Qurilish mashinalarining xarakatlantiruvchi qismlari - Qurilish mashinalarining
xarakatlanuvchi
moslamalari:
xarakatni
uzatuvchi
mexanizmni
xarakatlantiruvchi va tayanch ramasi yoki o’qidan iborat bo’ladi.
Xarakatni uzatuvchi qism xarakat turiga qarab (qabul qilingan jixozlarga qarab) zanjirli,
g’ildirakli, relsli, odimlovchi bo’ladi.
Qurilish mashinalarining boshqarish sistemasi-Oddiy pult orqali ularga o’rnatilgan
priborlarga asosan-dasta (rukoyatka), pedallar, knopka, richagli uzatmalar sistemasi,
tortuvchi tayanch, sharcha (zolotnik), trubalar, qo’shimcha moslamalar ya’ni ularni tekshirib
turuvchi dvigatel xarakati, mexanizm uzatmasi va ishchi jixozlarini kiritish mumkin.
Konveerlar-Konveerlar orqali donador sepiluvchi materiallar, donador yuklar, shuningdek
Yumshoq, oquvchan qorishmalar (beton, qum-sement qorishma) kerakli joyga uzatilib beriladi.
Konstruksiyasiga qarab ular; tasmasimon va cho’michli, vintli va tebranmali tarzda
tayyorlanadi. Tasmasimon va cho’michli konveerlarda materiallar to’xtovsiz tarzda zanjirlar
yoki tasmalar orqali etkazib beriladi. Vintsimon va tebranmali bo’lsa, aylanuvchi qism yoki
ishchi o’zakli tebranish orqali bajariladi.
Yuklovchi va tushiruvchi mashinalar- donador va sochiluvchan yuklarni yuklash va
transport vositalaridan yuklarni tushirishda foydalaniladi. Ular asosan g’ildirakli o’zi yurar
yoki zanjirli ko’taruvchi-uzatib beruvchi mashinalarga bo’linadi. Ish jarayonlarini bajarish
talablariga qarab: yuklovchi tushiruvchi mashinalar, to’xtab (sikl bilan) ishlovchi va
to’xtovsiz ishlovchi mashinalarga bo’linadi.
Yuk ko’taruchi mashinalar---asosan yuklarni bir joydan ikkinchi bir joyga siljitishda,
Qurilish materiallari omborlarida yuklash-tushirish ishlarida, montaj va texnologii jixozlarni
ishlatish davomida paydo bo’lgan xizmatlarni bajarishda ishlatiladi.ISHlab-chiqarish
vazifasiga qarab ular: yordamchi, Qurilish yuklari ko’targichlari, Qurilish kranlari, maxsus
truba qo’yuvchi mashinalarga bo’linadi.
Domkratlar. Qurilishda
montaj
va
ta’mirlash
ishlarida
yuklarni,
katta oraliq masofasiga ega bo’lmagan balandlikka ko’tarib olishda ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |