Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»
Pedagogik diagnostika nima?
Download 245.69 Kb.
|
Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»
Pedagogik diagnostika nima?
Uni joriy etish yo`llari va ahamiyati Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilagn ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo`ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo`sh yoki muaffaqiyatli o`rinlarni belgilab olish, faoliyatning keying bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika ta`lim samaradorlig, ish mazmuni, olib borilgan pedagogic faoliyatni tahil qilishda katta ahamiyatga ega bo`lib, ilg`or ta`lim muassasalarida bu ish uslubi muaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar musathkamlanib, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategic yo`nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo`lga kiritilmoqda Savol tug`iladi:
bolaning bilish va ko`nikmalarini belgilashga o`qituvchi aralashgani ma`qulmi yokio`ziga-o`zi baho bergani afzalroqmi? Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogic diagnostikaning predmetidir.Mana shu maqsadni ro`yobga chiqarish yo`l-yo`riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir.Pedagogik diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogic jarayon ming yillardan beri mavjud bo`lsa, bu faoliyatning meyorlari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o`quvchi bilimga baho qo`yish, uni sinov va imtixon qilish, pirovard ish natijalarini belgilab olish boshlangan yerda pedagogic diagnostika ham mavjud. Faqat farq shundaki ibtidoiy va o`rta asr pedagogikasida bola bilim va iqtidorini diagnostic tahlil qilishning ilmiy asosi yo`q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo`lga qo`yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu boisdan bu pedagogic jarayonning nomlanishi ham turlicha bo`lgan. Ayrimlar pedagogic diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o`zlashtirish asosi deyishadi.Boshqalar diagnostika o`qitishni jadallashtiruvchi axborotdir deb hisoblaydilar.Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ham ilgari suradilar. Taniqli pedagogic olim Matserman pedagogic diagnostikani o`quvchi o`zlashtirishi bilan, o`quv materialini to`g`ri tanlash, maqsadni to`g`ri qo`yish mezonidir deb hisoblaydi. Aslida pedagogik diagnostika o`quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil eti, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika: birinchidan, o`quvchiga individual ta`lim berishni jadallashtiradi; ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta`limga qo`ygan talablaridan kelib chiqib, o`quvchi bilimini to`g`ri, adolatli baholashni ta`minlaydi; uchinchidan, ishlab chiqilganta`limiy mezon, kriteriyalar orqali o`quvchining sinfdan sinfga o`tishida, mutaxassislikda qabul qilinishida minimal talablarga javob berishin belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta`lim-tarbiya jarayoni to`g`ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to`g`ri baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogic diagnostika orqali ta`lim obyektda, ta`limiy tushunchalar qay darajada o`zlashtirilganligi tahlil etiladi, butun o`quv kursini, o`quv dasturlarini o`zlashtirish darajasi baholanadi. Pedagogik diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o`quv-tarbiya jarayonini yaxshilashga xizmat qiladi, talimiy faoliyat natijasida erishilgan samaralarni holislik bilan belgilab beradi, yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga yo`l ochadi, pirovard natijada ta`limning takpmillashib borishiga ijobiy ta`sir qiladi. Pedagogik diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o`tgan asrlarda u faqat o`quvchi bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 164-yilda AQSH olimlari D.Fisher va R.Resslar asos solganlar, 1908-yildan boshlab esa, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o`quvchi bilimini sinash tizimini tatbiq etagn. Egallagan malakani aniqlashga qaratilgan pedagogic diagnostika yoki diagnostic faoliyatning ayrim jihatlari: taqqoslash; pedagogic tahlil; avvaldan ayta bilish(prognoz); interpretatsiya; pedagogik diagnostika natijalarini o`quvchilarga yetkazish; amalga oshirilgan turli diagnostic metodlarni o`quvchiga yetkazish; pedagogik diagnostika metodlarini to`g`ri belgilashdan iborat bo`lgan Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriyalari esa: haqqoniylik(obektivnost); ishonchlilik(nadejnost); puxtalik(validnost)ka asoslanadi. Download 245.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling