Urganch universiteti


MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


Download 1.13 Mb.
bet101/115
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1155386
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya

MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
Reja:
1.Ta’lim texnologiyasining maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari.
2. Ta’lim texnologiyasining darajalari. Umumiy texnologiya. Xususiy texnologiya. Modul texnologiyasi.
3. Ta’limda texnologik yondashuv variantlari. Ta’lim texnologiyasining turkumlanishi. Ta’lim texnologiyalariga aksiomatik yondashuv, Taksonomiya tushunchasi. B.Blum taksonomiyasi, o`quv maqsadlari taksanomiyasi.
Ta’lim texnologiyasining maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari.
Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSH da XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi. 15-20 yildan so’ng pedagogik texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So’nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish geografiyasi uzluksiz kengayib bormoqda.
Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo’lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning (ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi. Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo’lib, ular asosida texnika va texnologiyalarning yangi avlodlari yaratildi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o’zining ilmtalabligi, originalligi, murakkabligi, yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi. Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o’zgarib bordi, ta’lim tizimi oldiga tamoman yangi talablar qo’yila bordi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o’qishning ko’zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o’qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o’quv jarayonini yaratish hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti – o’quv jarayoining o’zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob’ekti –o’quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling