. Tafsir va ta’vil vazifalarini germenevtika metodiga shartli ravishda qiyoslash mumkin. Sufiylarning sharhi esa ta’vildir. Bu metod jamiyatning boshqaruv tizimida musulmon mamlakatlarida katta oʻrin tutadi. Ma’lumki, shariat fiqh qoidalari asosiga qurilgan. «Fiqh» soʻzining etimologiyasi esa arab lugʻatlarida «anglash», «anglatish» degan ma’noni bildiradi. Bu esa interprotatsiya hodisasi bilan bogʻliq «tushunish», «tushuntirish» ma’nolariga uygʻundir Germenevtikaning tarix sohasidagi o’rni Tarixiy manbalarning tarixiy voqelik haqida nechoglik haqqoniy va obyektiv ma’lumot bera olishi hamda bu tarixiy manbaning tarixiy voqeiikka nisbatan ma’lumotlarining imkoniyatlari darajasini tarixchi aniqlab berishi mumkin. Bunda germenevtika, ya’ni m anbalar va dalillarni (faktlarni) tushuntirib berish, sharhlab berish, talqin qilish muhim o‘rin tutadi. Manbalar ma’lumotlaridagi subyektivlik va to‘qima ma’lumotlarni (xayoliy ma’lumotlar) aniqlash va ularni tarixiy tadqiqotlarda asosiy o‘ringa qo'ymaslik, ularga asoslanib qolmaslik va ularning shunday jihatlarini aniqlab berish manbashunoslik fanining vazifalaridan biridir. Bunday dalillar (faktlar) tarix chining o‘zi tom onidan shakllantiriladi. Biroq bu dalillar (faktlar) tarixiy manbadan alohida ajratib olingan dalil (fakt)ning o'zigina bolib qolmasdan, M.Bargning fikricha ular «mohiyatan tizimlashtirilgan, ya’ni tarixiy nazariyaning mahsuli sifatida shakllantirilgan dalillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |