Urganch ranch texnologiya universiteti maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi
Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi
Download 137.44 Kb.
|
20m-CHI MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gigiyenik omillarga
- Tabiatning tabiiy kuchlari
Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi.
Jismoniy tarbiya vositalariga quyidagilar kiradi: Gigiyenik omillar. Tabiatning tabiiy kuchlari (quyosh, havo, suv) Jismoniy mashqlar. Xilma-xil faoliyat turlari. Uqalash (massaj) Gigiyenik omillarga: а) mashg‘ulotlar rejimi; b) dam olish; v) Ovqatlanish; g) uyqu; d) kiyim bosh, poyabzal; ye) jismoniy jihozlar, xonalar, maydonchalar… kiradi. Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Gigiyenik omillari barcha organ va tizimlarning yaxshi ishlashiga yordam beradi. Masalan, muntazam sifatli ovqatlanish ovqat hazm qilish organining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning rivojlanishi va o‘sishiga yordam beradi. To‘laqonli uyqo‘ nerv tizimiga dam beradi va uning ish qobiliyatini oshiradi. Xonalar, jismoniy jihozlar, atribut, o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari va poyabzalining tozaligi kasalliklarning oldini oladi. Xonalarni to‘g‘ri yoritish ko‘z kasalliklari (shabko‘rlik va boshqalar) ning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kun tartibiga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o‘rgatadi. Tabiatning tabiiy kuchlari Tabiatning tabiiy kuchlariga quyosh, havo, suv kiradi, ular jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini kuchaytiradi va kishi ish qobiliyatini oshiradi. Quyoshli, ochiq havoda yoki suvda (suzish) bajariladigan mashqlar jarayonida ijobiy emotsiyalar paydo bo‘ladi (ko‘proq kislorod yutiladi, modda almashuvi kuchayadi…) Quyosh, havo, suv organizmni chiniqtirishga, uni yuqori va past temperaturaga moslashuv qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Bular natijasida issiqlikni idora qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi turli xil meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera oladigan darajaga keladi. Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasalliklardan (raxit…) saqlaydi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o`rgatishning asosiy shaklidir. Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o`tkaziladi. Yoz paytida o`yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o`tkaziladi. «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko`ra xilma-xil mashg’ulotlarni o`tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo`lib qolishi, dasturni o`tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo`yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o`zaro bog’liq uch qismdan iboratdir: Kirish – tayyorgarlik. Asosiy qism. Yakuniy qism. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir. Mashg’ulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari Jismoniy tarbiya mashg’ulotining birinchi qismi qo`yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin. Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko`nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Shu maqsadda bolalarga to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo`ljal olish bilan bog’liq, bajarilishi ko`p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish; tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hakozo bo`lib saflanish; turli ko’rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar. Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to`rttadan bo`lib saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg’ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatishga o`tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o`rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 daqiqagacha, davom etadi. Download 137.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling