Urganch universiteti
Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari
Download 1.13 Mb.
|
Pedagogika va psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Reja
Tayanch-harakat apparati buzilgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o’qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funktsiyalarining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar tserebral paralichi (BTSP), poliomiyelit); 2) tayanch-harakatapparatiningtug’mapatologiyasi; sonningtug’machiqqanligi; bo’yinqiyshiqligi; qiyshiqoyoqlikvaoyoqningboshqanuqsonlari; umurtqapog’onasirivojlanishidaginuqsonlar (skolioz); qo’lyokioyoqlarningrivojlanmaganligivanuqsonlari; qo’libarmoqlarininganomalrivojlanishi; artrogripoz (tug’mamayiblik); 3) orttirilgankasalliklarvatayanch-harakatapparatiningzararlanishi; orqamiya, boshmiyavaqo’l-oyoqlarningtravmatikjarohatlanishi; poliatrit; skeletkasalliklari (tuberkulez, suyaklardagishishlar, osteomiyelit), skelettizimikasalliklari (raxit, xondodistrofiya). Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo’lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini tserebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo’ladi. SHu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korrektsiyaga ham muhtoj bo’ladilar. Harakatlanish buzilishlari o’rtacha darajada bo’lgan bolalar yurishni o’rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko’chada mustaqil, qo’rqmay yura oladilar, o’zlariga to’la xizmat ko’rsatadilar. MAVZU: ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Reja: 1. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va ularni ta’lim jarayonida qo`llash imkoniyatlari, shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalarning o`rni. 2. Dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-orgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o`rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o`zaro xamkorligini tashkil etish metodlari. 3. Pedagogik-dasturiy vositalar yaratish tamoyillari. Pedagogik jarayonda axborot-kommunikatsiya va interaktiv texnologiyalaridan foydalanish. 4. Ta’lim portallari resurslari (Ziyonet.uz, Pedagog.uz, my^study.uz va boshk.) bilan ishlash. Zamonaviy axborot texnologiyalari an’anaviy o’quv jarayonini takomillashtirish omili bo’lib, ta’lim mazmunini rivojlantirishga yordam beradi. Jumladan, kompyuter va telekommunikatsiya vositalari orqali quyidagi didaktik maqsadlarga erishishi mumkin: 1) ta’lim mazmunini tashkiliy jihatlarni takomillashtirish; 2) ta’lim mazmunini tarkibiy qismlari aloqalarini mustahkamlash; 3) har xil turdagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi; 4) o’qitishning modul tizimini rivojlantirish; 5) o’quv kursini muayyan mavzu va bo’limlar yaxlitligi sifatida namoyon bo’lishi; 6) darsni didaktik harakatlar tizimi sifatida takomillashtirish; 7) o’quv materialini bosqichma-bosqich o’rganishga erishish; 8) o’quv materiali mazmunini ta’lim oluvchilar xususiyatlariga moslashtirish imkoniyatlari; 9) adiovizual vositalar yordamida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasidagi pedagogik muloqot mazmunini takomillashtirish va ‘.k. Ta’lim mazmunini tashkiliy jihatdan takomillashtirish masalasi birinchi navbatda o’quv materiali hajmining keskin o’sishi va tezkor suroatlar bilan yangilanishi muammosini hal qilishi zamin yaratadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari ta’lim mazmuni tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq jihatlari va aloqalarini rivojlantirish orqali o’quvchiga hohlagan o’quv materiali fragmentidan alohida yoki boshqa elementlar bilan bog’liq tarzda foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug’diradi. Bundan tashqari, ushbu texnologiyalar ta’lim mazmunini har xil darajalarda rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, o’quv materiali mazmunini ta’lim oluvchilar xususiyatlariga moslashuvchanligi jihati ta’limni individuallashtirish tamoyiliga to’la muvofiqdir. SHunday qilib, axborot texnologiyalarining o’qitish jarayonida keng qo’llanilishi yangi pedagogik uslub va vositalar taraqqiyoti, o’qituvchilar faoliyati xususiyatlarining tubdan o’zgarishi hamda an’anaviy pedagogik tizimning isloh qilinishiga olib kelishi muqarrardir. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo’llash muammosi shu texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlash masalasi bilan chambarchas bog’liq. Ushbu muammoni yechimi innovatsion texnologiyalar va o’qitish jarayoni o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish, ya’ni ta’lim tizimining texnologik va pedagogik bo’linmalari o’rtasidagi munosabatlarga qaratilgan. Texnologiyalarni to’g’ri tanlash muammosi ularning haddan tashqari ko’pligi va rang-barangligi bilan ham e’tiborlidir. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimida qo’llaniladigan axborot texnologiyalarining quyidagi asosiy turlari mavjud: – bosma materiallar; – audiokassetalar, videokassetalar va videodisklar; – telefon; – radio va televidenielar jumladan, sputnik va kabel televidenielar; – Elektron pochta; – kompyuter o’qitish dasturlari; – WWW (World Wide Web) Vsemirnaya kartina; – telekonferentsiyalar (audiokonferentsiyalar, audiografik konferentsiyalar, videokonferentsiyalar, kompyuter konferentsiyalari). Ushbu texnologiyalar turli parametr va ko’rsatkichlarga ko’ra bir-biridan farq qiladi: 1. Bosma materiallar. Ular hozirda ham aksariyat o’quv kurslarida ma’lumot va o’quv material mazmunini aks ettiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bular qatorida kitob, jurnallar, boshqa turdagi bosma materiallarini ko’rsatish mumkin. Lekin bosma materiallarni tayyorlashda ham ko’pincha zamonaviy innovatsion texnologiyalardan (skaner, faks, kichik hajmdagi bosmaxonalar va x.k.) foydalaniladi. 2. Audiokassetalar, videokassetalar va videodisklar. Bular ham zamonaviy ta’lim tizimida keng qo’llaniladi. Videomateriallar (kasseta va disklar) talabalar orasida individual foydalanish uchun yoki butun o’quv guruhi tomonidan o’quv auditoriyalarida ko’rish maqsadida tarqatilishi mumkin. Jamoa shaklida tomosha qilishda talabalar o’rtasida munozara va bahs uyushtirish imkoniyati ham paydo bo’ladi. YOzib olingan video va audiomodullar o’qitishning interaktiv modullari bilan birgalikda masofali ta’lim jarayonida qo’llanilsa katta samara berishi mumkin. 3. Telefon aloqasi. Telefon masofali ta’lim kurslarini uzatishda, talaba va ta’lim beruvchi o’rtasidagi interaktiv muloqotni uyushtirishda keng qo’llanilmoqda. Bu texnologiyaning oddiyligi va nisbatan arzonligi telefonning masofali ta’lim jarayonida keng qamrovli tarzda ishlatilishining asosiy sabablaridan biridir. 4. Radio va televidenie (shu jumladan, sputnik va kabelli televidenie). Keng auditoriyalarga mo’ljallangan o’quv kurslarini yetkazishda radio va televidenie juda samarali vosita deb hisoblanadi. Ammo bu texnologiyalar masofali ta’lim samaradorligini chegaralab, ta’lim oluvchilar uchun distantsion kurslarini qulay vaqtda o’rganish imkoniyatini bermaydilar. 5. Elektron pochta. Bu texnologiya o’qituvchi va talabalar o’rtasidagi o’quv aloqalarini o’rnatish va rivojlantirish maqsadida yoki talabalar o’rtasidagi o’quv aloqa konferentsiyalarini o’tkazishda qo’llaniladi. Aloqa konferentsiyalarining ochiq va yopiq turlari bo’lib, ular ham o’z navbatida boshqariladigan (modeliruemye) va erkin tarzda o’tkaziladigan (nemodeliruempie) toifalariga ajratiladi. Aloqa konferentsiyasi davomida uyushtiriladigan munozara va munozaralarning boshqariladigan turi samarali hisoblanadi. Bunda maxsus mutaxassis-moderator (fasilitator) bahs-munozarani o’quv kursi maqsadlariga muvofiq holda boshqarib va yo’naltirib boradi. Internetdagi alohida WEB sahifalarida olib boruvchi o’qituvchilar uchun foydali ma’lumotlar joylashtirilgan. Bu sahifalarda: A) O’quv konferentsiyalarning tashkiliy masalalari tahlil qilinadi. B) Konferentsiya davomida tez-tez berilib turadigan savollar ro’yxatini tuzish uchun tavsiyalar beriladi. V) Kompyuter konferentsiyalari davomida o’qitish jarayonining etnik masalalari ko’rib chiqiladi. G) Ushbu muammolar bo’yicha tayyorlangan publikatsiyalarga qisqa annotatsiyalar beriladi. 6. Kompyuter o’quv dasturlari (shu jumladan, gipermatnli, multimediya, intellektual multimedia, intellektual va boshqalar). Kompyuter o’quv dasturlari odatda ikki xil tartibdagi o’qitish jarayonini tashkil qilish imkoniyatini beradi – axborot-ma’lumotli va o’quv-nazoratli. Axborot – ma’lumotda rejim bosma materiallar, audio va videoyozuvlardan foydalangan holda o’quv materiallarni o’zlashtirish, uni qulay va ko’rgazmali tarzda tuzish maqsadlariga xizmat qiladi. O’quv-nazorat rejimi o’z-o’zini nazorat qilish, baholash, masofali ta’lim jarayonida dastlabki va oraliq nazoratni uyushtirishga yordam beradi. Maxsus ishlab chiqilgan instrumental vositalardan foydalanish kompyuter o’quv dasturlarini yaratish jarayonini yengillashtiradi. Ular yordamida xattoki kompyuter texnologiyalardan uzoq bo’lgan tarix, falsafa, menejment va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar o’qituvchilari turli o’qitish dasturlarini yaratishlari mumkin. WWW (World Wide Web). Internetning bu turdagi eng ommabop tizimi o’qitishning yangi modelini rivojlantirishga olib bormoqda. Web saxifalar asosida turli tuman o’quv kurslari yaratilmoqda. Web texnologiya tovush, video, grafikani qo’llash imkoniyatiga ega bo’lsa ham, hozirgi kunda Web texnologiya verbal kommunikatsiyaga asoslangan o’quv kurslarda kengroq va samaraliroq foydalaniladi. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan Web texnologiyalarining asosiy turlari quyidagilardan iborat: – integratsiyalashgan o’qitish paketlari – asinxron konferentsiyalar; – sinxron konferentsiyalar; – masofali guruh ta’lim faoliyati. Hozirgi vaqtda Web texnologiyalari asosidagi instrumental vositalar yordamida asinxron kompyuter konferentsiyalari o’tkazilmoqda. Keyingi vaqtlarda CHatware – sinxron kompyuter konferentsiyalarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan maxsus dasturlar yaratilmoqda. Bu dasturlar yordamida talabalar sinxron aloqalari asosidagi interaktiv o’qitish jarayonini samarali tarzda uyushtirish mumkin, ya’ni real vaqtdagi interaktiv muloqot tizimlarini o’quv jarayoniga qo’llash mumkin. Bunday instrumental vositalarning sinxron dialoglardagi tovush, video va fayllarni uzatish bo’yicha imkoniyatlari masofali ta’limda katta ahamiyatga egadir. Jumladan, hozirgi kunda (grour ware) – “groupvera”, ya’ni birgalikdagi distantsion guruh ishini tashkil qilishga yordam beruvchi maxsus dastur ta’minoti alohida dolzarbligi bilan ajralib turadi. “Groupvera” tizimining ma’lumotni saqlash, ma’lumotlar bazalaridan izlash va boshqarish kabi imkoniyatlaridan foydalanish distantsion ta’limdagi hamkorlik (birgalikdagi) o’quv loyihalarini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish – elektron pochta orqali xabarlarni uzatish, fayllar bilan almashish, sinxron va asinxron kompyuter, audio va videokonferentsiyalarni o’tkazish guruhdagi masofali ta’lim jarayonida yagona umumiy o’quv materialini ishlab chiqishga yordam beradi. 9. Telekonferentsiyalar. Bular qatoriga audiokonferentsiyalar, audiografik konferentsiyalar, videokonferentsiyalar, kompyuter konferentsiyalari kiritiladi. Deyarli har bir telekonferentsiya turi uchun o’ziga mos masofali ta’lim metodlari shakllangan. SHunday qilib, o’quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni to’g’ri tanlashning quyidagi asosiy tamoyillarini belgilash mumkin: 1) O’quv jarayonida innovatsion texnologiyaning faqatgina o’zi emas, balki uning ta’lim maqsadlariga muvofiq ekanligi ahamiyatlidir. 2) Eng qimmatbaho va zamonaviy texnologiyalar doimo ham eng samarali natijaga olib kelavermaydi. Aksincha, oddiy va nisbatan arzon texnologiyalar samaraligi bilan ajralib turadi. 3) O’qitish natijasi kommunikatsion va axborot texnologiyaning turi emas, balki o’quv kurslarni ishlab chiqishning sifati va taqdim qilinishiga bog’liqdir. 4) Texnologiyalarni tanlashda multimediya yondashuvini qo’llash lozimdir, ya’ni bir-birini to’ldiruvchi xilma-xil texnologiyalardan foydalanish kerak. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling