Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»


Sensamotor tasirlanish va diqqatni o’rganinsh uchun metodikalar


Download 245.69 Kb.
bet38/57
Sana09.01.2022
Hajmi245.69 Kb.
#256180
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
Urganch davlat universiteti «tasdiqlandi»

Sensamotor tasirlanish va diqqatni o’rganinsh uchun metodikalar.

Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o’z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqaloqlik davridagi bolalarni sensamotor harakatlarni o’rganishga mo’ljallangan metodlar qo’llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni yoki og’izaki qo’llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam,qog’oz,plastiln va boshqa o’quv vositalari qo’llaniladi,topshiriqlar bola katta bo’lgani sari qiyinlashtirilib boriladi.

Bolalarni psixologik tekshiruvda chet va sobiq sovet psixologlari foydalangan an’anaviy metodikalarni ko’rib chiqamiz.

Insonning sensamotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatlanganligi tipini,ixtiyoriy diqqat darajasini, ishga qobilyatlilik sur’atini xarakterlaydi. Ma’lumki, sensamotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflector aloqalarining mustahkamlanishiga yordam beradi. Ular shu bilan birga iroda,temperament,hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlaring rivojlanishiga imkon beradi.

Masalan, 1-2 yoshli bolalar sensamotor sohasini tekshirishda ananaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarini qanday shakillanganligiga,ular ma’um yosh davridagi o’rtacha ko’rsatkichga qanchalik mosligiga e’tibor beriladi. Ko’pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakati rivojlanishidagi kechikish mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo’lishining ob’ektiv zamini sifatida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta yurgan bola o’z tengdoshlarini barcga tomondan qoldirib ketadi deb farz qilish ham xatodir. Bola hayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keying aqliy taraqqiyotini belgilamaydi.(R.N.Myussen,1987).

Bolaning sensomotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar,jumladan,o’yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O’yinchoqdan diagnostic qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofdagi xodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko’nikmalarning mavjudligini aniqlab beradi.

Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki xuddi shu davrdan boshlab,so’zli topshiriqlarni bajarish bo’yicha yo’l-yo’riqlarni tushuna boshlaydi,unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo’ladi,bilishga qiziqish rivojlangan bo’ladi,u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirko etish holatida bo’ladi.


Download 245.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling