Ҳурматли Ҳайъат раиси
ta, Konimex, Qiziltepada 4
Download 153 Kb.
|
Kollegiya doklad 9 oylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq deputatlari viloyat
- G‘azg‘on shahar DXM
- Zarafshon shahar DXM
7 ta, Konimex, Qiziltepada 4 tadan, Xatirchida 5 tani, Nurotada 7 tani tashkil qiladi.
Viloyat bo‘yicha 9 ta, shundan Qiziltepada 2 ta (40 kun, 4 kun), Navoiy shahrida (11 kun), Nurotada (18 kun), Karmanada (7 kun), G‘ozg‘onda (180 kun), Uchquduqda (6 kun) 1 tadan, Tomdida (8 kun, 9 kun) 2 ta qaror loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari buzilgan. Vaholanki, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish qoidalari (ro‘yxat raqami 3333, 2021-yil 18-noyabr)ning 92-bandida Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qaror loyihalari ikki ish kuni ichida hamda viloyat, tuman, shahar hokimining qaror loyihalari besh ish kuni ichida hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, 8 ta qaror loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish bo‘yicha qonunchilik talablari buzilgan. Jumladan, Qiziltepa va Tomdida 2 tadan, Navoiy va G‘ozg‘on shaharlari, Karmana, Nurota va Uchquduq tumanlarida 1 tadan holatda qaror loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish bo‘yicha qonunchilik talablari buzilgan bo‘lsada, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan va xulosa berilgan. Xizmat avtomashinalarida foydalanishda. Xizmat avtotransport vositalaridan maqsadli foydalanish, yo‘l harakati qoidalariga, qonunchilikda belgilangan masofa va yoqilg‘i limitiga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida GPS tizimi orqali transport vositalari harakati doimiy monitoring qilib borilmoqda. Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay ba’zi mas’ullar tomonidan transport vositasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, Konimex tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan (davlat raqami 85 103 VAA) transport vositasi joriy yilning 18-oktabrda 129 km/s, 21-oktabrda 109 km/s, 27-oktabrda 151 km/s tezlikda harakatlangan. Shuningdek, Uchquduq tuman adliya bo‘limiga biriktirilgan (davlat raqami 85 107 VAA) transport vositasi joriy yilning 21-oktabr kuni 120 km/s tezlikda harakatlanib amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Bundan tashqari, G‘azg‘on shahar DXMga biriktirilgan (davlat raqami 85 703 DXA) xizmat avtomashinasi 23-oktabrda ya’ni yakshanba dam olish kuni 22 km masofa yurgan. Shu kabi, Xatirchi tuman DXMga biriktirilgan (davlat raqami 85 706 DXA) xizmat avtotransport vositasi 4-sentabr dam olish kuni 175,84 km, shu kuni Nurota tuman DXMga biriktirilgan (davlat raqami 85 718 DXA) xizmat avtomashinasi 8 km, Zarafshon shahar DXMga biriktirilgan (davlat raqami 85 715 DXA) xizmat avtomashinasi 18-sentabr dam olish kuni 11 km masofa yurgan. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling