Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti


 Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va shakllanishining


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana09.02.2017
Hajmi0.61 Mb.
#49
1   2   3   4   5   6

1.2. Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va shakllanishining 

iqtisodiy asoslari 

Turistik  yo’nalishlarning  paydo  bulishi    va  shakllanish  omillari  har  xil 

bo’lib,  ularning  asosiylari  quyidagilardan  iborat.  Turizm  sohasi  uchun  birinchi 

omil  bu  qadrlarning  bilim  va  tajriba  potentsiali  hisoblanadi  (ishchi  mutaxassis 

bulishi  mumkin,  lekin  maxsus  bilim  va  tajriba  bulmasa  turizmda  ish  ketmaydi), 

turmahsulotning  soni  va  sifati,  turizm  rekreatsiya  resurslariga,  klimatik  ob-xavo 

sharoitlariga,  tarixiy  va  arxeologik  joylarning  sifat  ko’rsatkichlariga,  milliy 

o’yinlarning,  bayramlarning  va  milliy  tovarlarning  soni  va  sifatiga,  milliy 

taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab 

yo’nalishlar shakllanadi. 

          Turizmda  yo’nalishlarning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  o’sishiga  quyidagi  gurux 

omillar ta’sir qiladi

5



  -siyosiy  omillar,  ikki  davlat  o’rtasidagi  munosabat,  shartnomalar,  tovar  va  turist 



almashish va davlatda barqarorlik; 

   -iqtisodiy  omillar,  turistik  tashkilotlar,  infrastrukturaning  sifati,  iqtisodiy 

engilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari; 

  -tabiiy  omillar,  tarixiy  va  arxeologik  inshootlar,  daryo,  dengiz  va  kullar,  er  osti 

davolovchi suvlar, toglardagi chiroyli manzaralar; 

  -ilmiy-texnik  omillar,  zamonaviy  xizmat  ko’rsatish  yullari  va  usullari,  yangicha 

texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar;  

-yangi  turistik  menejment,  marketing  bilimlari,  turistlarga  maxsus  ma’ruza 

matnlarining mavjudligi va h.k.z. 

Insoniyat  tarixining  uzoq  davri  mobaynida  iqtisodiy  sabablar  tufayli 

sayohatlar muhim o’lchovda qilinadi. Tovarini sotish va boshqa erlarda ish ko’rish 

maqsadida  ruyobga  chiqqan  kuchishlar  sayohatlarni  tarkib  toptirdi,  Bularning 

yonida muqaddas erlarni ziyorat qilish va urushlardan qochish ham muhim sayohat 

sabablari  orasida  edi.  Bu  jihatdan  sayohat  qilishning  ma’nosi  qiyinchiliklar  va 

                                                        

5

 Tuxliev I.S. Turizm asoslari. Uslubiy qo’llanma. Samarqand.: SamISI, 2008 y. 



 

17

tashvishlarga  duchor  bo’lishi  edi.  Ammo  bugungi  kunga  kelib,  hozirgi  zamon 



insonlari  turli  xil  sabablar  tufayli  sayohat  qilayaptilar.  Bu  to’g’rida  bir-biriga 

o’xshagan  takliflar  bor.  Batafsil  bo’lishi  uchun  bu  erda  sayohat  motivlariga 

aloqador aniq ta’rif ustida to’xtalib o’tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 

18 ta sayohat yo’nalishlari motivlari bo’lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir: 

Ta’lim va madaniyatga aloqador yo’nalish motivlari; 

1.Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko’rish. 

2.Ajoyib erlarni tamosha qilish. 

3.Aktual hodisalarni yanada yaxshi tushunish. 

4,Madaniyat yoki san’at voqealarida ishtirok yetish, dam olish motivlari. 

5.Kundalik hayotdan, monotonlikdan va konunlardan kochish.  

6.Xush va o’yin-kulgili vaqt o’tkazish. 

7.Yangi aloqalar o’rnatish. 

 Etnik asosiy motivlar: 

8.Kishining, oilasining negizi kelib chiqqan erlarni ziyorat qilish. 

9.Kishining, oilasining do’stlari joylashgan erlarni ziyorat qilish.  

10.Boshqa motivlar. 

11 .Sog’liq (quyosh, quruq iqlim). 

12.Sport faoliyatlari (so’zish, changida uchish, baliq tutish), 

13.Iqtisodiy arzon yashash. 

14.Sarguzasht (yangi erlar, insonlar, tajriba). 

15.Moslashish. 

16.O’zini oliyjanob qilib ko’rsatish. 

17.Tarixiy erlarni ziyorat qilish. 

18.Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish). 

Umuman  olganda  turistlarning  psixologik  xarakterlariga  mos  muomila 

shakllariga  ko’ra  har  xil  yo’nalishlar  tashkil  qilinib  turistlar  guruxlarga  ajratiladi. 

Psixologik  ma’lumotlar  ichida  kishi  keng  yashash  tarzi,  yaratgan  obrusi, 

munosabatlari,  sayohatga  bo’lgan  qiziqishi,  oilaviy  ahvolida  ko’rsatgan 

muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga asosan so’rov anketalari va o’zaro 


 

18

uchrashuvlar  bilan  qo’shimcha  kiritiladi.  Turizm  bo’yicha  ispan  olimi  T.Plog 



tomonidan ro’yobga chiqarilgan sayohat yo’nalishining paydo bo’lishi motivatsiya 

bilan  bog’liq  tadqiqotlar  natijasida  farqli  bir  xulosa  o’rtaga  chiqqan.  T.Plog 

izlanishlari natijasiga ko’ra sayohat qiladiganlar bo’linmaydigan davomli bir qator 

shaklda qo’yilsa, uch shakldagi yo’nalishlar qo’lga olinishi mumkin. Ko’p kishilar 

qatorning  o’rtasida  qolmokda.  Ikkita  uch  nuqtada  joylashganlari  esa  Plog 

tadqiqotining  asosiy  tamoyilini  tashkil  qiladi.  Bu  uch  yo’nalishlarning  birinchi 

uchiga  “psixotsentrik”,  boshqa  uchiga  “allotsentrik”  nomi  berilgan.  Bular 

“psixotsentrik”  uchida  joylashgan  kishilar  siqilgan,  tortinchok,  sarguzashtni 

sevmaydigan  insonlardir.  “allotsentrik”  uchida  joylashganlari  esa  o’zlariga 

ishongan,  sarguzashtni  yoqtiradigan  kishilardir.  Bu  ikki  gurux  xususiyatlariga 

ko’ra Plog boshqa turist tiplarini va boshqa ziyorat qilinadigan erlarning borligidan 

bahs  etgan.  Plogga  ko’ra,  “allotsentrik”  bir  tip  mustaqil  bir  tajribaga  o’xshay 

oladigan  sayohatni,  erishishi  qiyin  bo’lgan  joylarni  tanlaydi.  Masalan,  Afrika, 

Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O’rta nuqtada qolgan tiplar Gavai, 

Yevropa  kabi  tanilgan  erlarga  sayohat  qiladilar.  "Psixotsentrik"  tipdagi  bir  turist 

esa,  masalan,  “Disney-land”  ga  paket  (raskade)  tur  bilan  kyetishdan  mamnun 

bo’ladi.  Bu  ikkita  uchda joylashgan tiplarning  xususiyatlari shu shaklda ajratilishi 

mumkin. 


 “Allotsentrik” tiplar: 

Sarguzashtchi  va  o’z  boshiga  tadqiqotdan  zavq  oladi,  kashfiyotdan 

zavqlanuvchi  va  yangi  hayajonlarni  istaydi.  Kashfiyotsiz  yerlarni  borib  ko’rishni 

hohlaydilar.  Umuman,  qiziqish  doirasi  katta.  Turistik  hususiyati  bo’lmagan 

yerlarni  sevadilar.  O’ynash  va  ovqatlanish  mavzusida,  asosan,  komfort  va 

qulaylikni 

yoqtiradilar. 

Boshqa 


o’lkaning 

insonlari 

bilan 

tanishishdan, 



madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar. 

"Psixotsentrik" tiplar: 

- Paket-tur tanlaydilar. 

 -Unchalik faol emaslar. 



 

19

 -Quyosh, dengiz, qum kabi hammaning birgalikda qatnashadigan faoliyatlaridan 



zavk oladilar. 

-  Ziyorat  qilinadigan  joylarga  asosan  tayyorada  emas,  balki  avtomobil  bilan 

borishni xush ko’rishadi. 

- Tanilgan bilingan joylarni tanlaydilar. 

- Xorijiy muhitdan rohatlanmaydilar. 

-O’z o’lkalaridagiga o’xshash tunash kompleksini, restoran, klublarni va oldi-sotdi 

markazlarini tanlaydilar. 

Turizm  loyihalarini  rivojlantirish  bosqichlarning  barchasida  bo’lmoqdadir. 

Bu  erda  eng  ma’lum  va  ahamiyatli  muammo  quyi  tuzilmaning  qaysi  nisbatida 

turizm  investitsiyasi  bilan  tug’ridan  bog’lanishda  bo’lganidir.  Biror  turistik  joy 

uchun  qilingan  havo  maydonining  (aeroportning)  kengaytirilishi,  yangi  bir 

quruqlik  yo’lining  qurilishi  ayni  vaqtda  hamma  mintaqa  transportiga  va  boshqa 

sektorlarga  foydali  bo’lmoqtadir.  M-n:  turistik  muassasalar  kompleksi  uchun 

ro’yobga chiqarilgan suv kanallaridan, kompleksning joylashish nuqtasidan shahar, 

tuman  yoki  qishloq  aholisi  ham  foydalanadi.  Turistik  muassasalar  ko’rish  uchun 

qilingan  quyi  tuzilma  investitsiyasi  boshqa  sektorlarda  va  qushni  tumanlarda  ham 

foydalanilganidan turistik muassasalar qurilishi sababi bilan ro’yobga chiqqan quyi 

tuzilma  investitsiyasi    tannarxini  faqat  u  muassasalar  bilan  bog’likq  ko’rish  va  u 

muassasalarning  tannarxiga  qo’shish  va  tannarx  hisoblarini  bunga  ko’ra  yuritish 

noto’g’ridir. Buning aksincha, turistik muassasalar asosan shahar mehmonxonalari, 

shaharning mavjud hamma quyi tuzilish imkonlaridan foydalanmoqdalar. Faqat bu 

foydalanish  mavjud  bir  davlat  xizmati  investitsiyasidan  foydalanish  chegarasidan 

o’tmaydi. 

 

Turizm 


talabining 

investitsiyaga 

ta’siri, 

har 


qancha 

investitsiya 

loyihalarining tayyorlanish bosqichida bozor vazifalarining ichkarisida o’rganilgan 

bo’lsa  ham  kqpincha  ratsional  bo’lmagan  omillarga  bog’liq  bo’lgani  uchun 

o’lchanish  va  baholantirilishi  ham  qiyindir.  Ichki  va  tashqi  turizm  talabi  faqat 

daromad  kabi  iqtisodiy  omillarning  rol  o’ynagani  bir  soha  bo’lmasdan  moda, 

ko’rgazma,  iste’mol  havosi,  snobizm,  ijtimoiy-psixologik  omillar  kabi  bir  nechta 


 

20

omil ham turizm talabining ta’sirchisidir. Turizm bozorini yaxshi o’rganish, xavas 



anketalarini  qo’llash,  davomli  bozor  nazorati  qilish  shartdir.    Faqat,  turizm 

sektoridagi loyihalarning xech bir vaqt har qaysi bir sektor loyihasi kabi oddiy bir 

shaklda  buyurilib  qo’lga  olinmasligini  bilish  kerakdir.  Shu  sababli  ham  sektorlar 

orasi  alternativ  investitsiya  loyihasi  muhokamasini  qilish  juda  qiyindir.  Turizm 

investitsiyasi  loyihalarining  milliy  iqtisodga  bo’lgan  ta’sirlari  yuqori,  hosil 

qilganlari  korxona  foydaliligi  boshqa  sektorlarga  qaraganda  juda  kam 

qanoatlantiruvchi  bo’lgani  uchun  bu  loyihalarning  baholanishida  alternativ 

loyihalar  asosiy  o’rinni  egallaydi  va  munosib  ko’rilgan    va  loyihalarning 

rag’batlantirish  tadbirlaridan  keraklicha  foydalanishlari  asos  qilib  olinadi.  

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jismoniy rejalashtirish ishlarining bir butunlik 

ichida yuritilishida hisoblanmaydigan foydalar bo’lmoqdadir. 

Turizmda  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  manbalari  turizm 

investitsiya  loyihalarida  bajarila  olishning  tekshirilishi  uchun,  oldin  investitsiya 

loyihasining  ruyobga  chiqarilishi  tahlil  qilinadi.  Undan  keyin,  rivojlantirish 

ishlarining  yuzaga  chiqargani  natijalar,  ma’lum  kriteriyalar    jihatidan 

mezonlashtirish  tahlili  tobe  tutiladi.    Shunday  qilib,  investitsiya  loyihalarining 

moliyalashtirilishi  tugatilgan  loyihalarning    tadbiq  qilish  sohasiga  qo’yilish  yoki 

qo’yilmasligi  qaror  qilinadi,  investitsiya    alternativlaridan  qaysisining    yoki 

qaysilarining    tanlanishida  makro  va  mikro  iqtisodiy  yo’nalishidan  manfaatli 

bo’lishi  aniqlangan bo’ladi. 

Loyihani  moliyalashtirish  operatsiyasining  ob’ektiv  bir  ko’z  bilan  va 

ma’lum    mezonlarga  asoslanib  yuritilishi,  beriladigan    qarorning  to’g’riligi  va 

manba ta’minlanishida eng samarali sohalarning belgilanishi majburiydir. Shunday 

ekan  loyihani  tayyorlagan  kishi  yoki  gurux  mavzuga  odatlanganligi  sababida 

qilingan  xatolarni  aynan  qabul  qilish  va  yangilash  orzusida  bo’ladi.  Shu  sababli, 

investitsiya  loyihalarini  moliyalashtiradigan  kishi  yoki  gurux  bilan  tayyorlangan 

kishi  yoki  guruxning  farqli  bo’lishi  mavzusi  ustida  talabchanlik  bilan  yoritilishi 

kerak,  har  qancha  turizmda  baza  yaratish,  valyuta  kirimini  yaratish  kabi 

funktsiyalarga  sohib  bo’lsa  ham  bu  hususiyatlar  turizm  sohasida  qilinadigan  har 


 

21

qanday investitsiyaning munosib bo’lish yoki bo’lmasligini qaror bera olish uchun 



etarli  soliqlar  emasdir.  Shu  sababli  turizm  investitsiya  loyihalarining  hosil 

qiladigani  foydalar  bilan  keltiradigani  tannarxlarning  qiyoslanish  yo’liga  ketilishi 

kerak.  Xususan,  industriya  loyihalarining  moliyalashtirilishida  qo’llanilgan 

uslublar,  turizm  investitsiyasi  loyihalarini  moliyalashtirish  uchun  ham  joriy 

qilinadi. Turizmda investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi uchun oldin bozor 

izlanishlari  aniqlangan  bo’lishi,  to’liqliq  nisbatlari  bilan  loyihada  qo’llaniladigan 

narxlarning  sog’lom  va  ishonchli  soliqlarga  tayanib  tayanmasligi  nazorat  qilinishi 

kerak. 


Turizmda  investitsiya  loyihalari,  ma’lum  bir  tovar  yoki  xizmat  ishlab 

chiqarilishga ajratilishi, ko’zlangan manbalarning iqtisodiy va moliyaviy tomondan 

avantajli  bir  ta’minlanish  bo’lish  bo’lmasligini  ko’rsatishi  yuzasidan  ro’yobga 

chiqarilmoqdadir.  



1.3. Xorazm viloyatida turistik infratuzilmalarni rivojlantirishning huquqiy 

asoslari 

   


Turizm  sohasiga  oid  ishlab  chiqilgan  ilk  me'yoriy  hujjat    bu  -  O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  1992-yil  27-iyuldagi  «O'zbekturizm»  MKni  tashkil 

etish to'g`risida»

6

gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 



shu  yil  20-oktyabrdagi  «O'zbekturizm»  MK  faoliyatini  tashkil  etish  masalalari 

haqida»gi  qaroridir.  Mamlakatimizda  jahon  andozalariga  javob  beradigan  turizm 

tizimini  barpo  etish,  ushbu  soha  boshqaruvini  takomillashtirish,  uning  iqtisodiy 

samaradorligini  oshirish,  shuningdek,  mamlakatimizda  mavjud  bo'lib  kelgan  va 

sobiq  ittifoqqa  bo'ysungan  turistlik  tashkilotlar  va  muassasalarni  respublika 

ihtiyoriga o'tkazish ushbu farmon va qarorning bosh maqsadi qilib olindi.  Mazkur 

farmon  O'zbekistonda  turizm  sohasini  takomillashtirish,  uni  yangi  bosqichga 

ko'tarish,  «O'zbekturizm»  MK  ni  tuzish  uchun  dastur  bo'lib  hizmat  qildi.  Keyingi 

yillarda  ishlab  chiqilgan  muhim  hujjatlar  qatoriga  O'zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  1995-yil  2-iyundagi  «Buyuk  Ipak  yo'li»  ni  qayta  tiklashda 

O'zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni 

                                                        

6

 

www.lex.uz



 ma’lumotlaridan foydalanildi. 

 

22

rivojlantirish  borasidagi  chora-tadbirlar  to'g`risida»gi  farmoni  hamda  mazkur 



farmonni  amalga  oshirish  maqsadida  e'lon  qilingan  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-iyundagi «O'zbekiston Respublikasida xalqaro 

turizmning  zamonaviy  infratuzilmasini  barpo  etish  chora-tadbirlari  to'g`risida»

7

gi 



qarorini kiritish mumkin. O'zbekiston tarihi uzoq ajdodlari buyuk, madaniy merosi 

sermazmun  ko'hna  yurtlardan  biridir.  Ayniqsa,  mamlakatimizni  sharq  va  g`arbni 

bog`lab turuvchi «Buyuk Ipak yo'li» dagi belbog` sifatida yahshi bilamiz. «Buyuk 

Ipak  yo'li»  qariyib  ikki  ming  yillik  tarihga  ega.  Uning  bir  uchi  Hitoy  bo'lsa, 

ikkinchi  uchi  Italiyadir.  Bu  yo'lni  «Ipak  yo'li»,  «Karvon  yo'li»  deb  ham  ataladi. 

Bunday  nom  berilishiga  sabab,  ipak  mahsulotlari  karvonlar  orqali  tashib  o'tilgan, 

Shuningdek, bronza, chinni, jun  hom-ashyolari  va  ulardan tayyorlangan  buyumlar 

ham  olib  o'tilgan.  «Buyuk  Ipak  yo'li»da  nafaqat    savdo-sotiq,  shu  bilan  birga 

madaniyat,  san'at,  ilm-fan,  ma'naviyat,  ma'rifat,  odobu-ahloq,  tinchlik,  turizm, 

targ`ibot-tashviqot (reklama), talab va taklif (marketing) ham muttasil shakllangan, 

yuqori  darajaga  etgan.  «Buyuk  Ipak  yo'li»da  ko'hna  Turkiston  hududi  yetakchi 

o`ringa,  Samarqand,  Buhoro,  Hiva,  Termiz,  Ho'jand,  Chorjuy  kabi  shaharlar  esa 

muhim  ahamiyatga  ega  bo'lgan.  Hozirgi  O'zbekiston  hududi  bu  yo'lning  qoq 

markazida  joylashgan.          Sohibqiron  Amir  Temur  davrida    «Buyuk  Ipak  yo'li» 

keng  rivojlangan.  Shularni  e'tiborga  olib,  qabul  qilingan  ushbu  hujjatlar  g`oyat 

muhim  xalqaro  turizm  yo'nalishi  -  «Buyuk  Ipak  yo'li»ni  qayta  tiklash,  bunga 

horijiy  turistlarni  jalb  etish,  shuningdek,  mamlakatimizda  zamonaviy  turizm 

siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadni qaratdi. Buning uchun esa: «Buyuk 

Ipak yo'li»dagi shaharlar - Samarqand, Buhoro, Hiva va Toshkentda xalqaro turizm 

bo'yicha  mahsus  ochiq  iqtisodiy  mintaqalar  tashkil  etish,  mazkur  shaharlarning 

aeroportlari  va  temir  yo'l  vokzallarida  horijiy  turistlar  uchun  bojhona  rasm-

rusumlarining  xalqaro  me'yorlarga  mos  soddalashtirilgan  tartibi,  tranzit  turistlar 

uchun  mahsus  bojhona zonalari,  turistlik  tashkilotlar  uchun soliq  imtiyozlari joriy 

qilish,  imtiyozli  kredit  berish  ko'zda  tutildi.    Farmon  va  qarorlarning  muhim 

jihatlaridan  biri  shu  bo'ldiki,  unda  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

                                                        

7

 

www.lex.uz



 ma’lumotlaridan foydalanildi 

 

23

huzurida turizm bo'yicha Idoralararo Kengash tuzilib, ushbu Kengash faoliyatining 



asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berildi:  

 a) turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;  

 b)  jahon  andozalari  darajasida  kichik  va  o'rta  mehmonhonalar,  motellar  va 

kempinglar tarmog`i shakllantirilishini muvofiqlashtirish; 

  c) sayr-tamoshalar zamonaiy industriyasini, madaniy va sport – sog`lomlashtirish 

markazlarini barpo etishga ko'maklashish;  

 d) noyob turizm imkoniyatlari va tarihiy - madaniy merosini keng ko'lamda targ`ib 

qilinishi va maskanlashtirishni tashkil etish;  

 e)  turizm  tizimida  muvofiqlashtirilgan  ilmiy-tehnikaviy  va  investitsiya  siyosatini 

o'tkazish;  

 f)  turizm  sohasida  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlashni  ta'minlash. 

Yurtimizda  turizm  ishini  yanada  rivojlantirish  va  uni  tashkil  etishni 

takomillashtirish, 

turizm 


hizmatlari 

bozorida 

kichik 

va 


o'rta 

turistlik 

tashkilotlarining  qatnashishini  faollashtirish,  horijiy  sarmoyadorlarni  turizm 

sohasidagi faoliyatga keng jalb qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi  1998-yil  8-avgustda  «Turizm  tashkilotlari  faoliyatini  tashkil  etishni 

takomillashtirish  to'g``risida»  qaror  qabul  qildi.  Qarorda  hususiy  turistlik 

tashkilotlar  uyushmasi  (bundan  buyon  -  HSTU)  ni  tashkil  etish  va  uni 

«O'zbekturizm»  MK  tarkibiga  a'zo  sifatida  kirishi  belgilab  berildi.  Shuningdek, 

«O'zbekturizm»  MK  HSTUga  turistlik  tashkilotlar  faoliyatini  tashkil  etish, 

marketing,  malakali  kadrlar  tayyorlash  va  ularni  qayta  tayyorlash  hamda  turizm 

faoliyati  sohasida  qonun  hujjatlariga  rioya  etish  bilan  bog`liq  masalalarda  uslubiy 

va huquqiy yordam ko'rsatishni ma'lumot uchun qabul qilindi.    Qarorga muvofiq, 

MK tarkibiga kiruvchi korhona va tashkilotlar ro'yhatiga, boshqaruv hodimlarining 

cheklangan  soni  55  nafardan  iborat  bo'lgan  (hizmat  ko'rsatuvchi  hodimlarsiz)  ijro 

etuvchi apparat tuzilmasiga, HSTU ning namunaviy tashkiliy tuzilmasiga va uning 

boshqaruvini  ijro  etuvchi  apparatining  namunaviy  tuzilmasiga  ilovalarga  muvofiq 

rozilik  berildi.  HSTU  boshqaruvi  raisi  lavozimiga  ko'ra  «O'zbekturizm»  MK 

raisining o'rinbosari hisoblanadigan bo'ldi. HSTU faoliyatining asosiy yo'nalishlari 



 

24

etib  quyidagilar  belgilandi:  ·  «Buyuk  Ipak  yo'li»  ni  tiklashda,  respublikada 



turizmning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish; · uyushma 

a'zolari  bo'lgan  hususiy  turizm  tashkilotlariga  ko'maklashish  va  ular  faoliyatini 

muvofiqlashtirish;  ·  turizm  sohasida  marketing  tadqiqotlarini  o'tkazish;  ·  hususiy 

turizm 


tashkilotlarini 

rivojlantirishga 

 

horijiy 


sarmoyadorlarni 

va 


mamlakatimizdagi  yuridik  va  jismoniy  shahslarning  mablag`larini  jalb  qilish;  · 

«O'zbekturizm»  MK  da,  davlat  organlarida    va  jamoat  tashkilotlarida  uyushma 

a'zolari  bo'lgan  hususiy  sayyohlik  tashkilotlarining  manfaatlarini  ifodalash;  · 

uyushma  a'zolariga  axborot,  maslahat  va  uslubiy  yordam  ko'rsatish;  ·  turizm 

biznesi  sohasida  hodimlarning  kasb  tayyorgarligiga  va  ularni  qayta  tayyorlashga 

ko'maklashish.  O'zbekistonda  turizm  sohasini  yangi  bosqichga  ko`tarishda 

Respublika  Prezidentining  1999-yil 15-apreldagi  «2005  -  yilgacha  bo'lgan  davrda 

O'zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  Davlat  dasturi  to'g`risida»

8

  gi  Farmoni 



alohida  ahamiyatga  egadir.  Ushbu  Farmon  millatlararo  aloqalarni  kengaytirish  va 

mustahkamlashga  ko'maklashish  hamda  xalqaro  turizm  bozoriga  uzviy  qo'shilish, 

O'zbekistonning  madaniy-tarihiy  va  ma'naviy  merosini  jahon  hamjamiyatiga 

targ`ib  qilish,  shuningdek,  turistlarga  hizmat  ko'rsatish  sifatini  xalqaro  andozalar 

darajasiga  ko`tarish  maqsadida  qabul  qilinib,  2005  -  yilgacha  bo'lgan  davrda 

O'zbekistonda  turizmni  rivojlantirish  Davlat  dasturi  va  uni  amalga  oshirish 

bo'yicha  Muvofiqlashtiruvchi  Kengash  tarkibi  tasdiqlandi.    Farmonda  mulkchilik 

shaklidan  qat'iy  nazar,  turistlik  tashkilotlar  horijdan  keltiriladigan  tehnologiya  va 

mehmonhona  uskunalari,  turizm  maqsadlariga  mo'ljallangan  transport  vositalari 

uchun  bojhona  bojlari  to'lashdan  uch  yil  muddatga  ozod  qilinishi  ko'rsatib  o'tildi. 

Shuningdek, «O'zbekturizm» MK tizimidagi korhonalarga  horijiy turistlarga erkin 

ayirboshlanadigan  valyuta  hisobidan  turistlik  hizmat  va  qo'shimcha  hizmat 

ko'rsatish huquqi berilib, buning uchun mahsus kassalar ochilishiga ruhsat berildi. 

«Umid»  jamg`armasi  har  yili  studentlarni  turizm  industriyasi  mutahassisliklari 

bo'yicha  yetakchi  horijiy  mamlakatlarga  ta'lim  olish  uchun  yuborishni  ko'zda 

tutishi  ko'rsatib  o'tildi.  O'zbekiston  Respublikasining  Tashqi  ishlar,  Moliya  va 

                                                        

8

 



www.lex.uz

 ma’lumotlaridan foydalanildi. 



 

25

Madaniyat  ishlari  vazirliklarining  va  «O'zbekturizm»  MKning  O'zbekiston 



Respublikasining  AQSH,  Yaponiya,  Buyuk  Britaniya,  Germaniya,  Fransiya  va 

Italiyadagi  elchihonalarida  madaniyat  va  turizm  masalalari  bo'yicha  maslahatchi 

lavozimi  birliklarini  joriy  etishlariga  ijozat  berildi.  Ushbu  Davlat  dasturi  olti 

bo'limdan iborat bo'lib, 

  

1-bo'lim:  «Turizmning  me'yoriy  -  huquqiy  bazasini  shakllantirish»,-deb 

nomlanib,  unda  O'zbekiston  Respublikasining  «Turizm  to'g`risida»  gi  qonunini 

tayyorlash,  fuqarola-rimizning  horijga  chiqishi  va  O'zbekistonga  horijiy 

fuqarolarning  kirishi  haqidagi  takliflarni  o'rgangan  holda,  horijiy  turistlar  uchun 

boj,  viza  va  boshqa  hujjatlarni  rasmiylashtirish  Nizomiga  o'zgartirishlar  kiritish; 

Madaniy  meros  yodgorliklarining  to'liq  ro'yhatini  tuzish  va  nashr  etish; 

yodgorliklarni  noqonuniy  tarzda  olib  chiqib  ketgan  va  ularga  ziyon  etkazilgan 

hollarda  davlat,  jamoat  tashkilotlarining,  yuridik  va  jismoniy    shahslarning 

javobgarliklari  haqidagi  tartibni  tayyorlash  vazifalari  belgilab  berildi.  Mazkur 

bo'limda  belgilab  berilgandek  «Turizm  to'g`risida»gi  qonun  1999-yil  20-avgustda 

qabul  qilindi,  boj  va  viza  hujjatlarini  rasmiylashtirish  Nizomiga  o'zgartirishlar 

kiritildi, hullas barcha vazifalar to'liq amalga oshirildi. 



 2-bo'lim:  «O'zbekturizm»  MKning  1999-2005  yillardagi  investitsiya 

siyosati»

9

,-deb 


nomlanib, 

unda 


Samarqand 

shahrida 

«Prezident-otel» 

mehmonhonasi 

qurilishi 

(mablag`ning 

85% 

horij 


investitsiyasi, 

15% 


«O'zbekturizm»  MK  hisobidan),  shahardagi  «Samarqand»  mehmonhonasini  qayta 

tiklash  (8  mln  AQSH  dollari.  Horijiy  va  mahalliy  sarmoya);    Hivada  yangi 

mehmonhona  qurilishi  (bu  ham  85%  ga  15%),  Urganchda  «Horazm» 

mehmonhonasini  qayta  tiklash  (7,5  mln  AQSH  dollari,  Hindiston  krediti); 

Toshkent  shahridagi  «O'zbekiston»  mehmonhonasini  qayta  tiklash  (31,5  mln 

AQSH  dollari,  horijiy  sarmoya).  Shuningdek,  50-60  o'rinli  2-3  yulduzli 

mehmonhona  qurilishi  (20  mln  AQSH  dollari,  horijiy  va  mahalliy  sarmoya); 

Toshkent  viloyati  Chorvoq    suv  ombori  hududida  dam  olish  zonasi  va  golf  klubi 

qurilishi  (100  mln  AQSH  dollari,  horijiy  sarmoya);    Buhorodagi    «Buhoro» 

                                                        

9

 O'zbekturizm» MK ma’lumotlaridan foydalanildi. 



 

26

mehmonhonasini  qayta  tiklash  (8  mln  AQSH  dollari,  horijiy  sarmoya); 



Andijondagi 60 o'rinli yangi mehmonhona qurilishi (12 mln AQSH dollari, horijiy 

va mahalliy sarmoya), shahardagi  «Oltin Vodiy» mehmonhonasini qayta tiklash (8 

mln  AQSH  dollari,  horijiy  va  mahalliy  sarmoya);  Jizzahdagi  «O'zbekiston» 

mehmonhonasini  qayta  tiklash  (10  mln  AQSH  dollari,  horijiy  va  mahalliy 

sarmoya); Termizdagi  mehmonhonani  qayta tiklash (6 mln AQSH dollari, horijiy 

va  mahalliy  sarmoya);  SHahrisabzdagi  «SHahrisabz»  mehmonhonasini  qayta 

tiklash (6 mln AQSH dollari, horijiy va mahalliy sarmoya) kabi juda katta mablag` 

talab etiladigan vazifalar belgilab olindi.  Shuningdek, Avtobus - avtomobil parkini 

modernizatsiyalashtirish (zamonaviylashtirish) uchun 12 mln AQSH dollari, kichik 

hususiy  mehmonhonalar    va  otellar  qurilishi  uchun  30  mln  AQSH  dollari 

miqdorida  sarmoya  talab  qilinishi  belgilab  berildi.  Ushbu  bo'limda    belgilab 

berilgan  vazifalardan  asosiylari  ham  amalga  oshirildi.  Toshkent  shahrining  o'zida 

«O'zbekiston», 

«Toshkent», 

«Rossiya», 

«Do'stlik», 

«Turon» 

kabi 


mehmonhonalarni  modernizatsiyalashtirilganligiga  yoki  Samarqand  shahridagi 

«Prezident  -  otel»  mehmonhonasini  bunyod  etilganligiga  bugun  guvohmiz. 

Shuningdek, boshqa viloyatlardagi vazifalar ham amalga oshirildi. 

   

3-bo'lim:  «Marketing  tadbirlari»,-  deb  nomlanib,  unda  O'zbekistonning 

diqqatga  sazovor  joylari  haqida  turistlarga  ma'lumot  berish  va  turmahsulotlarni 

taklif  qilish  maqsadida  internet,  E-mail  xalqaro  informatsiya  tarmog`laridan 

foydalanishni  rivojlantirish;  Gid-ekskursovodlar  uchun  respublika  tarihi,  siyosiy 

hayoti,  madaniy-tarihiy  merosi,  turizm  imkoniyatlari,  asosiy  qonunlari,    ijtimoiy 

fan  va  madaniyat  sohasidagi  yutuqlari  haqidagi  barcha  axborotlarni  o'zida 

mujassamlashtirgan  informatsion-uslubiy  ma'lumotnoma  (spravochnik)    ishlab 

chiqish;  har  yili  Toshkent  shahrida  xalqaro  «Buyuk  Ipak  yo'li»  turistlik 

yarmarkasini  o'tkazish,  shuningdek,  yirik  xalqaro  turistlik  yarmarkalarda  ishtirok 

etish;  Yangi  va  mahsus  turistlik  turlarni  ishlab  chiqish  (tarihiy,  ekologik,  ekzotik 

va  sport);  «Turizm  -  revyu»  teleko'rsatuvini  doimiy  ravishda  tashkil  etish, 

O'zbekistonning  tarihiy  va  madaniy  yodgorliklariga  oid  kinofilmlar  ishlab 

chiqarish,  reklama    prospeketlarini  va  hususiy    «Buyuk  Ipak  yo'li»  axborot  - 


 

27

reklama  haftalik  gazetasini  nashr  ettirish;  Informatsiya  olish  va  almashish 



maqsadida  xalqaro  tashkilotlar  (BTT,  YUNYESKO,  YUNID,  PROON)  bilan 

hamkorlikni  faollashtirish.  Rivojlangan  davlatlar  turizm  tashkilotlari  bilan  tajriba 

almashish  asosiy  vazifa  sifatida  karaldi.  Bu  bo'limda  ham  belgilangan  internet  va 

saytlar    xalqaro  informatsiya  tarmoqlaridan  foydalanish,  gidlar  uchun 

ma'lumotnomalar  ishlab  chiqish,  har  yilgi  turyarmarkani  o'tkazish,  xalqaro 

turtashkilotlar  bilan  hamkorlikni  yo'lga  qo'yish  kabi  va  boshqa  vazifalar  amalga 

oshirilib kelinmoqda. 

  

4-bo'lim:  «Turistlarga  hizmat  ko'rsatishni  xalqaro  andozalar  darajasiga 

ko'tarish,  turizm  infratuzilmasini  har  tomonlama  rivojlantirish»,-deb  nomlanib, 

unda  Toshkent,  Samarqand,  Buhoro  va  Hiva  shaharlaridagi  turistlarni  ijaraga 

avtomobil  vositalari  bilan  ta'minlash;  Markaziy  Osiyo  respublikalari  uchun 

mutahassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida BTTning malaka oshirish 

institutini  tashkil etish; BTT orqali turizm bo'yicha xalqaro markazlarda (Amerika, 

Yevropa  va Osiyo  mamlakatlari)  «O'zbekturizm» MK  hodimlarini, turizm  va  gid-

tarjimonlik  bo'yicha  mutahassislarni  o'qitish,  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash;  

Madaniy-tarihiy inshootlarda halq ijodi va hunarmandlik mahsulotlari sotish uchun 

kioskalar  tashkil  etish,  halq  urf-odatlari,  an'analarini  namoyish  etuvchi 

videoroliklar  tayyorlash  va  ularning  savdosini  tashkil  etish;  Muzey  kolleksiyalari 

va  arheologik  topilmalar  nusxalaridan  tayyorlangan  sovg`alar  ishlab  chiqarishni 

tashkil etish;  Turizm ob'ektlarida  milliy urf-odatlar  va an'analarni  namoyish etish; 

Mulkchilik shaklidan qat'iy  nazar turizm  tashkilotlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish 

va  ularning  rahbarlarini  attestatsiyadan  o'tkazish;  turistlik  hizmat  ko'rsatish 

andozalariga muvofiqlikni nazorat qilib borish masalalariga asosiy e'tibor qaratildi. 

Mazkur bo'limda belgilab berilgan vazifalar ham amalga oshirilmoqda. 

           5-bo'lim:  «Jahon  merosi,  madaniyati  va  tarihiga  kiruvchi  qo'riqhonalar, 

yodgorlik  shaharlarini  muhofaza  etish  va  ulardan  maqsadli  foydalanish  bo'yicha 

tadbirlar»,-deb  nomlanib,  unda  quyidagi  yo'nalishlarga  e'tibor  qaratildi:  xalqaro 

ilmiy-amaliy  turistlik  ekspeditsiyalarni  tashkil  etish  yordamida  horijdagi 

Vatanimiz madaniyati, tarihi, fani va san'ati yodgorliklarining qimmatini o'rganish; 


 

28

milliy boylar, an'anaviy choyhonalar, halq amaliy san'ati va ko'rgazmalarini tashkil 



etish  va  ularni  turizm  marshrutlariga  kiritish;  turizm  ob'ektlarini  mamlakatimiz 

tarihi  bilan  bog`liq  tarihiy  va  madaniy  yodgorliklarni  doimiy  ravishda  qayta 

tiklash. 

          6-bo'lim:  «Ichki  turizmni  tashkil  etish  bo'yicha  tadbirlar»,-deb  nomlanib, 

unda  Samarqand,  Buhoro,  Hiva  shaharlari  turizm  markazlarida  piyoda  yuruvchi 

turistlar uchun mahsus yo'laklar tashkil etish; Toshkent, Samarqand, Buhoro, Hiva 

shaharlari  va  Farg`ona  vodiysiga  ma'naviy  -  ma'rifiy  va  tarihiy  ekskursiyalarni 

tashkil  etish;  o'quvchi  yoshlarimizni  o'tmish  merosimizga  hurmat,  vatanparvarlik 

ruhida  tarbiyalash  maqsadida  muzeylarda  doimiy  ravishda  ochiq  eshiklar  kunini 

o'tkazish; bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan oilalar farzandlari 

uchun  bepul  ekskursiyalar  tashkil  etish;  O'zbekiston  fuqarolari  uchun  Imom 

Buhoriy, al-Farg`oniy,  Bahovuddin Naqshband, al-Horazmiy, at-Termiziy,  SHayh 

Najmiddin  Kubro  va  boshqa  o'tmish  allomalarimizning  memorial  majmualariga 

ekskursiyalar  tashkil  etish  vazifalari  belgilab  berildi.  Bu  boradagi  ishlar  ham 

hozirda amalga oshirilmoqda.  

Navbatdagi  hujjatlar  -  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

1996-yil  21-noyabrdagi  «Horijiy  fuqarolarning  va  fuqaroligi  bo'lmagan 

shahslarning  O'zbekiston  Respublikasiga  kelishlari,  ketishlari,  buyerda  bo'lishlari 

va  tranzit  o'tishlari  tartibi  to'g`risida»

10

gi    qarori  va  unga  Respublika  Vazirlar 



Mahkamasining 

1999-yil 

16-apreldagi 

qarori 


bilan 

o'zgartirishlar 

va 

qo'shimchalarning  kiritilishi  bo'ldi.  Ushbu  qarorlarda  «Horijiy  fuqarolarning  va 



fuqaroligi  bo'lmagan  shahslarning  O'zbekiston  Respublikasiga  kelishlari  hamda 

O'zbekiston  Respublikasidan  ketishlari  tartibi»  tasdiqlandi.  Tartibning  birinchi 

bo'limi    «Umumiy  qoidalar»,-deb  nomlanib,  unda  respublikamizga  kelish  va 

ketishga  haqli  deb  -  hususiy  hamda  hizmat  ishlari  bo'yicha,  turizm,  dam  olish, 

o'qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun borayotgan shahslar va boshqa 

masalalar  belgilab  berilgan.  Ikkinchi  bo'lim  «O'zbekiston  Respublikasiga  kelish 

«viza»  larini  rasmiylashtirish  tartibi»,-deb  nomlanib,  uning  12-bandida,  ayniqsa 

                                                        

10

 

www.lex.uz



 ma’lumotlaridan foydalanildi. 

 

29

to'liq ma'lumotlar mujassam. Uchinchi bo'lim «O'zbekiston Respublikasidan ketish 



«viza» 

larini 


rasmiylashtirish 

tartibi», 

to'rtinchi 

bo'lim 


«O'zbekiston 

Respublikasiga  kelish  va  undan  ketish  huquqidagi  cheklashlar»,  beshinchi  bo'lim 

«Chet  elga  ketish  huquqi  rad  etilganligi  ustidan  shikoyat  qilish  tartibi»

11

,-deb 



nomlangan.  Shuningdek,  ushbu  qarorlarda  «Horijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi 

bo'lmagan  shahslarning  O'zbekiston  Respublikasida  bo'lishlari  qoidalari» 

tasdiqlangan.  Bu  qoidaning  birinchi  bo'limi  «Umumiy  qoidalar»,  ikkinchi  bo'limi 

«O'zbekiston  Respublikasida  vaqtincha  bo'luvchi  horijiy  fuqarolarni  ro'yhatga 

olish»,-deb  nomlangan.  qoidaning  13-bandida:  mehmonhonalar,  davolash 

muassasalari,  sanatoriylar,  dam  olish  uylarining  mas'ul  shahslari  tomonidan  kelib 

joylashgan 

shahslarning 

hisobi 

yuritiladi. 



19-bandida: 

Mehmonhonalar 

ma'muriyati  O'zbekiston  Respublikasiga  kelish  «viza»  siga  ega  bo'lmagan, 

shuningdek,  boshqa  qoida  buzishlarga  yo'l  qo'ygan  horijiy  fuqarolar  to'g`risida 

hududiy  ichki  ishlar  organlariga  zudlik  bilan  habar  qilishga  majburdir.  Bunday 

shahslarni  mehmonhonalarda  rasmiylashtirish  va  mehmonhonalarga  joylashgan 

horijiy  fuqarolarning  bo'lish  muddatini  uzaytirish  qabul  qiluvchi  tashkilotlarning 

yozma  iltimosnomasida  (turistlar  uchun  turning  amal  qilish  muddatida) 

ko'rsatilgan, lekin «viza» ning amal qilish muddati darajasida oshiriladi»,- deyiladi. 

Uchinchi  bo'lim  «Horijiy  fuqarolarga  O'zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashash 

uchun  ruhsatnomalar  berish»,  to'rtinchi  bo'lim  «Horijiy  fuqarolarning  O'zbekiston 

Respublikasi  hududida  yurishlari»,  beshinchi  bo'lim  «O'zbekiston  Respublikasida 

bo'lish  muddatini  qisqartirish  va  undan  chiqarib  yuborish»,-deb  nomlangan.  

Vazirlar  Mahkamasining  mazkur  qarorlarida,  shuningdek,  «Horijiy  fuqarolarning, 

fuqaroligi  bo'lmagan  shahslarning  O'zbekiston  Respublikasi  hududi  orqali  tranzit 

o'tishlari  qoidalari»  ham  tasdiqlangan.  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

«Respublika  davlat  boshqaruvi  organlari  tizimini  takomillashtirish  to'g`risida» 

2003-yil  9-dekabrdagi  Farmonini  bajarish  yuzasidan  va  turizm  soh  asi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan 2004-yil 28-iyulda «O'zbekturizm» MK faoliyatini  yanada 

takomillashtirish  to'g`risida»  gi  qarori  qabul  qilinganligini  alohida  ta'kidlab  o'tish 

                                                        

11

 



www.lex.uz

 ma’lumotlaridan foydalanildi. 



 

30

lozim



12

.  Qarorda «O'zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparat 

hodimlarining  cheklangan  umumiy  soni  45  nafar,  shu  jumladan  boshqaruv 

hodimlari  30  nafar  bo'lgan  markaziy  apparati  tuzilmasi  ham  tasdiqlandi.  

«O'zbekturizm» MKning tashkiliy tuzilmasi: Mintaqaviy bo'limlar uchta viloyatda 

saqlanib  qolgan:  Samarqand  mintaqaviy  bo'limi,  Horazm  mintaqaviy  bo'limi, 

Buhoro  mintaqaviy  bo'limi.    hududiy  sayohat  va  ekskursiya  byurolari  davlat 

korhonalari  (bundan  keyin  SEB  dk)  esa  yettita  viloyatda  tashkil  etildi: 

Surhondaryo  SEB  dk,  Qashqadaryo  SEB  dk,  Navoiy  SEB  dk,  Qoraqalpog`iston 

SEB dk, Jizzah SEB dk, Namangan SEB dk, Farg`ona SEB dk.      «O'zbekturizm» 

MK  tizimida  quyidagi  mehmonhona  komplekslari    saqlanib  qoldi:  «Afrosiyob-

Palas»  mehmonhona  kompleksi  davlat  korhonasi,  «Buhoro-Palas»  mehmonhona 

kompleksi  davlat  korhonasi,  «Hiva»  turizm  ekskursiya  kompleksi  davlat 

korhonasi,  «Jayhun»  mehmonhona  kompleksi  davlat  korhonasi,  «Horazm» 

mehmonhona  kompleksi  davlat  korhonasi,  «Uzolmonhotelz»  qo'shma  korhonasi. 

Hizmat  ko'rsatuvchi  tuzilmalardan  «Dispetcherlashtirish  va  hizmat  ko'rsatish 

markaziy  boshqarmasi»  davlat  korhonasi,  «Respublika  ilmiy-o'quv  konsalting 

markazi»  davlat  korhonasi,  «qurilayotgan  ob'ektlar  direkciyasi»  davlat  korhonasi 

ham milliy kompaniya tizimida saqlanib qoldi. 

Xorazm  viloyatida  turizm  sohasida  ko’rsatilayotgan  xizmatlar  sifatini 

yanada  yaxshilash,  ijtimoiy  infratuzilma  ob’ektlarini  qurish  va  rekonstruktsiya 

qilishga  yo’naltirilgan  qo’shimcha  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  qulay  shart-

sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida turistik 

infratuzilmaning  qo’shimcha  ob’ektlarini  barpo  etish  to’g’risidagi”  2013  yil  20 

sentyabrda 261-sonli Qarori

13

 qabul qilindi: Unda quydagilar o’z aksini topgan: 



1.Xorazm 

viloyati 

hokimligi, 

O’zbekiston 

Respublikasining 

Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat 

qo’mitasi,  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar, 

investitsiyalar  va  savdo  vazirligi,  Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi, 

«O’ztransgaz»  aktsiyadorlik  kompaniyasi,  «O’zbekturizm»  milliy  kompaniyasi 

                                                        

12

 «O'zbekturizm» MK ma’lumotlaridan foydalanildi. 



13

 

www.lex.uz



 ma’lumotlaridan foydalanildi. 

 

31

hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Xorazm  viloyatining  sanoat 



salohiyatini,  infratuzilmasi  va  turizm  sohasini  rivojlantirish,  obodonchilikni  va 

aholi  suv  ta’minotini  tubdan  yaxshilash  bo’yicha  kompleks  dasturiy  chora-

tadbirlarni  ishlab  chiqish  to’g’risida»  2012  yil  25  oktyabrdagi  F–3921-son 

farmoyishi bilan tuzilgan Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturini 

ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruhning:  

davlat mulkining bo’sh turgan ob’ektlarini investitsiya majburiyatlari qabul 

qilish sharti bilan sotish; 

Urganch shahri, O’zbekiston ko’chasi manzilida joylashgan, «O’ztransgaz» 

aktsiyadorlik  kompaniyasining  «Urganchtransgaz»  sho’’ba  korxonasiga  tegishli 

bo’lgan  sobiq  «Bolalar  dunyosi»  do’koni  binosini  baholash  tashkiloti  tomonidan 

aniqlangan  970,42  mln  so’m  miqdoridagi  qiymat  bo’yicha,  275,0  mln  so’m 

miqdoridagi  dastlabki  to’lovni  to’lagan  va  qolgan  summani  choraklar  bo’yicha 

teng ulushlarda taqsimlab 5 yilda bo’lib-bo’lib to’lagan holda «Infinbank» xususiy 

ochiq aktsiyadorlik tijorat bankiga uning Xorazm viloyatidagi filialini tashkil etish 

uchun sotish; 

Yangi  turizm  ob’ektlarini  2013—2015  yillar  davrida  Xorazm  viloyatida 

turizm  sohasini  rivojlantirish  dasturiga  kiritish  to’g’risidagi  takliflariga  rozilik 

berilsh. 

2.  Investorlar  jahon  standartlariga  muvofiq  bo’lgan,  kamida  uch  yulduzli 

mehmonxona darajasida munosib xizmat ko’rsatish sifatiga ega bo’lgan zamonaviy 

mehmonxonalar,  shuningdek  ushbu  qarorga  davlat  mulki  ob’ektlari  bazasida 

xizmatlar  sohasining  boshqa  ob’ektlarini  barpo  etish  bo’yicha  investitsiya 

majburiyatlarini o’z zimmasiga oladilar; 

sobiq «Bolalar dunyosi» do’konining binosini sotishdan tushgan mablag’lar 

summasi  275,0  mln  so’mini  binoning  balans  qiymatini  qoplash  uchun 

«O’ztransgaz» 

aktsiyadorlik 

kompaniyasining 

«Urganchtransgaz» 

sho’’ba 


korxonasiga  va  695,42  mln  so’mini  xayriya  tarzida  —  Xiva  tumanida  joylashgan 

va  Xorazm  viloyatida  turizm  sohasini  rivojlantirish  dasturi  doirasida  buziladigan 



 

32

ko’chmas  mulk  ob’ektlarini  buzish  xarajatlarini  qoplash  uchun  Xorazm  viloyati 



hokimligining maxsus hisob raqamiga yo’naltirish yo’li bilan taqsimlanadi. 

3.  O’zbekiston  Respublikasining  Xususiylashtirish,  monopoliyadan 

chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo’mitasi  «Kengashlar  uyi»  binosini 

(Xiva  shahri,  Markaz  ko’chasi,  1-uy  manzilida)  va  FHDYo  binosini  (Urganch 

shahri,  Xonqa  ko’chasi,  N.Kubro  nomidagi  bog’  hududi  manzilida)  sotishdan 

tushgan  mablag’larni  Xiva  tumanida  joylashgan  va  Xorazm  viloyatida  turizm 

sohasini  rivojlantirish  dasturi  doirasida  buziladigan  ko’chmas  mulk  ob’ektlarini 

buzish  xarajatlarini  qoplash  uchun  Xorazm  viloyati  hokimligining  maxsus  hisob 

raqamiga o’tkazish. 

4.  O’zbekiston  Respublikasining  Xususiylashtirish,  monopoliyadan 

chiqarish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo’mitasi,  Xorazm  viloyati  hokimligi 

balansda saqlovchilar  hamda  «O’zbekturizm»  milliy  kompaniyasi bilan birgalikda 

investitsiya  majburiyatlari  to’liq hajmda bajarilgandan keyin, ob’ektga  mulk egasi 

huquqini  berish  sharti  bilan  investitsiyalar  kiritish  jadvalini  tasdiqlagan  holda 

investorlar  bilan  ushbu  qarorga  1-ilovada  ko’rsatilgan  davlat  mulki  ob’ektlari 

bo’yicha tegishli oldi-sotdi shartnomalarini tuzsish. 

5.  Xorazm  viloyati  hokimligi  balansda  saqlovchilar  bilan  birgalikda  – 

ushbu  qarorda  ko’rsatilgan  davlat  mulki  ob’ektlarining  investorlarga  berilishi-

qabul qilinish; 

O’zbekiston  Respublikasi  «Ergeodezkadastr»  davlat  qo’mitasi  bilan 

birgalikda  —  ushbu  qarorga    davlat  mulki  ob’ektlariga  kadastr  hujjatlari 

rasmiylashtirilish; 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo’mitasi  bilan 

birgalikda  —  ta’mirlash-qurilish  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  investorlarga 

zarur bo’lgan ruxsatnoma va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanish; 

O’zbekiston  Respublikasining  Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish 

va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo’mitasi  bilan  birgalikda  —  Urganch  shahri 

FHDYosining yangi bino qurilishi tugallangunga qadar foydalanilmayotgan davlat 

mulki binosida vaqtincha joylashtirilishini (ijara to’lovisiz) ta’minlash. 


 

33

6.  «O’ztransgaz»  aktsiyadorlik  kompaniyasi  «Urganchtransgaz»  sho’’ba 



korxonasi  tomonidan  «Infinbank»  xususiy  ochiq  aktsiyadorlik  tijorat  banki  bilan 

sobiq  «Bolalar  dunyosi»  do’koni  binosining  oldi-sotdi  shartnomasi  tuzilishini 

ta’minlash. 

7.  Xorazm  viloyati  hokimligi,  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 

qo’mitasi  hamda  Aloqa,  axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari 

davlat  qo’mitasining  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universiteti  Urganch 

filialining  Urganch  shahri,  Yangi  Urganch  ko’chasi,  18-uy  manzilida  joylashgan 

ma’muriy  binosini  Xorazm  viloyati  davlat  soliq  boshqarmasiga  tekin  berish 

to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsh.  

8.  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetining  Urganch  filiali  joriy 

yilning sentyabr  oyi  oxirigacha  ushbu  qarorning  7-bandida  ko’rsatilgan  ko’chmas 

mulkni  belgilangan  tartibda  topshirsin,  Xorazm  viloyati  davlat  soliq  boshqarmasi 

balansga qabul qilsin va undan maqsadli foydalanilishini ta’minlash.  

9.  «O’zbekenergo»  Davlat  aktsiyadorlik  kompaniyasi  va  «O’zkommunxizmat» 

agentligi  Xorazm  viloyati  hokimligi  hamda  tanlab  olingan  investorlar  bilan 

birgalikda  ikki  hafta  muddatda  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 

ushbu  qarorga  ilovalarda  ko’rsatilgan  barpo  etiladigan  mehmonxonalarni 

zamonaviy  energiya  samaradorligi  yuqori  bo’lgan  isitish  tizimlari  va  energiyani 

tejaydigan bug’qozonlari bilan jihozlash bo’yicha asoslangan takliflar kiritish. 

 


 

34


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling