Urganch davlat Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti,filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili taʼlimyoʻnalishi 2303-guruh talabasi Ro'zimboyeva Hilolaning tilshunoslik fanidan mustaqil ishi. Mavzu: Til va yozuvning farqlari Reja
Download 7.99 Kb.
|
1 2
Bog'liqHilola Ruzimboyeva Tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat!
Piktografik yozuv. Voqea-hodisalar haqidagi tafakkur maʼlumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv deyiladi. Eramizdan taxminan 120 asr oldin turli rasmlar skulptura va grafikaga tegishli belgilar shartli ravishda narsalar, tushunchalar va biror jumlani ifodalash uchun qoilangan va bu piktografik (lotincha pictum"rasm”, pingo “chizaman”) yozuvning yuzaga kelishiga asos boʻlgan. Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik yozuv paydo boʻldi.Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. Logografik yozuvda ma'lumot logogrammalar orqali yetkaziladi. Logograflk yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzaliiklari bor: a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim boʻlgan mazmunni ancha mufassal aks ettiradi; b) piktografik yozuvda so‘z tartibi va so‘z shakllari noaniq, logografik yozuvda esa aniq boladi; d) piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yoʻl qo‘yiladi, logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan. Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli iyeroglifik yozuvdir. Iyeroglif grekcha “iverogliv” so'zidan olingan bo‘lib, “muqaddas yozuv” degan ma’noni angiatadi. Bu yozuv turida matn yozilmagan, balki suyak va boshqa materiallarga rasmlar o‘yib bitilgan, ikkinchidan, bu yozuv «sirli» yozuv turi ham bo‘lgan,chunki uni,asosan,kohinlar bilishgan. Iyerogliflar Misr yozuvida qoʻllanadigan belgilar sifatida ham mashhur boʻlgan. Yozuvning dastlabki ko‘rmishlari bo‘lgan piktografik, ideografik, iyeroglifik yozuvlardan keyin yozuvning yangi bosqichi -fonografik (yun. “phane” - tovush, “graphe” - yozaman) yozuvga, avvalo, ayrim bo'g'inlarni keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tildi. Davrlar o‘tishi bilan ba’zi grafik belgilar so‘zlarning ma’nosini emas, balki ulaming ma’nosiz qismlarini, ya’ni bo‘g‘inlarni ham ifoda etgan. Fonografik yozuv turi jamiyat taraqqiyoti natijasida shakllandi. Fonografik yozuv ikki turga bo‘linadi: 1.Boʻgʻin yozuvi; 2.Harf-tovush yozuvi. Yozuv og‘zaki tildan bir qancha belgilarga ko‘ra farq qiladi. Birinchidan, yozuv tizimlari tillardan farqli oʻlaroq turlicha qo‘llanadi. Turli yozuv tizimlari tovush tizimlariga o‘ziga xos tarzda bog‘langan. Ikkinchidan, Amerika strukturalistlari yozuvni tilning subtizimi (subtizira) sifatida talqin qilishga urinsalar-da, yozuv tizimlari til tizimi kabi vazifa bajarmaydi. Masalan, grafema fonemani aks ettiradi, deb qaralsa-da, aksariyat alfavitlar bosh harf va kichik harfdan foydalanadi. Mohiyatan olganda “a” grafemasi va “a” bitta fonemani aks ettiradigan allograf hisoblanadi. Uchinchidan, til doimo o‘zgarib turadi, yozuv esa an’analarga rioya qiladi. To‘rtinchidan, yozuv tizimlari inson tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Til va yozuvning o‘zaro aloqadorligini tadqiq qilish tilshunoslik fanining muhim nazariy muammosi hisoblanib, hozirgi tilshunoslikda tovushlarni, tilning fonologik tizimini o‘rganuvchi “Fonetika va fonologiya” hamda yozuv, alfavitlarning turli ko‘rinishlari, yozuv tarixi masalalari bilan shug‘ullanuvchi “Grammatologiya” yoki “Grafik lingvistika” deb nomlanadigan ikki lingvistik yo‘nalish ajralib chiqdi. Dunyoda 7000 ha yaqin til mavjud boʻlib,bu tillarning hammasi ham oʻz yozuviga ega emas. 222 ta yozuv turi mavjud. Yozuv nutqni ma’lum shakllar orqali ifodalash vositasidir. Yozuv ijtimoiy ehtiyoj asosida kishilik tarixining muayyan dav- rida paydo bo‘lgan va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda mukammallasha borgan. Yozuv jamiyat tomonidan qo‘lga kiritilgan eng katta madaniy yutuqlardan biri hisoblanadi. Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, madaniyat darajasi, siyosiy-huquqiy, estetik tuyg‘ulami qayd qilish hamda keyingi davrga qoldirish ehtiyoji bilan belgilanadi. Yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq masofaga yetkazish, keyingi avlodlarga qoldirishga xizmat qilishdan iborat. E'tiboringiz uchun rahmat!Foydalanilgan adabiyotlar:
Download 7.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling