Materiallarni namligi. Quritish jarayonlari va
uskunalari, ularni hisoblash.
Qattiq material va nam havo o‘zaro ta’sir ettirilganda asosan ikki xil protsess sodir bo‘ladi: 1) quritish; 2) namlanish. Quritish paytida Rm ning qiymati kamayadi va Rm=Rh chegarasiga yaqinlashib boradi. Bunday holat dinamik muvozanat holati deb ataladi, materialning bu muvozanat holatiga to‘g‘ri kelgan namligi muvozanat namlik deyiladi.
Fizik-kimyoviy yo‘l bilan birikkan namlik ikki turga bo‘linadi.
109
adsorbsion; 2) osmotik.
Adsorbsion namlik materialning yuzasida va uning g‘ovaklarida, molekulalarning kuch maydoni ta’sirida mustahkam birikkan bo‘ladi.
Osmotik birikkan namlik bo‘kish namligi deb ham ataladi, bu namlik materiallarning to‘qimalarida osmotik kuchlar ta’sirida bog‘langan bo‘ladi.
Adsorbsion namlikni materialdan ajratish uchun bo‘kish namligini ajratishga nisbatan bir oz katta energiya talab qilinadi. Kolloid va polimer materiallarda adsorbsion va osmotik usul bilan birikkan namlik mavjud bo‘ladi. Material tarkibida fizik-ximiyaviy yo‘l bilan ushlab turilgan namlik bog‘langan namlik deb yuritiladi.
Quritish protsessining kinetikasi. Materiallarni quritish protsessida namlikni yo‘qotish murakkab protsesslardan hisoblanadi. Avval namlik materialning ichki qismlaridan uning yuzasiga tarqaladi, so‘ngra namlik material yuzasidan bug‘lanib qurituvchi agent (havo) tarkibiga o‘tadi va quritkichdan tashqariga chiqib ketadi. Material tarkibidan namlikning bug‘lanib chiqish intensivligi m material yuzasi birligi F dan vaqt birligi ichida bug‘langan namlikning miqdori bilan o‘lchanadi:
m W
F
bu erda W-quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; τ- quritishning umumiy vaqti.
Namlikning bug‘lanish intensivligi nam material va atrof-muhit o‘rtasidagi issiqlik va modda almashinish mexanizmiga bog‘liq. Bu mexanizm juda murakkab bo‘lib, ikki bosqichdan iborat; 1) namlikning material ichida siljishi;
2) material yuzasidan namlikning bug‘lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |