Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Avtomobilь tipidagi maxsus shassili kranlar


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Avtomobilь tipidagi maxsus shassili kranlar katta yuk ko’taruvchi, o’tish, yurish 
moslamalri va burilishi yaxshi. Bunday kranlarni yuk ko’tarish qobiliyati Q

25. . . 500t, 
tezligi 60. . . 70 km

soat gacha boradi. (3.14-rasm) 
SHassili kranlar 6 o’qli, g’ildirak formulasi 12x8 va 4 ta boshqaruvchi o’qqa ega 
bo’lib Q

120 t gacha yukni ko’tara oladi. Bunda ikkita kuch qurilmasi 
3.13-rasm. Yuk ko’tarish qobiliyati 100 t 
li damlanuvchi g’ildirakli kran. 
a)qurilmalar sxemasi; b)bosh ko’tarish 
mexanizmlari arqonning zaxiralash 
sxemasi; v) xuddi shu, yordamchi 
ko’taruvchi mexanizm uchun; g) yuk 
ko’tarish grafigi. 


95 
mavjud bo’ladi. 
Oddiy kranlarga nisbatan 
farqli ularda uzatmalar kuchi va 
boshqarish o’qlarining soni bilan 
farq qiladi. O’qlarga tushayotgan 
yuklarni 
talab 
darajasida
bo’lishida ular ko’p o’qli (3...8) 
etib tayyorlanadi.
Tortuvchi o’qlar qurilish maydonlarida ularni yengil xarakatlanishini ta’minlashini va 
boshqarish o’qlari soni ularni aylanish radiusini qisqartirish uchun xizmat qiladi. Ular asosan 
teleskopik strela bilan ta’minlangan bo’lib, konstruktsiyasi asosan 3 ta (yuk ko’tarish 
qobiliyati 25 va 40 t) va to’rtta (yuk ko’tarish qobiliyati 63 va 100 t) qismlardan tashkil 
topadi va turli uzunliklarda tayyorlanadi. Sektsiyalarni xarakati gidrotsilindr yordamida va 
oxirgi qism esa, sim arqonli uzatma bilan amalga oshiriladi. Ish jarayonida barcha 
yuklanishlar va og’irlik kuchi tayanch oyoqchasi orqali yerga oshiriladi. 
SHuningdek ularda ikkita kuch qurilmalarining mavjud bo’lishligi bilan: biri 
avtomobilning shassi qismiga, ikkinchisi kranning burilish qismiga ( 4 ) o’rnatilgan bo’ladi. 
SHassi qismiga o’rnatilgan kuch qurilmasi kranning xarakatini va tayanch oyokchalarini (6) 
boshqarish uchun gidravlik xaydagich uzatmalar orqali ta’minlaydi. Kranning burilish 
qismidagi kuch qurilmasi kran mexanizmlarini ishlashini ta’minlaydi. U o’z navbatida 
dizeldan, gidravlik xaydagich (bir yoki bir necha) lardan iborat bo’lib, kranning aylanish 
mexanizmlari bosh va yordamchi (5) ko’targichlarning lebedkasini gidravlik motorlarini 
taqsimlovchi manbalari orqali boshqaradi. Bundan tashqari ushbu xaydagichlar strelani 
ko’taruvchi gidrotsildindrlarga (3), shuningdek teleskopik strela ( 2 ) sektsiyalarini 
xarakatlantiruvchi gidrotsilindrlarga xam, manbaa yetkazib beradi. Kranning ishchi 
jarayonlarini boshqarish kabina qismidan bajarilib, u kranning aylanuvchi (buriluvchi) 
qismiga joylashtirilgan. Sanoat asosan ana shunday yuk ko’taruvchi (25, 40, 63, 100 t) 
kranlarni ishlab chiqarmoqda. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling