Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Mo’‘jaz rasm-miniatyuralar


Download 0.59 Mb.
bet6/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Mo’‘jaz rasm-miniatyuralar
X-XIX asrlar davomida qo’lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo’‘jaz rasmlar ham tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, hanarmandchilik, kiyim-kechak, me’morlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o’rganmoqchi bo’lsak, nafis mo’‘jaz tasviriy san’at namunalari- miniatyura rasmlar qimmatli manba rolini o’taydi. Chunki ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba’zan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi.
Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Behzodning “Samarqanddagi Bibixonim masjidining masjida qurilishi” nomli mashhur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XV asrdagi qurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to’g’risida mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni o’rganishda tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz so’nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini ko’rishimiz mumkin.
Umuman, bizgacha yetib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qo’lyozma kitoblarga ishlangan hamda alohida muraqqa’lardagi rasmlar ahamiyati juda katta.
Ko’rib chiqqanimizdek, manbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda ko’p va xilma-hil bo’lib, biz eng asosiylari to’g’risida ma’lumot berdik. Shu kunlarda texnika tarqqiyoti munosabati bilan yana tovushli manba, foto manba, kino-televidenie manbalari va internet materiallari ham paydo bo’lib, ular an’anaviy manbalarni inkor etmaydi, balki qo’shimcha vosita bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa kompakt disklarni yaratilishi turli yangi pedagogik vositalarni qo’llash imkonini yaratadi.
Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental yo’nalishi bo’lib, bu sohada faoliyat olib borish uchun bir necha til va yozma manbalar to’g’risida katta bilim va tajribaga ega bo’lish talab qilinadi.
Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tahlili
Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz ko’p bo’lishiga qaramay, o’z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o’ziga xos xususiyatlari va jahon madaniyati xazinasiga hissa bo’lib qo’shilganlarini alohida ko’rsatdigan manbashunoslik fani sohasida yaratilgan mukammal dasrlik va qo’llanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani sohasida olib borilgan deyarli uch ming yildan uzoqroq davr davomida to’plangan tajriba umumlashtirilgani yo’q.
Hozircha mavjud darslik va qo’llanmalar ichida akademik B.Ahmedovning “O’zbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin. Qimmatli ma’lumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar yanada mukammal darslik uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
A.Habibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qo’llanmasida ham qator ijobiy xususiyatlar mavjud bo’lib, ulardan tarixiy manbashunoslik bo’yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin.
A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma’ruzalar majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga harakat qilingan va manbalalar to’g’risidagi ma’lumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi.
Manbashunoslik fani ko’p asrlik an’anaga ega bo’lsa-da, yurtimiz manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga harakat qilindi. Manbashunoslikni o’rganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadqiqotlar, yozma yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozma manbalar bilan bevosita ishlashga to’g’ri keladi. Bu sohada Ya.G’ulomov, B.A.Ahmedov, A.O’. O’rinboev kabi yirik olimlar asarlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo’lyozmalar tavsifini o’z ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog hamda maxsus katalog – fihristlar, tadqiqotlar bo’lg’usi manbashunoslar uchun namuna bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Talabalar yordamchi manba sifatida entsiklopedik qomuslardan foydalanish mumkin.
Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab yozuvidagi turkiy til va g’arb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling