Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»


Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar


Download 245.69 Kb.
bet12/57
Sana09.01.2022
Hajmi245.69 Kb.
#256180
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»

Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar

  1. Psixodiagnostika va pedagogic diagnostika iboralarni eshitganizda fikringizda qanday so’zlar,iboralar keladi,degan savol bilan magistrlarga murojaat etiladi. Bi\unda biz interfaol usullardan biri aqliy hujum usulini qo’llaymiz. Aqliy hujum – g’oyalarni generatsiya ( ishlab chiqish) qilish metodidir. “ Aqliy hujum” metodi biror muammoni yechishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab,ular orqali ma’lumbir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin.Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo’ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadiva hujum davomida ular tanqid qilmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach , muhumlik jihatiga ko’ra eng yaxshi takliflar umumlashtirilishi, sinflashtirilishi tizimlashtirilishi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanishi mumkin.

2.”Shaxs rivojlanishining psixologik pedagogic diagnostikasi” kursini o’rganishning ahamiyati haqidagi fikrlar munozarasini “3x4” pedagogic texnologiya asosida tashkil etish uchun gueuh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruh uchun bir varaq qog’oz olinib, unga “SHaxs rivojlanishing psixologik pedagogic diagnostikasi” kursini o’rganishning ahamiyati haqida 3tadan guruh fikrini yozish hamda , bu fikrlar yozilgan qog’ozni (soat setrelkasi yo’nalishi bo’yicha ) keying guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqida 3ta fikr bilan to’ldirishi va keying guruhga uzatishi lozim.SHu tarzda davom etib,Har bir qaog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach ,guruhlar bu fikrlarni hal etib, guruhning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.

3’’Shaxs rivojlanishning psoxologik pedagogik diagnostikasi’’ kursiningpredmeti,maqsadivavazifalarini muhokama etisgh uchun kichik guruhlarda ishlatish metodidan foydalanish maqsadga mufvofiq .Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadiva ularga quyidagi tarqatma materiallar berib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.

1-guruhuchun tarqatma material

Psixodiagnostika nima?

‘’Psixodiagnostika ‘’so’zining mohiyat ‘’psixologik tashxis qo’yish’’ yoki kishining mavjud mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qarror qabul qilishni anglatadi

Psixodiagnostika-amaliy jihatdan psixologning deyarli barcha faoliyat doiralarida, ya’nipsixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion (to’g’rilash va rivojlantiruvchi) ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo’llaniladi. Ammo ko’pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika – faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo’ladi. Uning maqsadi- psixologik tashhis qo’yish, ya’ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi. Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy,differensial, tibbiy,yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asoslanadi.Uning metodik usullariga esa, individual- psixologik xususiyatlarni o’rganish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo’l-yo’riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy-metodik ishlarning yo’nalishlari avvalam bor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi.Ushbu talablarga muvofiq usullarning kompleksi shakllanadi.

Psixodiagnostik faoliyat jarayonini metodikalar aprabatsiyasi, talablar yo’riqnomasini ishlab chiqish, tadqiqotlarni o’tkazishdagi qonun-qoidalarni yaratish, natijalar tahlilining usullarini shakllantirish hamda ma’lum metodlarning imkoniyat va cheklanishlarini muhokama qilish tashkil etadi.

Diagnostik faoliyat o’z maqsadiga ko’ra tashhis (diagnoz) yo’nalishining turli ko’rinishlariga ega bo’ladi. Qo’yilgan tashhis o’rganilayotgan xususiyatlarni shakllantirishga yoki korreksionishlarni tashkil etishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan ifodalanadi.

Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo’luvchi individual-psixologik, psixofizologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.




Download 245.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling