Ushbu bandni Siz to'ldiring!


Da’vo arizasini qanoatlantirishga asos bo‘lgan dalillarni ko‘rsating


Download 53.52 Kb.
bet14/20
Sana02.01.2022
Hajmi53.52 Kb.
#188335
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
FPH

Da’vo arizasini qanoatlantirishga asos bo‘lgan dalillarni ko‘rsating.

Bizga berilgan kazusda da’vo arizasini qanoatlantirishga asos bo‘lgan dalillar sifatida aynan nimalar sudga taqdim etilganligi haqida hech qanday ma’lumotlar mavjud emas. Shunday bo‘lsada umumiy asoslarda da’vo arizasini qanoatlantirishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan dalillar haqida to‘xtalib o‘tamiz.



Dalil — sud ishlarida isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tasdiqlaydigan yoki inkor etadigan turli faktik ma’lumotlardir10.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 8-bobi dalillar mavzusiga bag‘ishlanadi. Ushbu kodeksning 71-moddasida fuqarolik protsessida dalillar deb nimalarga aytilishi haqida ma’lumot beriladi: “taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalillardir”.

Dalillar fuqarolik va arbitraj jarayonlarida sud tomonidan ishda muhim bo'lgan faktlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni qabul qilish vositasi sifatida qaraladi11.

1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling