Urganch Davlat Universiteti “Texnika” fakulteti


Download 0.95 Mb.
bet4/19
Sana27.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1726157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Автосохраненный Автосохраненный

4.Konstruktorlik qismi
Dunyoda avtomobillar klasslarga bo’lingan holda ishlab chiqariladi, Misol uchun A, B, S, D, E va boshqa shunga o’xshash klasslarga bo’linadi. Avtomobil zavodlari ushbu klasslar qonun – qoidalariga rioya qilgan holda avtomobil ishlab chiqaradilar bir so’z bilan aytganda bu klasslar avtomobillar uchun standart sifatida ishlatiladi. Shu klasslar ichida bizga bitiruv malakaviy ishi mavzusi qilib S-klassdagi yengil avtomobili friksion ilashish muftasi konstruksiyasini loyixalash va uning valini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish mavzusi berildi. Dunyo bo’yicha S- klassga mansub bo’lgan mashinalarni ko’plab avtomobil zavodlari ishlab chiqaradi, shular qatorida bizning Uz Auto Motors avtomobil zavodimiz xam ishlab chiqaradi, bu Lacetti (Gentra) avtomobili hisoblanadi. Ushbu Gentra avtomobili xaqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tamiz. Gentra 105 ot kuchiga ega, 16 klapinli benzin dvigatel, kengligi 1709mm, uzunligi 4315mm, balandligi 1505mmni tashkil etadi, avtomobil haydovchidan tashqari 4 ta yo’lovchiga mo’ljallangan, uzatmalar qutisining 2 xil turidan foydalanilmoqda bular mexanik avtomatlardir. Mexanik uzatmali avtomobilning o’rtacha yoqilg’i sarfi 100 km ga 8.5 litrni tashkil etadi, Avtomat uzatmali avtomobilning o’rtacha yoqilg’I sarfi 100km ga 9.5 litrni tashkil etadi. Mexanik va Avtomat uzatmalar qutisini asosiy farqilaridan biri avtomatda mexanikga nisbatan haydovchi aralashuvi kamaytirilib kompyuterlashtirilgan, Mexanikda esa aksincha haydovchining ro’li kompyuternikiga qaraganda ancha ko’proq uzatmalarni almashtirish jarayonida ko’zda tutilmoqda. Gentra avtomobili yurtimizda juda ommabob bo’lgan avtomobillardan birisi xisoblanadi, yiliga 40000 donadan ko’p ishlab chiqariladi. Bu degani shuncha miqdordan 2 yoki 3 baravar ko’p extiyot qisimlar ishlab chiqarilishi zarur degan ma’noni anglatadi.
Bizga ma’lumki, mashinalarning transmissiyalarida bir necha xil ilashish muftalari qo’llaniladi. Ilashish muftasi detallardan tashkil topgan bo’ladi, bular Bosish diski, Ilashish diski, Bosish podshivniki va bosish vilkasidan iborat, bular ilashish jarayonida muxim axamiyatga ega bo’lgan asosiy detallar xisoblanadi. Bosish diskining diametric 254mm ni, qalinligi 43mm ni, ilashish diski bilan ishqalanadigan sirti qalinligi 10mm, diametri 36 mm, Bosish podshipnikki bosadigan sirti bargachasimon 18 ta detallardan iborat bo’ladi bular asos qismidan markazga tomon joylashtirilgan ularning uzunligi 58mmni tashkil qiladi. Ushbu bosish diskida parchin mixlar va payvadlash usullaridan foydalanilgan. Ilashish diskining diametri 182mm ni tashkil qiladi. Ilashish diskining asosiy ish bajaruvchi sirti bu nometal material parchin mix bilan maxkamlangan sirt hisoblanadi, bu sirtning qalinligi 9mm, diametri 25mm ni tashkil etadi. Bu nometal material 16 ta parchin mix yordamida maxkamlanadi. Ilashish diskida yana 4ta prujinalar ham bor bular disk markazidan 26mm masofada bir-biriga nisbatan ma’lum masofada joylashtirilgan ularning vazifasi shundan iboratki ular ilashish diskining bir xilda burovchi moment uzatib berishiga imkoniyat yaratib beradi. Men bitiruv malakaviy ishimda ilashish diskining ish faoliyatini ishonchli va kamxarajat usulda qayta tiklashni ko’rib chiqishni taklif qilgan edim. Quyida shu taklifni qanchalik o’zini oqlashini ko’rib chiqamiz. Ushbu detallarni ishdan chiqgan paytida yangisiga almashtirish yaxshigina miqdordagi taxminan 500000 – 1000000 atrofidagi pul miqdorlarini talab qiladi. Bunday xolat xar qanday xaydovchiga iqtisodiy jixatdan og’irlik qiladi. Men ushbu bitiruv malakaviy ishida konstruktorlik qismida friksion ilashish muftasidagi ilashish diskining Nometal materialini samarali almashtirishni taklif qilomoqchiman, bunga sabab ushbu nometal materialni eskisini yangisiga almashtirish imkoniyati bo’la turib bizning avtomexaniklarimiz mijozga ilashish diskining yangisini oldirishadi. Ushbu ilashish diski bozorda 300-500 ming atrofida turadi. Nometal materialni almashtirish usuli esa anchagina hamyonbop, samarali va ishonchli yo’llardan biri hisoblanadi. Ilashish diskining nometal materiali ilashish diskiga parchin mix yordamida maxkamlangan bo’ladi va yangisi ham parchin mixlar yordamida maxkamlanadi. Bozorda ilashish diskini nometal materiali 30 ming so’m bo’lsa avtomexanikning servis xizmat xaqi bilan 70 ming so’m bo’lsa umumiy hisobda 100ming so’m sarfalanadi, bu usul ikkinchi usuldan 4, 5 barobar arzonga tushadi va yana shuni aytish mumkinki avtomobil zavoddan chiqgan paytida unga eng sifatli detallar o’rnatiladi bundan kelib chiqadiki biz ikkinchi usulga tayangan xolda ilashish diskining o’zini almashtiradigan bo’lsak va sifatsiz extiyot qisim qo’yadigan bo’lsak va buning natijasida detalning ish faoliyati vaqtidan oldin tamom bo’lsa bu yana qo’shimcha xarajat demakdir. Buning o’rniga ilashish diskining nometal materialini o’zini almashtirish usulidan foydalansak sifatli detaldan yanada ko’proq foydalanish imkoniyatiga ega bo’lamiz, bu degani bu usulni qo’llagan xolda nometal materialni alashtirish usuli bilan ilashish diskidan foydalanaveramiz degani emas. Ilashish diski ham butunlay ishdan chiqadi albatta, lekin bu usul ilashish diskining butunlay ishdan chiqish vaxtini uzoqlashtiradi va natijada sifatli detaldan kamxarajat usulda ko’p vaqt foydalanish imkoniyatini beradi. Ilashish diski birlamchi val detaliga shlitsalar yordamida ilashadi va shu shlitsalar yordamida burovchi momentni o’tkazadi. Biz shu ilashish diskidagi shlitsalar va birlamchi valdagi tishli g’ildiraklarning bir–biri bilan ilashish jarayonidagi tishlarning o’zaro harakatini tahlil qilib chiqamiz.
1. Kоnussimоn tishli g’ildirakli uzatma matеrialini tanlaymiz
Ilashish diski uchun: St45; Hajmiy tоblash HRC 200
Birlamchi val uchun: St45; Hajmiy tоblash HRC 210.
2. Ruхsat etilgan kоntakt kuchlanish

bu yеrda: ;
-uzоq muddat fоydalanish kоeffitsеnti;
- hajmiy tоblashda ehtiyot kоeffitsеnti.
Ilashish diski uchun

Birlamchi val uchun
.
3. Birlamchi valni tashqi bo`luvchi diamеtri

bu yеrda: -shesterna kоnsоl o`rnatilishi hisоbga оluvchi kоeffitsеnt; -tashqi kоnus masоfaga nisbatan gardish kеngligini hisоbiy kоeffitsеnti; -to`g’ri tishli kоnussimоn uzatma uchun; -uzatishlar sоni, nisbati.
Bizning hоl uchun
standart bo`yicha mm qabul qilamiz.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling