Ҳурматли Ҳайъат раиси
Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida
Download 153 Kb.
|
Kollegiya doklad 9 oylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konimex , Tomdi , Nurota
- fuqaro bilan telefon orqali suhbatlashilganda, hozirgi kunga qadar to‘lovlar to‘lab berilmaganligi, adliya bo‘limi tomonidan biror-bir ta’sir chora qo‘llanilmaganligi
Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.
Mazkur yo‘nalishda boshqarma tomonidan yuborilgan takliflarning 1 tasi a’lo va 2 tasi yaxshi baholangan bo‘lsa, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan birorta taklif Adliya vazirligi tomonidan ijobiy baholanmagan. Natijada hududiy adliya organlarining ish faoliyati natijalarini baholash mezonlarida mazkur yo‘nalish bo‘yicha Navoiy viloyati hududiy adliya organlari orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. 3-chorak davomida boshqarmaning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat, Nodavlat notijorat tashkilotlar, DXM va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari, shuningdek, Konimex, Tomdi, Nurota tumanlari va G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limlari tomonidan birorta taklif virtual.adliya.uz tizimiga kiritilmadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda ayrim tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib kelinmoqda. Nurota tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Eshmamatovaning mahalla raisining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlaganligi, mazkur shtat birligi qisqartirilganligi sababli mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan bekor qilinib, 2 oylik kompensatsiya va uchinchi oy uchun ish haqi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, natijasi yuzasidan tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining 2022-yil 28-sentabrdagi javob xatiga asosan tegishli to‘lovlar sentabr oyi ish haqisiga qo‘shib to‘lab berilishi to‘g‘risida fuqaroga ma’lum qilingan. Biroq, fuqaro bilan telefon orqali suhbatlashilganda, hozirgi kunga qadar to‘lovlar to‘lab berilmaganligi, adliya bo‘limi tomonidan biror-bir ta’sir chora qo‘llanilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, fuqaro S.Shomurodovning dehqon bozoridagi savdo do‘koni buzilganligi, biroq kompensatsiya berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatini o‘rganish davomida tegishli mas’ul tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra haqattan fuqaroga tegishli savdo do‘koni buzilib, kompensatsiya berilmaganligi aniqlangan. Biroq, adliya bo‘limi tomonidan mazkur holatda fuqaroga sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berish bilan cheklanilgan (mazkur holatda adliya bo‘limi tomonidan fuqaro manfaatida sudga da’vo arizasi kiritilishi lozim edi). Shu bilan birga, fuqaro D.Xamroyevaning homiladorlik va tug‘ish ta’tili kam berilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilgan bo‘lib, taqdimnomada xato va kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi so‘ralgan. Biroq, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdimnoma ijrosi yuzasidan xodim intizomiy jazoga tortilmagan, shuningdek, mazkur murojaat bo‘yicha fuqaroga yakuniy javob xati yuborilmagan. Yakuniy javob xati berilmagan holatlar yana 2 ta murojaatni (D.O‘rinova va Z.Obidov) ko‘rib chiqishda, shuningdek, Karmana tuman adliya bo‘limi tomonidan Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling