b) Gazeta va jurnallar nomlari tarjimasi. Bularning nomlari tarjima qilinmaydi, faqat transkriptsiya qilinadi. Masalan: Frantsuz gazetalari:
Combat - Kombat
L’ Humanite - Yumanite
Aurore - Oror
Inglizcha gazetalari:
Daily Worker - Deyli Uorker
Daily Mail - Deyli Meyl
Times - Tayms
Gazeta nomlari o’zbekchaga yoki ruschaga tarjima qilinayotganda artikl
odatda tushirib qoldiriladi. Faqat ayrim hollarda artikl saqlanib qoladi:
Nemischa gazeta va jurnallarda: “Der Morgen”, “Der Spiegel”
Bu nomlar turlanganda artikl bilan predlog „in” birikivudan yasalgan so’z „im“ qo’shtirnoqqa olinmay, tashqarida qolib ketadi. Masalan: im “Morgen” gelesen, im “Spiegel” gesehen
Ba’zan kontekstda gazeta yoki jurnalning nomini yoritish talab etiladi. Bu holda nomning transkripsiyasi bilan bir qatorda tarjimasi ham beriladi. Masalan: „Der Spiegel“spiegelt nicht immer richtig wieder, obwohl ein echter Spiegel immer richtig wiederspiegeln soll.
Tarjimasi: „Speigel“ jurnali doim ham to’g’ri aks etavermaydi, vaholanki haqiqiy ko’zgu (“Spiegel” so’zi nemis tilida “ko’zgu” ma’nosini anglatadi) doim to’g’ri aks etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |