Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»


Metodik ish tizimida pedagogic diagnostikaning ahamiyati va vazifasi


Download 245.69 Kb.
bet9/57
Sana09.01.2022
Hajmi245.69 Kb.
#256180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»

Metodik ish tizimida pedagogic diagnostikaning ahamiyati va vazifasi

Pedagogik tashxis pedagoglar bilan olib boriladigan metodik ishlarni tashkil etishda, ularning kasbiy va o`zaro rivojlanishida ilmiy yondashuvni ta`minlaydi. Shuning uchun u metodik, ta`lim-tarbiya jarayonlarida hamda maktabni boshqarish jarayonida muhim rol o`ynaydi. O`qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini o`rganishning tizimi sifatida olingan pedagogic tashxis qoyish ishdagi qiyinchiliklarni aniqlash uchun mos bo`lib xizamt qiladi, ularni yengib o`tishning muqobil usullarini izlashga undaydi. Shu bilan birga, u o`qituvchining kuchli tomonlarini aniqlashga, ularni mustahkamlash hamda pedagogic faoliyat va o`qitish metodining yakkalashtirilgan metodlarini rivojlantirish yo`llari hamda aniq usullarini belgilab olishga ham imkon beradi.

Pedagogik mahorat, pedagogning muaffaqiyatlarini diagnostika qilish attestatsiya muammolarini muqobil hal qilishga imkon beradi, chunki u ta`lim muassasasi mamuriyatining bahosidagi subyektivizmni chetlashtiradi. Biroq ta`lim muassasasi rahbarlari shuni yodda tutishlari kerakki, diagnostika bu – shaxsiy maqsad emas, balki maslahat, korreksiya(to`g`rilash), moslashish va metodik –psixologik qollab-quvvatlash bilan bir qatorda pedagoglar bilan ishlash bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Pedagogik faoliyat diagnostikasini, ayniqsa o`zini-o`zi diagnostika qilishni o`tkazsh har bir pedagog tomonida o`zini-o`zi tahlil qilish va baholash malakalrini egallashga yo`naltirilgan Bu hol pedagogic kadrlar bilim olib boriladigan ishlarnng o`zini tartibga solish va korreksiyalashning faol tartibiga o`tkazishga imkon beradi.

Pedagogik diagnostika har bir pedagogning bilish, har birining ko`ngliga yo`l topa olish singari murakkab masalalarni muaffaqiyatli yechishda rahbar – metodistlarga yordam beradi. U o`qituvchilarni kasbiy va shaxsiy xusuiyatlarini bilishga imkon beradi va shu bilan birga pedagog kadrlar bilan metodik ishlarnong tashkil etilishini yengillashtirib, ularning samarasini oshiradi.

Zamonaviy diagnostikaning vazifalari:

Yaqin vaqtlargacha pedagogi diagnostika biron-bir belgilarni baholash muammosiga taqalar ekan, shaxs esa bir figura, fotosurat ko`rinishida ifodalanar edi. (N.Golubev, P.Bitinas). Bugungi kunda pedagogic diagnostika ko`p tarmoqli bo`lib bormoqda va o`zida ma`lumot, asl diagnostika, baholash, korreksiya, yo`naltiruvchi, tahliliy kabi vazifalarni mujassamlashtirmoqda.

Diagnostik yondashuv ham o`quvchilar, ham butun pedagogic jamoa faoliyatining turli bosqichlaridagi harakatining majmuaviy diagnostikasi, o`zini-o`zi sinovdan o`tkazish va monitoring tizimini tuzish hisobiga amalga oshadi va shuning uchun boshqaruv faoliyatining natijalarini holisona baholashga imkon beradi.

Diagnostikani tashkil etish jarayonida subyektlarning rivijlanish dinamikasini o`rganish va holislikni oshirish uchun bosqichilik, davriylikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Obektning nafaqat asl holatini balki oraliq va yakuniy natijalarini organish zarurligi sababli kamida uchta kesimda bajarilishi lozim: birinchi kesimkirish nazorati (birinchi boshlang`ich diagnostika), ikkinchi kesim – joriy nazorat(qiyosiy diagnostika) va uchinchi kesim – chiqish nazorati (yakuniy diagnostika).

Har bir pedagog mazkur ta`lim muassasasining metodik ishi tizimiga mos ravishda amalga oshirayotgan faoliyatni diagnostika va tahlil qilish dasturi pedagogic ta`lim –tarbiya va metodik jarayonni tashkil etishdagi jarayon va omillarni aniqlash, zarur va kutilayotgan o`zagrishkarni bir ketma-ketlikka qo`yish, boshqaruv korreksiaysini amalga oshirish – bularning hammasi ta`lim muassasasiga yutuqlar asosida mavjud muammolarni hal qilishda ularning qay darajada ekanligini, an`na bilan innovatsiy o`zaro qanchalik uyg`unlashganini, manfaatdorlik vaziyati vujudag keltirilganligini, sinov, tajriba , izlanish va ilmiy-metodik tadqiqot jarayonida pedagogic jamoa ko`pchiligining ichki kechinmalarini bilish va ko`rishga imkon beradi.

Shuni yodda tutish kerakki, diagnostika u yoki bu sifatlar va xususiyatlarning mavjudligi yoki ularning yo`qligini ko`rsatib beradi, rahbar esa, uning natijalaridan foydalangan holda, pedagogning kasbiy o`sishining istiqbollari, yo`llari va usullarini aniqlashda yordam berishi kerak. Pedagogning o`rganish ishlari nafaqat dianostik, balki istiqbolli tavsifga ega bolsagina, ushbu yo`nalishda olib borilgan ishlarning u yoki bu darajadagi natijaviyligi yoki uning foydaliligi to`g`risida gapirish mumkin(V.M. Lizinskiy)


Download 245.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling