Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Download 0.5 Mb.
bet60/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#244742
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   131
Bog'liq
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari

a) Ismlar tarjimasi. Odatda odamlarning ism-familiyalari tarjima qilinmaydi. Ular transliteratsiya yoki transkriptsiya qilinadi. Bu borada ikkkita yo’nalish mavjud:

  1. ismning chet tiliga oid ekanligi ta’kidlanadi (masalan, frantsuz tilidan rus tiliga ayollar ismini o’girishda – Luiz, Annett) yoki

  2. tarjima tilining morfologiyasiga moslashish sodir bo’ladi. (masalan, jenskiy rodning qo’shimchalarini qo’shish yo’li bilan – Luiza, Anna).

Quyidagi misollarda ham bu ikkita yo’nalish aniq namoyon bo’ladi.

  1. Nemis tilidagi “-e” bilan tugallangan jenskiy roddagi ismlar tarjimada “-a” qo’shimchasini oladi.

Masalan: Renate - Renata

Elfriede – Elfrida

Irene – Irena

Elise – Eliza

Susanne - Susanna

Lotte - Lotta

  1. Frantsuz tilida “-e” bilan tugallangan ismlar rus tiliga o’girilganda “-e” tushirib qoldiriladi.

Masalan: Marie – Mari

Louise - Luiz

3) Antik nomlar “- o” bilan tugallagan bo’lsa, tarjimada “-n” ni oladilar.

Masalan: Plato - Platon

Nero - Neron

4) “-us” bilan tugallangan qadimgi Rim nomlari tarjima qilinganida “-us” tushib qoladi. Masalan: Troilus - Troil



Titus - Tit

Brutus - Brut

5) “-ius” bilan tugallangan nomlar tarjimada «-iy» suffiksini oladi. Masalan:



Marius - Mariy

Andronius - Androniy

6) “-es” bilan tugallangan grek nomlari tarjimasida “-es”tushib qoladi. Masalan:



Perikles - Perikl

Sokrates - Sokrat

Aristophanes - Aristofan

7) Nemischa nomlardagi “ch” harf birikmasi “x” deb o’qiladi, inglizcha nomlarda esa “ch” tovushini beradi. Masalan: Richard Wagner – Rixard Vagner (nemischa ism)



Richard II - Richard II (Angliya qirolining nomi)

8) Frantsuz familiyalaridagi “la” yuklamasi rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilinganda qo’shimcha qilib yoziladi. Masalan: La perouse - Laperuz.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling