Ҳурматли Ҳайъат раиси


Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida


Download 153 Kb.
bet5/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan Qo‘shma topshiriqning 5-bandida ishchi guruhlar tegishli hududda “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari tashkil etilishi hamda ular faoliyatining samaradorligini, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirib, tahlil qilgan holda 2022-yil 25-avgustga qadar Bosh prokuraturaga axborot taqdim etishi begilangan bo‘lsada, bo‘lim tomonidan mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha axborot 10 kunga kechiktirib, ya’ni 6-sentabr kuni taqdim etilgan.
Adliya vaziri tomonidan 2022-yil 26-avgustda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-198-son Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Media-rejaning 7- va 10-bandilari ijrosi kechiktirib bajarilgan.
Adliya vazirligining 2022-yil 28-fevraldagi 11/30-1/776-son topshiriq xatiga asosan hududiy adliya boshqarmalariga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga rioya qilinishini monitoring qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni har oyning 25-sanasiga qadar vazirlikka taqdim etish belgilangan bo‘lsada, Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan bugungi kunga qadar nizom talablariga rioya qilinishi holatini monitoring qilish yetarli darajada amalga oshirilmayapti.
Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda
3-chorakda jami 4 ta muddat buzilishi borligi qayd etilgan. Vaholanki, boshqarma tomonidan o‘rganilganda, yuqorida keltirilgan nizom talablari bo‘yicha yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish davomida Qiziltepa tumanida 6 ta davlat tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq muddat buzilishlari sodir etilgan aniqlandi.
Mazkur qonunbuzilish holatlari Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlanmaganligi natijasida, bugungi kunga qadar aybdor shaxslarga nisbatan tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmasdan kelinmoqda.
Shuningdek, Tomdi tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha taqdim etilgan jadvalda 3-chorakda tumanda yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish bo‘yicha jami 3 ta qonunbuzilish holatlari sodir etilganligi ko‘rsatilgan. Biroq, boshqarma tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, Tomdi tumanida 20 dan ortiq holatda belgilangan muddatlar buzilganligi ma’lum bo‘ldi.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling