Urganch davlat universiteti texnika fakulteti


Miqdorlovchilar to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar


Download 1.66 Mb.
bet46/81
Sana07.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1245474
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
жараён ва апоратлар.doc (2)

13.3. Miqdorlovchilar to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
Qurilish materiallari sanoatida me'yorlagichlar talab etiladigan qattiqlikdagi va tarkibdagi beton qorishmalarini tayyorlash uchun, silikat g‘isht zavodlarida ohakni va qumni me'yorlash uchun, shisha zavodlarida shixta va sh.k. tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Me'yorlagichlar beton qorishmasining tarkiblarini (sement, to‘ldirgich, suv) me'yorlashda eng ko‘p qo‘llaniladi. SHuningdek, aniqlik bilan me'yorlash suv vassement uchun ± 2 % va to‘ldirgichlar uchun ± 2,5 % chegaradan (og‘irligi bo‘yicha) chiqmasligi lozim.

Me'yorlagichlar me'yorlash uslubi bo‘yicha davriy yoki uzluksiz harakatlanuvchan, me'yorlash usuli bo‘yicha esa – hajmli, vaznli va aralash (hajmli-vaznli) bo‘ladi.


Vaznli me'yorlagichlar konstruksiyasi jihatidan hajmli me'yorlagichlarga nisbatan murakkabdir. Lekin, vaznli me'yorlagichlardassement va to‘ldirgichlarni aniqlik bilan me'yorlash ancha yuqoridir. Teskarisi, suvni (suyuqliklarni) me'yorlashda hajmli me'yorlash ancha aniqdir. Qoidaga muvofiq, vaznli me'yorlashda materialning yirikligi, hajmiy og‘irligi, uzatish balandligi va jadalligi, materialning zichlama darajasi va sh.k. omillarning ta'siri bundan mustasnodir.


Boshqarish usuli bo‘yicha me'yorlagichlar dastaki, masofali va avtomatik boshqarish bilan farqlanadi. Davriy harakatlanuvchan avtomatik vaznli me'yorlagichlar beton qorishmasini tayyorlash uchun to‘plamida betonni joylashtiradigan avtomatik me'yorlagichlar va suyuq materiallar,ssement, to‘ldirgichlar uchun me'yorlagichlar tarkibida avtomatik me'yorlagichlar chiqariladi.


Uzluksiz harakatlanuvchan me'yorlagichlar bir yoki ikki agregatli chiqariladi. Uzluksiz harakatlanuvchan bir agregatli avtomatik vaznli me'yorlagichlar to‘ldirgichlarni (qum, shag‘al, chaqiq tosh) va tavsifi bo‘yicha o‘xshash materiallarni hajmli me'yorlash uchun mo‘ljallangan.
Uzluksiz harakatlanuvchan ikki agregatli avtomatik vaznli me'yorlagichlar to‘ldirgichlarni me'yorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibiga ikkita mashina, ya'ni ta'minlagich va vaznli me'yorlagich kiradi. Elektromagnit tebranuvchan, barabanli va buramali ta'minlagichlar vaznli me'yorlagichning tasmasiga materiallarni teng me'yorda va uzluksiz uzatilishini ta'minlash uchun qo‘llaniladi.
Uzluksiz harakatlanuvchan bir agregatli vaznli me'yorlagichlarda materialning uzatilishi va uning tortilishini boshqarish bitta agregatda amalga oshiriladi.

Bunday me'yorlagichlarning ishlab chiqarish samaradorligi tasmada me'yorlanadigan material qatlamining (og‘irligi) balandligini yoki tasmaning tezligini o‘zgartirish yo‘llari bilan boshqariladi.


Ikki agregatli vaznli me'yorlagichlarning ishlab chiqarish samaradorligi tasmali konveyerning yoki sarflaydigan bunkerning tortadigan qurilmalarining tovushli xabarlaridan o‘zgartiriladi.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling