Urganch innovatsion university


II bob: Mustaqillik yillarda oʻlkashunoslik fani rivojlanishi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1548934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillik yillarida oʻlkashunoslik

II bob: Mustaqillik yillarda oʻlkashunoslik fani rivojlanishi.
2.1 Mustaqillik yillarda oʻlkashunoslik
 
O‘lka tabiati, tarixi, aholisi, xo‘jaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, 
arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab о‘Ikashunosligi muzeylarida 
namoyish etiladi. Tarixiy oikashunoslik fani asosan ikki maqsadni ko'zda tutadi: 1. 
O‘z o‘lkasining o'trmshi va zamonaviy tarixini har tomonlama ilmiy asosda 
o‘iganish va tahlil qilish. 2. To‘plangan ilmiy manbalardan samarali foydalanib, 
yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Mustaqillik sharofati bilan 
O‘zbekiston tarixini bugungi kun nuqtayi nazaridan o'rganish imkoni tug‘ildi. 
Tarixiy manbalami ilmiy asosda tahlil qilish va ulami keng ommaga targ‘ib qilish 
uchun sharoitlar yaratildi. So£nggi yillarda turli shaharlaming yubileylari 
munosabati bilan o'tkazilayotgan anjumanlar, ilmiy tadqiqotlar o lkamizning jahon 
sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi katta ekanligini ko isatmoqda. O‘z tarixini, ona 
yurtini, ona tuprog‘ini e’zozlagan inson haqiqiy inson bo‘lib vetishadi va oldiga 
qo'ygan vazifaga erishadi
6
. Tarixga nazar tashlasak, o‘z o‘lkasini sevmagan va 
uning tuprog‘ini ardoqlamagan biron zotni uchrata olmaymiz. Har bir yosh 
avlodning o'z o‘lkasi tarixini o‘rganishi va vatanini sevishi muqaddas burch 
hisoblanadi. Tarixiy o‘lkashunoslik tarix fanining tarkibiy qismi hisoblanib, bir 
qancha manbalarga tayanib o‘rganiladi. Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda 
qimmatli bo‘lgan manbalarga tarixiy geografiya, arxeologik, toponimik
etnografik, antropologik, me’morchilik, arxiv va yozma manbalami kiritish 
mumkin. Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdaii qolgan, tabiat va jamiyatning 
ma’lum bosqichdagi kechniishini o‘zida aks ettirgan moddiy va- ma’naviy 
manbalami tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgohlar 
va mozorlar, shaharlar, qasrlar va qal’alar 5 xarobalari, uy-ro'zg‘or buvumlari va 
boshqalar kiradi.
____________________

Nabiev A. “tarixiy o`lkashunoslik ” T. 1979y


Vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Arxeologik 
manbalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Tabiiy manbalar (paleozoologiya, 
paleobotanika) - inson va hayvon suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari va geologik 
qatlamlar bo‘lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar va geologlar o‘rganadi. 2. 
Inson tomonidan yaratilgan moddiy manbalar, ulaming mehnat qurollari, yarog‘-
aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-zivnat buvumlari, yozuv va hokazolar. 
Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib. ijtimoiy fanlar orasida alohida 
o‘rin tutadi. Arxeologiya iborasi «arxaios» - qadimgi, «logos» - fen degan ikkita 
yunoncha so’znmg birikishidan tashkil topgan bo‘lib, qadimgi bilimlarhaqidagi fan 
degan ma’noni beradi, Lekin oldingi davrlarda arxeologiyani fanning qaysi 
sohasiga qo‘shish to‘g‘risida bahs va munozaralar bo‘lib, ba’zi bir kishilar uni 
qadimgi san at haqidagi fan, yana bir toifadagilar esa sopol buyumlami 
o‘rganuvchi fan, degan fikmi bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix faniga xizmat 
qiluvchi ikkinchi darajali fan deb tushunganlar. Mantiqan olib qaraganda tarix va 
arxeologiya fanlari aslida o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini 
toMdiruvchi yagona fanning sohasidir. Insoniyat o‘tmish davrini arxeologiyasiz 
o‘rganib bo‘lmaydi. Arxeologiya insoniyatning o‘tmish tarixini o rganishda dala 
tadqiqotlari natijasida ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar hamda ulardan topib 
o‘rganilgan ashyoviy dalillar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlan hamda 
boshqa moddiy manbalarga suyamb ish ko‘radi. Hozir O‘rta Osiyoning barcha 
hududlarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ulaming natijalari esa tadqiqotchi 
olimlaming maqolalari va ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Ular tomonidan 
topilgan 6 ashyoviy dalillar respublikaraizning muzeylarida saqlanib kelmoqda. 
Arxeologik 
tadqiqotlar 
natijasida 
to'plangan 
materiallardan 
arxeologiya, 
O‘zbekiston tarixi, ibtidoiy jamoa tarixi, o'lkashunoslik fanlari va arxeologiya 
ixtisosligi bo'yicha maxsus kurslar darslarida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda 
foydalanib kelinmoqda. Toponimika (yunoncha «topos» - joy, «onoma» - nom) - 
joy nomlari to g'risidagi fandir. Toponimika deganda joy nomlarini o'rganadigan 
fan, toponimiya deganda esa geografik nomlar yig‘indisi tushuniladi. Toponimika 


geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar 
til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi Toponimika xalqlaming 
tarixiy o‘tmish xususiyatlarini jonlantirishga, ulaming joylashish chegaralarini 
belgilashga, tillaming o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy 
markazlar, savdo yo'llari va shahar, qishloq geografiyasini tavsiflashga yordam 
beradi. Geografik joy nomlari (keyingi o‘rinlarda toponimlar) qumqlik va 
suvliklardagi geografik obyektlaming, joylaming atoqli otlaridir. Toponimlar 
o‘zbek tili, uning so‘z boyligi, o‘zbek xalqining madaniy, ma’naviy hamda ilmiy 
merosiga oid boy ma’lumotlami o‘zida ifodalab, asrlar davomida saqlab, asrab 
kelayotgan ulug' xazinadir. Joy nomlarining asosiy vazifasi - brr xil, bir tipli 
geografik o‘rinlar, obyektlar, hududlami alohida, yakka holda ajratib atash va shu 
orqali ulami bir-biridan farqlashga xizmat qilishdir. Toponimlarda xalqning o‘ta 
qadimiy davrlardan tortib shu kunlaigacha boigan noyob kuzatishlari, tajribalari, 
ulaming dunyoqarashi va turli e’tiqodlari o‘z ifodasini topgan. Agarda nomlar 
ifoda qilgan ma’nolar, ijtimoiy, tarixiy, tabiiyjug‘rofiy m a’lumotlar, nomlaming 
tanlanish va qo‘yilish sabablari, toponimlaming kelib chiqish tarixi tahlil qilinsa, 
bu holat yorqin ko rinadi. Tilda ma’nosiz, besabab nom yo'q. Xalqimiz qadimiy 
davrlardan boshlab joylami nomlash bo'yicha boy tajriba orttirgan, biror joyni 
asossiz, besabab u yoki bu tarzda atamagan
7
. Mana shu sabab va asoslarda 
xalqning ona tabiat, atrof-muhit haqidagi sinchkov kuzatishlari, kishilaming 
kundalik turmushi va xo‘jaligiga oid boy tajribalari, ko‘hna tarixning turli 
davrlarda boshidan kechiiganlari, ulug orzu vaumidlari o'z ifodasini topganini 
ko‘ramiz. Antropologiya arxeologik qazishmalar jarayonini, yangi 
paleoantropologik ma’lumotlar yig‘ish va ulami tadqiq etishni tabiat etadi.
____________ 
7
Farg`ona viloyat o`lkashunosligi” F. 97y

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling