Қурилиш пудрати шартномасида нархни белгилаш ва ўзгартириш
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
пудрат шартномаси (2) (2) (1)
Shartnoma shakli – oddiy yozma.
• Shartnomaning oʻzidan tashqari shartnomaga albatta qurilish obyektining texnik–iqtisodiy asoslanishi va uning asosida tuzilgan, majburiy davlat ekspertizasidan oʻtishi va belgilangan qonuniy tartibda tasdiqlanishi shart boʻlgan loyihaviy hujjatlar biriktirilishi kerak. • Buyurtmachi qurilish uchun yer maydonini oʻz vaqtida taqdim etishi shart. Taqdim etilayotgan yer maydonining hajmi va holati qurilish pudrati shartnomasida yozilgan shartlarga mos kelishi lozim, bunday sharoitlarning yoʻqligi holatlarida ishlarning oʻz vaqtida boshlanishini, ularning normal borishini va o’z muddatida yakunlanishini ta’minlab berishi kerak. • Buyurtmachi bajarilayotgan ishlarning borishi va sifatini, ularni bajarish muddatlarga (jadval)ga rioya qilinishini, pudratchi tomonidan yetkazib berilayotgan materiallar sifatini hamda buyurtmachining materiallari pudratchi tomonidan toʻgʻri qoʻllanilayotganini, shu bilan birga pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashmay nazorat qilishga haqlidir. Ishlarni bajarishda ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin boʻlgan, yoki boshqa kamchiliklarni, qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan chetlashganligini payqagan buyurtmachi bu haqda zudlik bilan pudratchiga arz qilishi shart. Bunday arzni taqdim etmagan buyurtmachi keyinchalik u tomondan aniqlangan kamchiliklarga tayanish huquqidan mahrum boʻladi. • Agar tomonlarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlar toʻxtatilsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan boʻlsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya paytigacha bajarilgan ishlar uchun toʻliq haq toʻlashi hamda ishlarni toʻxtatish va qurilishning konservatsiyasi zarurati bilan hosil boʻlgan xarajatlarni ham toʻliq qoplashi shart. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 634-modda. Bosh pudratchi va yordamchi pudratchi munosabatlari. • Agar qonun hujjatlarida yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi. Қурилиш пудрат шартномаси буюртмачининг хоҳишига қараб қўшимча объект қурилишини кўзда тутиши ёки қўшимча объект қурилиши билан тўлдирилиши мумкин. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling