Urganch davlat universteti texnika fakulteti


Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida sun’iy yorug`likni aniqlash


Download 0.74 Mb.
bet21/39
Sana28.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1236708
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Hayot.qo\'llanma

Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida sun’iy yorug`likni aniqlash
.


Mashg`ulotning maqsadi:
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida yoritilganlikni aniqlashni va uni sanitariya me’yorlariga mos kelishini o’rganish. Yoritilganlikni o’lchash uchun qo’llaniladigan uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash usullarini o’rganish.
Laboratoriya ishini o’tkazish uchun qo’llaniladigan asboblar, uskuna va jihozlar, ko’rgazmali qurollar:
a) lyuksmetr Yu-116, Yu-117.
b) shtativ.
v) mahalliy yoritgich manbai.
g) cho’g`lanma chiroq.
d) lyuminessent chiroq.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
a) laboratoriya xonasida tabiiy yoritilganlikni tahlil etish.
b) sun’iy, aralash yoritilganliklarni, mahalliy yoritilganlikni o’rnatish balandligiga bog`liqligini tahlil etish.
Laboratoriya ishini bajarganligi to’g`risida talabaning hisoboti.
a) Yoritilganlikni o’lchash uchun qo’llanadigan Yu-116, Yu-117 asboblarini tuzilishi, ishlatish qoidalarini o’rganish.
b) Ish o’rinlarida tabiiy va sun’iy yoritilganlikni o’lchash va olingan ma’lumotlarni maxsus jadvalga kiritish.
v)Yoritilganlik bo’yicha ish gazarazryadlari to’g`risidagi ma’lumotni o’rganish
g) O’lchash natijasida olingan ma’lumotlarni sanitariya me’yorlari SNiP 11.4-86 bo’yicha tabiiy va sun’iy yoritish me’yorlariga mos kelish-kelmasligi to’g`risida xulosa qiling.
O’tkazilgan laboratoriya to’g`risida hisobotni to’ldiring.


Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarini yoritishda tungi paytlarda tabiiy yorug`lik bo’lmaganligi uchun sun’iy yoritish tizimlaridan foydalaniladi. Ishlatilishiga ko’ra sun’iy yoritish quyidagilarga bo’linadi :
1) ishchi
2) buzulish ro’y berganda ( avariyali )
3) odamlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish
4) qo’riqlash uchun mo’ljallangan
5) navbatchi
Sun’iy yoritishning qo’yidagi usullari mavjud:
1) umumiy
2) murakkab
3) mahalliy
Ishlab chiqarish binolarini umumiy yoritishda chiroqlar binoning yuqori qismiga o’rnatilib, binoning ikki qismi bir tekisda yoki uskunalarni joylashtirishni hisobga olgan holda yoritiladi. Ishlab chiqarish binolarini murakkab yoritishda, umumiy yoritishga ko’shimcha ravishda ish joylarini mahalliy yoritish manbalaridan foydalaniladi.
Murakkab yoritishdan foydalanilganda biror bir ishni bajarish uchun mo’ljallangan yoritish me’yorini 10 % umumiy chiroqlar, qolgan 90 % mahalliy chiroqlar yordamida amalga oshiriladi.
Mahalliy yoritishda yoritgichning yorug`lik oqimi o’ta aniqlik talab qiladigan ishni bajarayotgan uskunaga yo’naltiriladi. Murakkab yoritish usuli o’ta aniqlik 1-4 toifa ishlarini bajarishda qo’llaniladi. Sun’iy yoritish manbalari sifatida cho’g`lanuvchi va gaz gazarazryadli chiroqlar ya’ni lyuminessent chiroqlardan foydalaniladi.
Cho’g`lanma chiroqlar hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan yorug`lik manbai hisoblanadi. Buning asosiy sababi ularning tuzilishini oddiyligi, ishlatilishini qulayligi, yonish davrining tezligi, qo’shimcha moslamalarsiz tok manbaiga ulash mumkinligi, kuchlanishni minamal miqdorda pasayganida ham ishlash qobiliyatini yo’qotmasligi, atrof tabiiy muhit ta’siriga bog`liq emasligidir.Shu bilan birgalikda cho’g`lanuvchi chiroqlar ham ma’lum bir kamchiliklardan xoli emas. Bulardan asosiylari: xizmat ko’rsatish muddatini kamligi ya’ni 1000 soatni tashkil etadi, foydali ish koeffitsiyenti juda ham pastligi umumiy qabul qiladigan energiyani 4% gina ko’rinadigan yorug`lik nurni tashkil etib, qolgani issiqlikka aylanadi, chiroqning ustki qismida haroratini yuqoriligi (ishlatilgandan keyin 3-5minut o’tgandan keyin harorat 300-350 °S dan ortib ketadi), chiroqdan tarkalayotgan nurlar tarkibida qizg`ish va sariq nurlarning mavjudligidir. Bu chiroqlarning nur berish darajasi juda past 20-25 LM / VT. Hozirgi vaqtda qo’llaniladigan gazarazryadli chiroqlar cho’g`lanuvchi chiroqlarga nisbatan ma’lum bir ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan bu chiroqlarning nurlanish darajasi ancha katta bo’lib, 50 dan 100 LM / VT gacha, xizmat ko’rsatish muddati 800-1400 soatgacha. Bu chiroqlarga to’ldirilgan inert gazlar, metan bug`lari miqdorini o’zgarishi hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish mumkin. Ish joyini sifatli yoritish ko’p jihatdan chiroqlarni to’g`ri tanlashda ularni o’rnatish va yorug`lik oqimini yo’naltirishga bog`liq bo’ladi. Chiroqlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: ochiq, muhofazalangan, yopiq, namdan va portlashdan muhofazalangan va hokazolar.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG-200,NV-15,NG-200, LDS-20, LD-20, LB-30,LBS- 40,LDS- 80 kunduzgi chiroqlardan foydalaniladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling