Urganch universiteti


Ta’lim muassasasi direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining vazifalari


Download 1.13 Mb.
bet18/115
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1155386
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya

Ta’lim muassasasi direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarining vazifalari:

  • o’quv haftasi va o’quv mashg’ulotlarining davomiyligini ta’minlash;

  • dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o’z vaqtida samarali o’tkazilishini ta’minlash;

  • har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi a’zolariga o’quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;

  • yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;

  • sinf va guruh jurnallarini to’g’ri yuritish va saqlanishiga javob berish;

  • o’quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;

  • o’quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarining vazifalari:

  • ta’lim muassasasida o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;

  • ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o’tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;

  • ta’lim muassasasi o’quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg’ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;

  • ta’lim muassasasidagi «YOsh yetakchi»ning ishini nazorat qilish va unga yo’l-yo’riq ko’rsatish.

Ta’lim muassasining Ustavi rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasida, amalda bo‘lgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi” Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi” esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) Qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to‘g’risida”gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling