Urganch Davlat Universiteti “Texnika” fakulteti


Download 0.95 Mb.
bet18/19
Sana27.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1726157
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Автосохраненный Автосохраненный

O’t o’chirish vositalari.
Harqanday yong’inni o’chirganda yong’inni kuchayishiga olib kelayotgan
omillarni va sharoitini aniqlash muhim o’rinni egallaydi. Bunday yonishning davom etishini to’xtatuvchi sharoyt yaratish katta ahamiyatga ega. Yong’inni o’chirganda qattiq jismlar yonganda yong’inning tezligi 4m/min, suyuqliklar yuzasi bo’yi esa 30m/min ekanligini hisobga olish kerak. Yonishdan hosil bo’lgan mahsulotlar asosan qattiq changsimon moddalar, parlar va gazlardan iborat bo’ladi. Undan hosil bo’ladigan harorat esa, moddaning yonganda issiqlik ajratishi va yonish tezligi va alanganing tarqalishi, shuningdek binoning hajmi va havo almashish sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Yuqori harorat ta’sirida qizigan tutun, yonish mahsulotlarini tezlikda tarqalishga yordam beradi, shuningdek xona tutunga to’ladi va bu o’z navbatida yong’inni o’chirishga halaqit beradi.
Yong’in vaqtida ko’p miqdorda inert gazlar, yonuvchi gazlar va shuningdek
tutun ajralib chiqadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi zaharli bo’lib, ularning
zararli ta’siri yonayotgan materiallarning turi va yonishining intensivligiga bog’liq.
Zararli ta’sirchan va zaharli gazlar yong’inga qarshi muhofaza qatlamlari yonganda
(brom birikmalari va xlor), yog’och materiallar (SO) polimer qurilish materiallari va boshqa juda ko’p holarda ajralib chiqadi. To’la yonib bo’lmagan yonish mahsulotlari qizigandan keyin va sof oqimi ta’sirida qaytadan alanga olib ketishi mumkin.
Yong’in (o’t) o’chirish vositalari va usullari. O’t o’chirish usullari quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Yonayotgan zonani ko’p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida
sovitish.
2. Yonayotgan materiallarni atmosfera havosidan ajratib qo’yish.
3. Yonayotgan zonaga kirayotgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish.
4. Maxsus kimyoviy vositalarni qo’llash.

8. XULOSA VA TAKLIFLAR.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimga xulosa qilib aytadigan bo’lsam, friksion ilashish muftasi konstruksiyasini, vazifasini, undagi xar bir detalning vazifasini va qanday materialdan tayyorlanganligini yanada yaxshiroq bilib oldim. Bundan tashqari uzatmalar qutisi birlamchi vali detalini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqdim. Dvigatel issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va shu enrgiya avtomobilni harakatga olib keladi. Bunda dvigateldan chiqgan energiya burovchi moment sifati uzatmalar qutisiga o’tadi va bunday jarayonda bosish diski va ilashish diski muxim ro’l o’ynaydi chunki ular yaroqsiz xolga kelib qolgan bo’lsa uzatmalarga bir xilda qo’shib bo’lmaydi, bu jarayonda bu ikkala diskdan keyin harakat birlamchi valga keladi va uzatmalar qutisiga o’tadi va tishli g’ildiraklar yordamida uzatmalarga ulanadi. Birlamchi val detali yuqori sifatli po’latdan tayyorlanadi va uning muxim sirtlari tozaliklari va o’lchamlari yuqori aniqlikda o’linadi. Birlamchi val detalini ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha bilmaganlarimni ushbu bitiruv malakaviy ishini texnologik qismini bajarish davomida bilib oldim. Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda friksion ilashish muftasi detallaridan biri bo’lgan ilashish diskining maxovik detali bilan ishqalanadigan nometal bo’lgan materialini yangisiga almashtirish usulini kiritmoqchiman. Bunga sabab yangi ilashish diski 200 ming so’m tursa men taklif qilayotgan usulda nometal materialni almashtirish 50 ming so’m turadi. Ko’pchilik holda ilashish diskining ishdan chiqishiga sabab qilib yuqorida aytilgan nometal materialning qalinligi kamygani va bu uzatmaga ulash uchun kamlik qilishi ko’rsatiladi va yangi ilashish diski qo’yiladi vaxolanki bu muammoning kam xarajat yo’li ham bor. Men taklif qilayotgan usulni o’zim hayotda sinab ham ko’rdim va haqiqatdan ham o’zini oqlashiga yana bir marta amin bo’ldim.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling