Ҳурматли Ҳайъат раиси


Qiziltepa tuman adliya bo‘limi


Download 153 Kb.
bet4/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro X.Rayimovaning ko‘chmas mulkni hadya qilish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berishni so‘rab qilgan murojaatiga adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari hech bir o‘zgarishsiz qo‘yilib javob xati berilgan.
Bu kabi holatlar yana 3 ta murojaatni ko‘rib chiqishda takrorlangan. (fuqaro M.Norova, M.Sa’diyev va K.Mahmudovlarning murojaatlari).
Shuningdek, fuqaro X.Qodirovning mahallada ishlagan yillarini nafaqa tayinlashda ish stajiga qo‘shilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati adliya bo‘limi tomonidan to‘liq o‘rganilmagan. Ya’ni adliya bo‘limi tomonidan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limiga qilgan so‘rov xatida fuqaroning mahallada ishlagan davri nima sababdan inobatga olinmaganligi so‘ralmagan. Oqibatda BTPJ bo‘limining xatida ushbu masala aniqlashtirilmagan va shunga asoslanib fuqaroga mahallada ishlagan davri nima sababdan inobatga olinmaganligiga to‘xtanilmagan.
Vaholanki, fuqaroning mehnat daftarchasida qayd qilingan yuqoridagi ish yillarini sud orqali tiklash imkoniyati mavjud edi.
Hujjat aylanishi to‘liq elektron tizim (virtual.adliya.uz) orqali amalga oshirilishi lozimligi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay adliya bo‘limlari tomonidan hali-hanuzgacha mazkur tartibga amal qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Xususan, Karmana_da_5_ta_,_Konimex_,_Nurota'>Karmana_da_11_ta_Konimex_,_Nurota_va_Uchquduq'>G‘ozg‘onda 26 ta, Navoiy shaharda 24 ta, Karmanada 11 ta Konimex, Nurota va Uchquduq tumanlarida 6 tadan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida javob xatlari virtual.adliya.uz tizimi orqali imzolanmagan.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqaro murojaati yuzasidan so‘rov xatlariga 10 kun muddat ichida javob berilishi belgilangan bo‘lsada, Karmanada 5 ta, Konimex, Nurota tumanlari va Navoiy shahrida 4 tadan, Uchquduqda 2 ta murojaatni ko‘rib chiqishda ushbu tartib buzilgan bo‘lishiga qaramay, adliya bo‘limlari tomonidan mazkur holat yuzasidan biror bir chora ko‘rilmagan.
Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish yuzasidan tegishli hujjatlar (so‘rov, javob xatlari) Av.ijro.uz tizimiga biriktirilmagan. Xususan, Karmanada 70 ta, Navoiy shaharda 5 ta va Xatirchida 7 ta murojaatlarning javob xatlari tizimga biriktirilmasdan nazoratdan yechib yuborilgan.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling