Urganch universiteti
Ta’limning predmet metodikasi
Download 1.13 Mb.
|
Pedagogika va psixologiya
Ta’limning predmet metodikasi – ta’lim tizimida kuyidagi predmetning axamiyati va urni, uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniklab beradi. SHu predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan kanday foydalanish va boshkarilishiga izox keltiradi.
Pedagogik texnologiyalarlar rivojining zamonaviy bosqichi Pedagogik texnologiya mamlakatimiz ta’lim tizimida, qolaversa, pedagogik nashrlarda ilmiy tushuncha tarzda qachon paydo bo’ldi? SHubhasiz, yangi soha 1997 yilda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da dolzarb tadqiqot ob’ekti darajasiga ko’tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga kalkib chikdi. SHu bilan birgalikda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo’l urildi, aniqrog’gi 1993 yilda “Halq ta’limi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta pedagogik texnologiya tushunchasi mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi. Bugun esa pedagogik texnologiya mavzusi bo’yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferentsiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez ko’zga tashlanib turishi ijtimoiy vokelikka aylanib borayotganligi quvonchlidir. 1997 yil may oyida Samarqand Davlat Universitetida o’tkazilgan “Oliy ta’limning xozirgi dolzarb muammolari” Oliy o’quv yurtlariaro ilmiy-metodik konferentsiyaning yalpi yigilishida “Pedagogik texnologiya: kontseptual tahlil” mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruzada ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni ijtimoiy buyurtma sifatida mavjudligi e’tirof etildi, pedagogik texnologiya ta’rifi, mohiyati va tarixi hamda zamonaviy loyihasi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilindi. Pedagogik texnologiya muammolariga oid olimlarning fikrlari vaqtli nashrlarda, “Ma’rifat”, “Uchitel O’zbekistana” kabi ro’znomalarda muntazam ravishda yoritilib turibdi . Demak, bu mavzu nazariyasi va amaliyoti ko’p ming sonli auditoriyaga kirib borayapti, o’qituvchilar kunlik faoliyatlarida ulardan foydalanayotganligi ma’lum. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ta’lim texnologiyasining rivojlanish bosqichlarida bir necha rivojlangan davlatlarda tadqiq etuvchi tashkilotlar, tashkilotning maxsus axborot vositalari, ilmiy jurnallari mavjud bo’lgan. Har bir ilmiy jurnallar o’z faoliyatlari doirasida yangiliklarni yoritib borishgan. Ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar xamda ilmiy jurnallar
O’tgan asrning 70-80 yillarda AQSHda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaladi, YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo’llab – quvvatlandi va xozirgi kunda ko’p mamlakatlarda muvafaqqiyatli o’zlashtirilmoqda. 1996 yilda Ierusalim universitetida YUNESKO xomiyligida pedagogik texnologiya bo’yicha halqaro anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda pedagogik texnologiyasi yordamida erishilgan muvaffaqiyatlar to’g’risida nafaqat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya vakillari, balki Kosta-Rika, Filippin, Turkiya, Malta vakillari xam ma’ruza qildilar. YUNESKO ning navbatdagi anjumani 1997 yili Manilo shaxrida, 1998 yili Kanadada o’tkazildi. Ko’pgina mamlakatlar o’qitishda texnologik yondoshuvdan foydalanib, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvafaqqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo’yicha sinov – tajriba tarzida o’qiyotgan 50 ming boladan 75 foizi an’anaviy o’qitishda faqat eng yaxshi o’quvchilar erishadigan natijalar qo’lga kiritilgan. Bir qator boshqa mamlakatlarda o’tkazilgan tajribalar o’qitishning bu tizimini qo’llash urtacha o’quvchiga an’anaviy o’qitishda 80-85 foiz o’quvchilar erishadigan natijadan yuqoriroq natijaga erishish imkonini berishini ko’rsatdi. TIMSS uchinchi halqaro matematika va ilmiy tadqiqotlar ma’lumotiga ko’ra pedagogik texnologiyani o’zlashtirish Singapur, Koreya va YAponiyaga 9-13 yoshlik va bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida matematika bo’yicha 3 ta yuqori o’rinni egallash imkonini berdi. Ishlab chiqarish sohasi bilan ta’lim jarayoniga solishtiradigan bo’lsak, ishlab chiqarishni birinchi bosqichda, ilmiy tadqiqot ishlar natijasi bo’yicha konstruktorlik tayyorgarlik amalga oshiriladigan bo’lsa, ta’lim sohasida Davlat ta’lim standartlari tayyorlanadi. Ta’lim sohasi bo’yicha Davlat ta’lim standarti quyidagilarni o’z ichiga oladi: - kadrlar tayyorlash sifatiga quyiladigan talablar; - ta’lim dasturining tarkibi va mazmuni, ta’lim oluvchilarning zaruriy va yetarli tayyorgarlik darajasi; - ta’lim muassasini bitiruvchilariga qo’yiladigan malakaviy talablar; - o’quv yuklamasining maksimal hajmi, ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish mexanizmi va qoidalari. Zamonaviy samarali ishlab chiqarish, tayyor texnologik jarayonsiz faoliyat ko’rsata olmaydi. Ishlab chiqarish sohasi kabi ta’lim sohasida davlat ta’lim standartlari, ya’ni ta’lim "konstruktsiyasi" yaratilishi, tayyorlanganidan so’ng texnologik tayyorgarlik, ya’ni namunaviy o’quv rejalarini, fanlarning namunaviy o’quv dasturlarini tuzish; darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish; laboratoriya jihozlarini va o’qitishning texnik vositalarini, loyihalash, tayyorlash, sotib olish; o’quv ishlarini hisoblash uchun vaqt me’yorlarini o’rnatish kabilar amalga oshiriladi. Unda ta’lim jarayonini ta’lim muassasining faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash mezonlari o’rnatiladi. O’quv jarayonining texnologik tayyorgarligiga o’qitish jarayonini o’zi uni optimallash va samarasini ko’tarish xam kiradi. Xozirgi zamon sharoitida o’qitish jarayonini, ya’ni yagona shaklga solish, o’qitishni yuqori unumga erishish pedagogik texnologiyani ishlab chiqish va qo’llash hisobidan amalga oshiriladi. Pedagogik olimlarning «Pedagogik texnologiya» tushunchasiga ta’riflari. Pedagogik texnologiya atamasi, hali standartlashtirilmagan, shuning uchun uning anchagina ta’riflari mavjud. Misol tariqasida pedagogik texnologiya (PT) ning bir necha ta’riflarini keltiramiz. PT – bu, o’quv vaziyatlarini loyihalash asosidagi o’qituvchi va o’quvchilarning algoritmlashtirilgan faoliyatidir. (Palchevskiy, Fridman) PT – bu, oldindan loyihalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonini, amaliyotga tizimli va ketma-ket tadbiq etilishidir. (V.P.Bespalko) PT – bu, mashinalar vositasida o’qitish san’ati yoki pedagogik faoliyatni muhandislik san’atiga o’xshatishdir. (G.Ilin) PT – bu bilimlar o’zlashtirilishining barcha jihozlari muammolarini tahlil etish va rejalashtirish, ta’minlash, baholash va muammolar yechimini boshqarishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish usullari va vositalari, odamlar, g’oyalarni o’z ichiga oluvchi majmualashgan jarayondir (AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi). Pedagogik texnologiyaning ko’p ta’riflari mavjudligi, bu atamaning standartlashtirilmaganligini inobatga olib, unga nufuzli tashkilot YUNESKO tomonidan berilgan ta’rifiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiya bu - texnikaviy va insoniy manbalarni va ularning o’zaro bog’liqligini inobatga olib, o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo’yadigan, butun o’qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo’llash va aniqlash bo’yicha tizimli qarashdir. Pedagogik texnologiyaga turli ta’riflar mavjud. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling