Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»


-guruh uchun tarqatma material


Download 245.69 Kb.
bet15/57
Sana09.01.2022
Hajmi245.69 Kb.
#256180
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»

4-guruh uchun tarqatma material.

Psixologik-pedagogikdiagnostikaningasosiytamoyillari.

Albatta har qanday fan sohasi o’ziga xos obyektga va predmetga va ularga mos keladigan tadqiqot yoki amaliy o’rganish metodlariga, o’z tamoyillariga egadir. Pedagogik-psixologik diognostikada qo’llaniladigan metodlar va tamoyillar hozirgi zamon psixologiya peadgogika fanida orttirilgan ilmiy amaliy tajribalar,shakllangan tamoyillar asosida shakllanmoqda .Shu bilan birga o’z xususiyatlariga ega hamdir.Buning sababi psixologik-pedagogik diagnostikada qo’llaniladigan metodlar va tamoyillar fanda biror yangilik ochishdan ko’ra ko’proq mavjud bilimlar metodlar tamoyillarning amalda samarali qo’llanishiga xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, psixologik-pedagogik diagnostikaning quyidagi tamoyillarini ko’rsatib o’tish mumkin.

1.Diagnostika nazariyasi va metodlarining ilmiy asoslanganligi.

Diagnostika ob’ektini yaxlit ravishda genetik va tizimli tahlil qilish, ularni modellashtirish, qo’llaniladigan metodikalar, ko’rsatkichlarning ilmiy aniqligini, validligini puxta ishlab chiqilgan metodologik asoslarda ta’minlash. Ilmiy asoslanganlik tamoyili qo’llanilayotgan metodikalarning etnik ijtimoiy muhitga, shu jumladan diagnostika o’tkazilayotgan o’quv yurti va o’quv guruhiga mosligini talab qiladi. Bu tamoyilga amal qilish pedagog-diagnostlarni turli xil yengil, ko’ziga yaxshi ko’ringan yoki qo’liga tushib qolgan metodikalarni bilib-bilmay qo’llashdan saqlaydi.

2.Diagnostikaning izchilligi va aniq yo’nalganligi. Psixologik-pedagogik diagnostika boshqa psixodiagnostik, pedagogik diagnostikadan farqli ravishda aniq yo’nalishga, aniq ob’ekt va maqsadga qaratilgan. Shu sababli diagnostika faoliyati (jarayonining) natijalari umumiy xulosalar, abstrakt mulohazalardan emas, balki aniq shaxsga, aniq guruhga tegishli bo’lishi, diagnostika natijasida aniq xulosa chiqarib, yordam berishning aniq yo’llarini ko’rsatib berish lozim.

3.Diagnostika shakl va metodlarining optimalligi. Qo’llanilayotgan metodikalar, shaxsga yondashish usullarining amaliyotchi psixolog, pedagog yoki pedagog-diagnostga kam kuch va vaqt sarflab muhim, sifatli, katta amaliy ahamiyatga ega ma’lumotlar yig’ishga imkon berishi. Diagnostikaning shakl va metodlarining optimalligini ta’minlash uchun pedagogikada va psixologiyada ko’p yillar davomida qo’llanib kelayotgan, qulay, oddiy va shu bilan birga samarali metodlarni tanlash zarur.

4.O’rganish ob’ekti haqidagi faktlarni yig’ish, bayon qilish va to’g’ri yo’lga solishning birligi. O’rganilayotgan ob’ekt haqida ma’lumotlar yig’ish, ularni pedagoglarga ko’rsatish va diagnostika jarayonida o’rganilayotgan shaxsga yoki o’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishda, kamchiliklarni bartaraf qilishda, o’quv yurti rahbarlariga, pedagoglarga ma’lum psixologik, pedagogik yordamlar berish, to’g’ri yo’lga solish, qo’llab-quvvatlash funksiyalarining birgalikda olib borilishi.

5.Diagnostikaning ketma-ketligi va uzliksizligi diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borib, o’quv jarayoniga, shaxsning o’zlashtirishiga xalaqit berayotgan sabablarni ochish, olingan natijalarni keying bosqichlarda, o’quv-tarbiya jarayonida uzluksiz foydalanishda yuzaga chiqadi.

6.Diagnstika metodlari va jarayonlarining qulayligi va ommabopligi. Diagnostika metodlarining oddiyligi, pedagoglar, amaliy psixologlar, o’quv yurti rahbarlari, tekshiriluvchi uchun qulayligi, ularda diagnostikaga nisbatan qiziqish, intilish uyg’otishga xizmat qilishini ta’minlovchi tamoyil.

7.Ditaktikaning har tomonligi (kompleksligi). Bu tamoyil shaxs shaxsini, o’zining individual-psixologik xususiyatlarini, ruhiy jarayonlarning rivojlanganlik darajasini, o’quv faoliyatini boshqa xususiyatlarini o’rganish, ta’riflash, yondashish imkonini berishda yuzaga chiqadi. Diagnostik metodikalar bir-biri bilan bog’liq bo’lish, bir-birini to’ldirishi bu tamoyilning asosiy tadbirlaridan biridir.

8.Diagnostikaning shaxs rivojlanishining kelajagini, oqibatlarini oldindan ko’ra olish (prognoz qilish) imkonini bera olish. Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika shaxsning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o’quv jarayonining tashkil qilinganlik darajasini ko’rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonida o’rganilayotgan ob’ektning kelajagi, ertangi kuni ham taraqqiyot tendensiyalari, ham ma’lum omillar ta’sirining oqibatlari ochib berilishi kerak. Shu holdagina prognoz mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonida yo’l qo’yiladigan xatolar, shaxs taraqqiyotidagi ko’zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to’g’ri yo’lga solish imkoniga ega bo’lamiz.

Shu sababdan psixologik-pedagogik diagnostika metodlarining prognostic bo’lishi eng muhim talablardandir.




Download 245.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling