Urganch universiteti


Ta’lim muassasasining Ustavida


Download 1.13 Mb.
bet19/115
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1155386
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya

Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o‘rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko‘rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

  1. Qisqacha ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlar.

  2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

  3. Ta’lim muassasasini boshqarish;

a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o‘quv-tarbiyasi ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.

  1. O‘quv-tarbiyasi va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b) o‘quv jarayonini tashkil etish;
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
d) qo‘shimcha pulli mashg’ulotlarni joriy etish;
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg’ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

  1. O‘qituvchi. Huquq va burchlari.

  2. O‘quvchi. Huquq va burchlari.

  3. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

  4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

  5. Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.

Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash.
Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor bo‘lishlarini talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilab qo‘yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyasilash uchun bugungi kun o‘qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‘z ishig ijodiy yondashish, o‘z burchiga nisbatan fidoiy bo‘lishga bog’liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‘p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyasini boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog’liqdir.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling