185
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning
natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test Topshiriqlari yoki yozma ish variantlari
yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Talabalarning Qurilish mashinalari fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or
va zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni
tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy
qo’llanmalar,
maruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar,
virtual stendlar
hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan
foydalaniladi. Maruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg’or pedagogik
texnologiyalardan foydalaniladi.
“Qurilish mashinalari” fanini o’qitishda ko’rgazmali qurollar, texnikaviy vositalar va boshqa
didaktik materiallardan (texnologik
xaritalar, mehnat jarayonlari xaritasi, Topshiriqlar,
mashqlar) tashqari
zamonaviy komp yuterlar, mul timedia va internetlardan hamda video
kassetalardan foydalanish yo’llari tavsiya etiladi. O’quv jarayonlarida talabalarning
mantiqiy samarali fikr yuritishga o’rgatish uchun ularning ijodkorlik Kuchidan foydalanish
texnologiyalari qo’llaniladi.
Talim berishning aql (miya)ni zo’r berib
ishga soladigan usullardan, ish uchun foydali
o’yinlardan, mojaroli vaziyatlardan va boshqa ish bilarmonlik o’yinlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: