Urganch ranch texnologiya universiteti


Download 99.79 Kb.
bet2/2
Sana14.03.2023
Hajmi99.79 Kb.
#1268581
1   2
Bog'liq
Logistika Fani

2-chizma. Logistik tizimning tuzilishi

Logistika:

  1. Ehtiyoj

b) ishlab chiqarish;
v) transport;
g) mahsulot taqsimlashning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Logistika konsepsiyasining bir necha kategoriyalari bor, ulardan asosiylari quyidagilar.
1. Taqsimlash kategoriyasi deganda-faoliyatning bir turi va reklama qiladigan, (realizatsiya), mahsulotni sotadigan, transportirovka qiladigan va xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar tushuniladi.
2. Logistika - material va mahsulotlar oqimini boshqarish, xomashyo bilan ta’minlashdan boshlab, to oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berilgunga qadar, shu bilan birga materiallar harakatiga yordam qiluvchi axborot oqimi kategoriyasi. Odatda har bir firma o‘z mahsulotining taqsimlanishini nazorat qiladi va boshqaradi. Logistika tizimi esa xalq xo‘jaligida material va mahsulotlar oqimini boshqaradi.
3. Makro logistikakategoriyasi.
4. Mikrologistika kategoriyasi.
2) Logistikaning konseptual tashkil etuvchilari
Konsepsiya — bu yondashishlarning tizimi, hodisalarni, ja- rayonlami u yoki bu tarzda tushunishdir. .Moddiy oqimlarni bosh- qarishni ratsionallashtirish vo‘ii bilan faoliyatini takomillashtirishga yondashuvlar tizimi logistikaning konsepsiyasini xarakterlaydi. Bu konsepsiyaning tashkil etuvchilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
— logistika masalalarini yechishda tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish;
— iqtisodiy kompromisslar asosida q arorlar qabul qilish;
— butun logistik zarijir davomida xarajatlarni hisobga olish;
— logistikaga korxonalaming raqobat bardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish.
Tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish. Logistikada tizimli yondashish xo‘jalik yurituvchi subyektlarni o‘zaro bog’liq tizim ostilar kompleksi — ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish bo'linmalari sifatida ko’rib chiqishni nazarda tutadi, ular tashqi muhitdan olinadigan va uzatiladigan malumotlar asosida boshqa- riladi. Logistik tizimlarning faoliyati murakab «asos — natija» aloqalarining ham tizimlar ichida, ham tashqi muhit bilan mu-
nosobatlarida vujudga kelishi bilan xarakterlanadi - Bunday sharoit- larda tizimlar faoliyatining umumiy maqsadlari hisobga olmasdan, alohida qarorlar qabul qilish yetarli emas yoki xato bo‘lishi mumkin.
1-misol Korxonaning boshqaruv bo’limi shakarni qog‘oz paketlarga joylashtirish haqida qaror qabul qiladi. Qoplarga qadoqlangan shakarni tashishga, yuklashga va boshqa texnologik amallarni bajarishga moslashtirilgan umuman tovar harakati tizimi bu qarorga qanday munosabatda bo’ladi?
Tizimli yondashishga binoan ishlab chiqaruvchi korxonada shakarni qadoqlash haqidagi qarorlar transPorl va savdo-sotiq tashkilotlarining talablarini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur va maqsadi moddiy oqimni o’ptimallashtirishdan iborat
Bo’lishi kerak.
2.2. Logistikaning konseptual tashkil etuvchilari Iqtisodiy kompromiss (kelishuv)lar asosida qarorlar qabul qilish ~ iqtisodiy kompromisslarni ishiatish hamda logistik jarayonda qatnashuvchi hamma ishlab chiqarish tashkilotlarining qiziqish doirasini namoyon qiluvchi hisobotlarda aks etadi. Iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish, tovar harakatining alohida bosqichlarini tutashuv joylarida logistikaning aralash funksiyalari talablarini hisobga olish zaruriyatini ko'zda tutadi.
Bu kelib tushishining hajmi, tezligi va unga ketadigan xarajatlardagi ko'rsatkichlarning o'zaro bog'liq holda ko'rib chiqilishi, xaridlar miqdori haqida qarorlar esa buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar va zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar hisobiga olingan holda qabul qilinishi zarurligini bildiradi. Butun logistik zanjir davomida xarajatlar hisobi. Logistikaning asosiy maqsadlaridan biri — moddiy oqimning birlamchi xomashyodan to oxirgi iste’molchigacha yetkazib borishga ketadigan xarajatlami boshqarishdir. Lekin tovar harakati jarayonida xarajatlarni boshqarish faqatgina to'liq hisobot amalga oshirilsagina mumkin bo'ladi.
Logistik jarayonlar va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimi, logistik funksiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlami ajratishi, eng muhim xarajatlar hamda ulaming o'zaro ta’siri haqida ma’lumotlarni shakllantirishi zarur. Bu shart bajarilsa logistik tizimning optimal shaklining asosiy mezonini ishiatish imkoniyati vujudga keladi
— butun logistik zanjir davomida eng kam xarajatlar yig‘indisi hosil bo'ladi. Logistikaga korxonaning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish. Logistikaning raqobatbardoshlikning omili sifatida ko'rib chiqilishi shu sohada qabul qilinayotgan qarorlar, mahsulot sotishdan tushadigan foydaga ko'rsatadigan ta ’siri nuqtayi nazaridan baholanishi zarurligini ko'zda tutadi. Shuning uchun logistikani korxona ishining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlar bilan bog'liqligini aks ettiruvclii ko'rsatkichlarini qidirish masalasi yuzaga keladi.
3)  Logistikaning funksiyalari va tamoyillari Logistikaning funksiyalari. Logistika materiallar harakati ning har bir bosqichida moddiy oqimlarning ishlashini ta ’miniash va tashkil etishni o ‘z ichiga oladi.
Logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi:
— integratsiyalashuvchi — tovar harakati jarayonini bir butun jarayon sifatida tashkil etadi;
— tashkillashtiruvchi — tovar harakati qatnashchilarini o‘zaro kelishilganligini ta’minlaydi;
— boshqaruvchi — material o ‘tkazuvchi tizim parametrlarini belgilangan chegarada ushlab turadi.
Integratsiyalashuvchi funksiya. Tovarlarni yetkazib beruvchidan iste'molchigacha bo‘Igan harakati davomida moddiy oqim materiallarni sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) bosqichlaridan o'tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi o ‘ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli bo‘lgan masalalarni yechadi. Lekin ularning birontasi ham tovar harakati jarayonidan tashqarida mustaqil ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bu jarayonda muhim o ‘rinni sotish egallaydi, u ishlab chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar xaridining hajmini va nomenklaturasini hamda bu bosqichlaming bir-biriga munosabatlarini asoslab beradi.
Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi o ‘z o'mida ham ishlab chiqarish jarayoniga, ham umuman tovar harakati jarayonining o'tishiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, savdo bozorining kengayishi ishlab chiqarish va xarid qilish hajmining o ‘sishiga olib keladi.
Materiallar yetkazib berilishining vaqtinchalik to‘xtashi yoki ularga qo‘yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallarni katta miqdorda va arzonroq narxda sotib olish hisobiga zaxiralar miqdorining ortib ketisliiga olib keladi.
Logistika xarid qilish, ishlab chiqarish va sotish bosqichlarini bitta umumiy jarayonga birlashtiradi.
Logistika orqali materiallar oqimini boshqarish bir butun, miegratsiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u xomashyo manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va tayyor mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, lokal masalalaridan ishlab chiqarish tashkilotining global maqsadlariga o'tish amalga oshiriladi.
Logistika asosining tasnifi. Logistikaning asosiy maqsadi —ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir. Logistik funksiyalar va maqsadlarning yig‘indisini logistikaning asosi tasniflaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o'zaro hamjihatligini ta ’minlashdan, zarur mahsulotiarni belgilangan joyga, so'ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo'lgan ma’lumotlar asosida boshqarishdan iborat. Logistik tizimda bo'lib o'tayotgan va tashqi muhit bilan o'zaro ta ’sirini xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy faoliyat turi sifatida ochib beradi. Logistika tamoyillari. Logistika tamoyillari boshlang'ich nuqta-lami tashkil etadi va ular asosida logistik tizimlarning ishlashi va qurilishi amalga oshiriladi.
Tizimlilik tamoyili. «Ishlab chiqarish — sotish» tizimi chegarasida moddiy oqimlarni boshqarishning integrallashgan tizimini shakllantirishni ko'zda tutadi. Bu tamoyil ishlab chiqarish buyurtmalarini harid qilish, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlarida bir butun texnologik jarayonning ishlab chiqarilishida va amaliyotda qo'llanilishida o 'z aksini topadi. 2. Teskari aloqa tamoyili. Bu tamoyilga, asosan, logistik tizimning maqsad va vazifalari mahsulot va xizmatlar bozori talablariga binoan aniqlanadi. Kutilayotgan buyurtmalar miqdori, talab etilayotgan sifat darajasi va yetkazib berish muddatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqariiayotgan mahsulot miqdori va assortimenti, materiallarga buyurtm alar shakllanadi. O 'z navbatida, qabul qilingan xarid strategiyasidan kelib chiqqan holda zarur bo'lgan zaxiralar miqdori aniqlanadi. Teskari aloqa tamoyilini amalga oshirish logistik tizim tarkibida maxsus bo'lim ajratilishini talab etadi, bu bo'iirn boshqaruv tizimining samaradorligi va mahsulot bozori talablari haqida ma’lumotlarni yig'ish va qayta ishlashni amalga oshiradi.
3. Optima Ilik tamoyili — tovar harakati jarayonining bosqichlari va qatnashchilari o'rtasida shunday o'zaro kelishuvga erishiladiki, bunda korxonaning «ishlab chiqarish — sotish» tizimi sifatida faoliyatning eng katta samaradorligi ta’minlanadi.
4. Egiluvchanlik tamoyili— logistik tizimning faoliyat ko'rsatish sharoitlariga va iste’molchilaming o'ziga xos talablariga yuqori darajada moslashuvchanlikni nazarda tutadi. Egiluvchanlik tamoyilini amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy muhitning o'zgarish tendensiya (yo'nalish)larini bashoratlash va ularga qarshi xatti-harakatlarni ishlab chiqarish bo'yicha ishlarni olib borish talab etiladi.
5. Kelib tushishning xa vfsizlig in i ta ’m inlash tam oyili logistikaning tamoyili sifatida shunday tashkiliy— iqtisodiy sharoitlarni yaratishni ko'zda tutadiki, unda korxonaning zamr moddiy resurslar bilan uzluksiz ta ’minlanishi va tayyor mahsulotni yetkazib berish muddatlarining so'zsiz bajarilishining ta ’minlab berilishi zarur. Kelib tushishning xavfsizligini ta ’minlash tamoyili tovar harakatining barcha bosqichlarini sinxronlashtirish, kelib tushish va yuk tashishni boshqarish bo'yicha faoliyatlarni bir-birga moslashtirish, ishlab chiqarish va zaxiralarini tashkil etish zarurligini ko'zda tutadi.
6 . Kompyuterlashtirish tamoyili — logistik funksiyalar va umuman tovar harakati jarayonlarini avtomatlashtirish maksimal darajada bajarilishi lozimligidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizim materiallar harakatini nazorat qilish va yarimtayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotiarning ishlab chiqarishi, ishlab chiqarish zaxiralarining holati, kelib tushishning hajmi, buyurtmalarning bajarilish darajasi va boshqalar haqida m a’lumot to'plash uchun xizmat qiladi. Vaqtni zijlashtirishning eng katta samarasini va iste’mol etuvchilarga yuqori darajada xizmat ko'rsatilish garovini axborot-boshqaruv tizimlari beradi. Bu tizimlar xomashyo xarid qilinishidan to tayyor mahsu­lotning iste’molchiga yetib borgunicha tovar harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi

Adabiyotlar:





  1. D.M.Umarova, M.A.Bo‘ronova Logistika kitobi.

2) TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI Q.A. DADABOYEV LOGISTIKA
Download 99.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling