Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet64/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

- Simpozium (yun.) - xalqaro yoki ilmiy sohalar bo’yicha o’tkaziladigan majlis, anjuman.

  • Sovetlar - XX asr boshlarida Rossiyaning ayrim shaharlarida mehnatkashlarning vakillari yig’inini "sovetlar" (sho’rolar) deb ataganlar. 1917-yil oktyabr to’ntarishidan keyin Lenin rahbarligida o’rnatilgan hokimiyatni sovetlar hukumati deyilgan. Sobiq SSSRda to 1991-yil oxirigacha rasmiy hokimiyat sovetlar qo’lida bo’lgan.

  • Sinogoga (yun.) - yig’in, to’planish degan ma’noni beradi. Yaxudiylarning ibodatxonasi.

  • Soldat (nem.) - yollanma askar.

  • Sovuq urush - 2 jahon urushidan keyingi davrda yirik davlatlar o’rtasidagi o’zaro ishonchsizlik oqibatida vujudga kelgan munosabatlar.

  • Snayper (ing.) - mergan, mohir o’qchi.

- Sotsiologiya (lot.) - ijtimoiy hayotning qonun-qoidalarini, jamiyatdagi umumiy o’zgarishlarni o’rganuvchi fan.

  • Sotsial-demokrat - ijtimoiy demokratiya oqimining qatnashchisi yoki sotsial-demokratik (sotsialistik) partiya a’zosi.

  • Sotsial-demokratiya – XIX asr oxirlarida xalqaro ishchilar harakati doirasida paydo bo’lgan siyosiy oqim. Shu asosda bir necha mamlakatlarda siyosiy partiyalar tashkil topgan edi. Yevropaning ayrim davlatlarida xozir ham bunday siyosiy guruhlar mavjud.

- Student (lot.) - astoydil o’rganuvchi (ilm-fanni). Ilm talab, bilmoqqa ehtiyoj sezuvchi.
- Strategiya (yun.) - harbiy strategiya- harbiy san’atning eng oliy sohasi. Mamlakat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti urushni rejalashtirish va olib borish masalalarini o’z ichiga oladi. Urush qonuniyatlarini tadqiq qiladi, katta muhim amaliyotlarni tayyorlash va o’tkazish usullari hamda shakllarini ishlab chiqadi, harbiy qismlarning maqsad va vazifalarini belgilab beradi, asosiy kuchlarni eng muhim yo’nalishlar bo’yicha taqsimlaydi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling