Urganch davlat universiteti texnika fakulteti Transport tizimlari


Download 1.02 Mb.
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1730715
Bog'liq
Mustaql ta\'lim muqovasi


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



Texnika fakulteti
«Transport tizimlari» kafedrasi Transport vositalari muhandisligi yo’nalishi 212-TVM guruhi talabasi
Bobojonov Shodlikning

Traktor va qishloq xo’jaligi mashinalari konstruksiyasi” fanidan

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Sh. Bobojonov
Qabul qildi: A. Hayitov
Urganch-2023

Mavzu: Zamonaviy agrosanoat soxasida traktorlarning tutgan o’rni.

Reja:


  1. Agrosanoat haqida

  2. Traktorlar.

  3. Zamonaviy agrosanoat soxasida traktorlarning tutgan o’rni


Agrosanoat majmui (ACM) — xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq isteʼmo-li tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashda oʻzaro hamkorlikda fa-oliyat koʻrsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va koʻp tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani oʻz ichiga oladi:
1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xoʻjaligi ham kiradi) va oʻrmon xoʻjaligi;
2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari — traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xoʻjaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar taʼmiri boʻyicha korxo-nalar, mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b;
3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmolchiga yetkazib berish bilan band boʻlgan tarmoqlar (tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini taʼminlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yoʻl-transport xoʻjaligi, moddiy-texnika taʼminoti, elektr, gaz, suv taʼminoti, aloqa, omborxona eleva-tor xoʻjaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi. Oʻzbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yogʻ-moy(paxta moyidan tashqari), goʻsht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, goʻsht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, toʻqimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni oʻz ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga boʻlinadi. Hududiy xususiyatiga koʻra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot boʻyicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga boʻlinadi. Oʻzbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xoʻjaligi, mashina-sozlik zavodlari, oʻgʻit va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yogʻ-ekstraksiya zavodlari, toʻqimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrogʻi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortigʻi, xalq xoʻjaligida band aholining 45% ga yaqini toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi oʻrinda tu-radi. 

Traktor (inglizcha: tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — dvigatel yordamida harakatlanuvchi gʻildirakli yoki gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina. Traktor qurilish, qishloq xoʻjaligi ishlari va boshqa ishlarni bajarish, tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun moʻljallangan.



Yurish qismining tipiga qarab qishloq xoʻjaligi va sanoatda ishlatiladigan traktorlar farqlanadi. Traktorlarni yaratish va ishlab chiqarish tipaj (namuna) tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Standartga muvofiq, tipaj tizimi quyidagi tortish sinflari (modellari)ga bo'lingan: 0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8; 10; 15; 25; 35; 50. Bundan 0,2—8 gacha tortish sinfdagi traktorlar, asosan, qishloq xoʻjaligida, qolganlari sanoatda ishlatiladi. Ular orasida aniq farq qilinmaydi, chunki sanoat traktorlarining ayrimlari qishloq xoʻjaligi traktorlari asosida ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi traktorlarining oʻziga xos xususiyati shundaki, ular qishloq xoʻjaligi.dagi texnologik jarayonlarning agrotexnik talablariga mos boʻladi; sanoat traktorlarining oʻziga xos xususiyati ekinlarni sugʻorish va botqoqliklarni quritish hamda yoʻllar qurish va boshqa ishlarida ishlatiladigan maxsus jihozlar (buldozer, trelyov oʻrnatiladigan va boshqalar)ning mavjudligi hisoblanadi.

Qishloq xoʻjaligi traktorlari umumiy ishlarga moʻljallangan (tuproqqa yoppasiga ishlov berish, ekish va boshqa uchun), universal chopiq (egatlar orasiga ishlov berish uchun); maxsus (bogʻpoliz, tokzor va boshqa uchun) xillarga boʻlinadi. Umumiy ishlarga moʻljallangan traktor yer haydash, ekin ekish, yoppasiga kultivatsiya qilish, yigʻim-terim va boshqa ogʻir ishlarda qoʻllaniladi. Dvigateli kuchli, tortish kuchi katta, yoʻl tirqishi kichik boʻladi. Universal chopiq traktorlari, asosan, chopiq qilish va hosilni yigʻishda ishlatiladi. Tortish kuchi umumiy ishlarga moʻljallangan traktorlarnikidan kichik, yoʻl tirqishi ancha katta boʻladi. Uzatmalar soni koʻp, gʻildiraklar orasini qator oralarining kengligiga moslab oʻzgartirish mumkin. Maxsus traktorlar universal chopiq yoki haydov traktorlari asosida yaratiladi va, asosan, yurish qismining tuzilishi bilan farqlanadi. Masalan, paxtachilikka moslashtirilgan TTZ60.11 yoki TTZ80.11 tipidagi traktorlarda bitta oddingi va ikkita yetakchi ketingi gʻildiraklar boʻladi, keyingi koʻprik esa teleskopik qilib yasaladi.



Traktor qismlari: ostov (koʻtaruvchi qism), dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, ish va yordamchi jihozlar. Dizelli ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan traktorlar koʻp tarqalgan. Bunda dizel yonilgʻisining issiqlik energiyasi tirsakli valni, undan butun mashinatraktor agregatini harakatga keltiradi. Transmissiya dvigatelining mexanik energiyasi (aylantiruvchi moment, aylanish chastotasi)ni harakatlantirgichlar (yengil gʻildiraklar yoki yulduzchalar)ga uzatadi. Transmissiyaning asosiy elementlari: tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy va oxirgi uzatmalar, burish mexanizmi. Tishlashish muftasi yordamida dvigatel transmissiyadan ajratiladi va unga oxista ulanadi. Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish kuchining kattaligi hamda yoʻnalishini oʻzgartiradi. Asosiy uzatma boʻylama vallardan harakatni koʻndalang vallarga uzatadi hamda umumiy uzatish sonini oshiradi. Oxirgi uzatma (silindrik reduktorlar) aylanish chastotasini oxirigacha pasaytiradi va yetakchi gʻildiraklar yoki yulduzchalarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshiradi, kerakli yoʻl tirqishini hosil qilishga yordam beradi. Traktorning burish mexanizmi (gʻildirakli traktorda — differensial, gusenitsali traktorda — friksion muftalar yoki planetar mexanizmlar) yurish qismining yetakchi elementlariga turli tezliklarda aylanish imkonini beradi; bu esa T.ga egribugri yoʻllarda harakatlanishga imkon beradi. Yurish qismi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantiradi, shuningdek, T.dan tushgan yukni tuproqqa uzatadi va bu bilan T.ning manyovrchanligini oshiradi. U yoʻnaltiruvchi gʻildiraklar yoki zanjirni harakatlantirgichlar va yurish qismlarini traktorning ostoviga biriktiruvchi elementlardan iborat. Boshqarish mexanizmi (rul boshqarmasi, tormozlar) alohida agregatlarni ham, butun traktorni ham boshqarishni taʼminlaydi. Zamonaviy traktor haydovchining mehnatini yengillashtirish uchun gidravlik, pnevmatik va mexanik kuchaytirgichlar bilan jihozlangan; shuningdek, ish oʻrnida kerakli sanitariyagigiyena sharoitlari yaratilgan. Ish jihozlariga tirkash qurilmalari, oʻrnatma tizimlar, quvvat olish vali, harakatlantirish shkivi, harakat tezliklarini kamaytirish uchun sekinlashtirgich, differensialni blokirovkalash tizimi, yoritish tizimi va signalizatsiya, yetakchi gʻildiraklarni vazminlashtirgich, tekshirishoʻlchash apparatlari va boshqa kiradi. Traktorning konstruksiyalari materiallar hajmini kamaytirish, dvigatelning quvvati va ish tezligini oshirish, traktorning tortish sifatini, shuningdek, mexanizatorlarning sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takomillashtirilmoqda.
Toshkent traktor zavodida qismlar komplekti Xitoydan keltirib yitiladigan quvvati 30 ot kuchiga teng boʻlgan dvigatel oʻrnatilgan BY30402 va BY300 rusumli, quvvati 80 ot kuchiga teng boʻlgan dvigatel (Belorussiyadan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ8010 va TTZ8011 rusumli, quvvati 60 ot kuchiga teng boʻlgan dvigatel (Vladimir shahridan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ6010 va TTZ6011 rusumli, quvvati 100 ot kuchiga teng boʻlgan dvigatel ("Kamens" firmasidan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZYUOK10 va TTZYUOK11 rusumli traktorlar ishlab chiqarilmoqda. BY300 va BY3042 rusumli traktor dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun moʻljallangan boʻlib, ular "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" kompaniyasida ishlab chiqariladigan PN230 plugi, MO’S0,18 mineral oʻgʻit sochgichi, PPO2 sabzavot urugʻlarini sepgich, FYC02 frontalyuklagich, NO2,1 meliorativ qurollar, R 0.1 V rotatsion motiga, BZTX.OOOSB tishli boronalar agregatlanishi mumkin. TTZ100K11, TTZ8011, TTZ6011 rusumli traktorlar paxtachilik traktorlari boʻlib, qator oralari keng maydonlarda gʻoʻzaga ishlov berish va paxtani terib olish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirishda oʻrnatma, yarim oʻrnatma, tirkama mashinalar va ish qurollari bilan agregatlash uchun moʻljallangan. TTZ100K10, TTZ8010, TTZ6010 rusumli traktorlar universal chopiq traktorlari boʻlib, turli xil qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarishga moʻljallangan; ularga oʻrnatma uskunalar, tirkama mexanizmlar va boshqa ish qurollari tirkalishi mumkin.

Traktorsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi. Respublika mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga toʻgʻri keladi. 90- yil boshigacha tarmoqning koʻpgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega boʻlgan. MDH mamlakatlari boʻyicha paxta terish mashinalari, chigit seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy kismi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. 30-yillar boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik va boshqa jihozlar Oʻrta Osiyoda yagona "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodida tayyorlangan. 90-yilga kelib traktorsozlik va q. h. mashinasozligi tarmogʻida 20 dan ortiq zavod, birlashma va tashkilotlar faoliyat koʻrsatdi


Bu tarmoqda paxtachilik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kompleksi, bogʻdorchilik va tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari reduktorlari, chorvachilik, ozuka tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-asrning 90-yillar boshida quvvati 30 ot kuchi boʻlgan TTZ - 30 traktori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi. Traktorsozlikning yirik korxonalari — "Toshkent traktor zavodi" davlat-aksiyadorlik jamiyati va "OʻzKeystraktor" qoʻshma korxonasida TTZ-30, MT-30, TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 ("Keys"), SXR-100 va boshqa paxtachilik, universal traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar, shtampovkalar ishlab chiqaradi. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻidagi yirik korxonalardan biri "Uzqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati chigit se-yalkalari, koʻsak chuvish mashinalari, rotorli oʻrim mashinalari, TTZ-30 va boshqa traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, kartoshka ekkichlar, "Kimyoqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan tirkamali purkagichlar ishlab chiqariladi. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalash uchun mashina va mexanizmlar, gʻoʻza kultivatorlari, chizelkultivatorlar, oʻgʻit solgichlar, ariq qazgichtekislagichlar, koʻsak terish mashinalari, pluglar, chorvachilik uchun turli mashinalar va boshqa mahsulotlar "Chirchiqqishloqmash" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 1959-yildan "Toshqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashdi (dastlabki paxta terish mashinasi 1949-yil tayyorlangan). Hozirgi davrda korxonada yangi, gorizontal shpindelli XMG-04 va XMG-12 oʻrnatiluvchi paxta terish mashinalari, "OʻzKeysmash" qoʻshma korxonasida "2022 Kotton Ekspress" ikki qatorli, gorizontal shpindelli oʻziyurar paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi. Bogʻdorchilik, tokchilik va polizchilikda foydalaniladigan mashina va moslamalar "Bogʻdorchilik mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 3-d 1969-yil ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi tarzida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent tajriba eksprimental zavodi bilan "OʻrtaOsiyoqishloqmash" birlashmasiga aylantirilgan. "Urganchozuqamash" aksiyadorlik jamiyati (1987) osma traktor urok, mashinalari, traktor xaskashlari, sholi oʻrish mashinalari, Buxoro ixtisoslashtirilgan tajriba zavodi chorvachilik jmhozlari, gʻoʻzapoya yulgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1.  Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

  2. Wikipediya

  3. Google images

  4. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. – (O’quv qo’llanma) T., TDIU- 2004

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling