Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
Materiallarni aralashtirish va miqdorlash uchun asbob-uskunalarni tanlash
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.4. Davriy hajmli miqdorlovchilar.
Materiallarni aralashtirish va miqdorlash uchun asbob-uskunalarni tanlash.
Ta'minlagichni berilayotgan materialning holatiga qarab uning temperaturasiga, bo‘laklarning o‘lchamlariga va agregatning ishlab chiqarish samaradorligiga hamda materialni bir xilda uzatishga qarab tanlaydi. Zanjirli ta'minlagichni yirik bo‘lakli materiallarni bunkerdan bir xilda uzatish, maydalash, voronkalarga yuklash, konveyerlarga va boshqa qurilmalarga uzatish uchun ishlatiladi. Plastinasimon ta'minlagichlar, materiallarni maydalagichlarga bir xilda uzatib berishni ta'minlaydi. Lentasimon ta'minlagichlarni mayda soluvchan, materiallarni uzatishda ishlatiladi. Tarelkasimon va spiralsimon ta'minlagichlar, mayda sindirilgan yoki kukunsimon materiallarni uzluksiz uzatish uchun mo‘ljallangan. Uch xil modefikatsiyadagi miqdorlagichlar (ADUB-425, ADUB-1200 va ADUB-2400 lar) beton qoruvchi qurilmalarda tarkib topgan bo‘lib, bitta aralashmada taxminan 330, 660, 800 va 1600 l. tayyor beton qorishmasini miqdorlash uchun mo‘ljallangan. ADUB turidagi miqdorlagichlar yig‘indisigassement uchun AVDS miqdorlagichlar kiradi. ADUB turidagi miqdorlagichlar avtomatik ravishda boshqariladigan fotoelektron sistemalissiferblat ko‘rsatgichlari bilan jihozlangan.ssement va inert materiallarni avtomatik uzluksiz miqdorlash uchun ikki agregatli avtomatik ravishda uzluksiz ishlaydigan miqdorlagichlarni S-804 va S-804D –ssement uchun va S-633 va S-633D – to‘ldiruvchilar uchun qo‘llash mumkin. 13.4. Davriy hajmli miqdorlovchilar. Davriy ishlovchi miqdorlovchi uskunalar har xil suyuqlik va suvlarni o‘lchash va uzatish uchun suv o‘lchovi sifon turidagi idishlar, trubasimon miqdorlagichlar va avtomat boshqariluvchi miqdorlagichlar qo‘llaniladi. Sifon shaklidagi suv o‘lchovchi idishlar. Suv o‘lchovchi idish quyidagicha ishlaydi: kran ochiladi va magistral suv tarmog‘idan suv patrubok orqali krandan va trubadan idishga tushadi. Havo sekin asta bakdan klapan orqali chiqib ketadi. Suvning miqdori qopqoqqa etganda u yopiladi, qolgan havo siqilib idishga yana suvning tushishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunda qopqoqning o‘qi idish to‘lganini ko‘rsatuvchi richagni ko‘taradi. SHu tariqa ma'lum miqdor suyuqlik ta'minlanib turadi. Idishdan ortiqcha hajmdagi suvni chiqib ketishi uchun trubka kran o‘qi va richag yordamida talab qilinayotgan holatga to‘g‘rilanadi. Uch yo‘lli kran yoqiladi va suv idishdan truba orqali uch yo‘lli kranga va patrubkaga o‘tib qorishtirgichga keladi va qopqoq bunda ochiladi. Suvni miqdori trubkaga etganida, havo qopqoq orqali, trubkadan kran hajmidan va trubkadan o‘tib trubkaga tushadi. Bu suv oqimining uzilishiga olib keladi va suvning oqib kelishi to‘xtaydi. Davomida ishningssikli to‘xtaydi. Uch yo‘lli kranni elektropnevmatik qopqoqlar yordamida o‘q va richaglar sistemasi orqali boshqariladi. 10-probka qish vaqtida yoki tekshiruv vaqtida suvni idishdan chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan. Turbinasimon miqdorlagich. Miqdorlagichni ishlatish xalqaning aylanishi natijasidassiferblatning nolь shkalasi strelka ko‘rsatgichi qarshisiga o‘rnatiladi. So‘ng qopqoqli kran bilan magistral suv tarmog‘idan suv beriladi. Bunda asbobdagi strelka ko‘rsatkichi holati kuzatiladi. Trubinadagi vintni burchak aylanish tezligi strelka ko‘rsatishiga proporsionaldir. SHkalaning bitta bo‘limiga o‘tishi kameraga 1 l. suv uzatishga teng bo‘ladi. Qachon ko‘rsatgichni ko‘rsatishi aralashtirgichdagi suvning hajmi etarliligini ko‘rsatsa, qopqoqli kran yopiladi va suvning uzatilishi to‘xtaydi. SHu tariqa ishssikli qaytariladi. 150 Avtomatik usulda boshqariladigan miqdorlagich suvni va suyuq qo‘shimchalarni hajmiy miqdorlash uchun mo‘ljallangan. Miqdorlagich quyidagi ketma-ketlikda ishlaydi. Masalan 142 l. suv hajmi berilgan, 2 ta elektrodga kuchlanish beriladi. Uzuni idishdagi 140 l. suv miqdoriga to‘g‘ri keladigan va qisqasi (kichigi) 2 l. ga. Elektrodlarni zanjirga ulaganda, zanjir boshqarmasiga xabar beriladi va elektromagnit ta'sirida qopqoq ochiladi. Miqdorlagich qobig‘iga suv kiradi. Qachonki suvning miqdori qisqa elektrodning qirrasiga etganida, elektr zanjir ulanadi va xabar kuchaytirgich bilan elektromagnit boshqaradigan zanjirga beriladi va u klapanni yopadi. Miqdorlagich qobig‘idagi suv qopqoq orqali chiqariladi, to uzun elektrodning pastki qirrasiga etkuncha. Keyin elektr zanjir uziladi va chiqaruvchi qopqoq berkiladi. SHu tariqa yana ish jarayoni qaytariladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling