Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
To’g’ri cho’michli ekskavator. Yuqorida aytib o’tilgandek to’g’ri cho’michli
ekskavatordan o’zi turgan satxdan yuqorida gruntga ishlov berishda foydalani-ladi (4.7- rasm). Ulardagi cho’mich xajmi turlicha bo’ladi. 4. 7-rasm. To’g’ri cho’michli ekskavator bilan gruntga ishlov berish sxemasi 110 Ekskavatorning ishchi qismlari strela, dasta va cho’michdan iborat. Po’lat arqonli ekskavatorlar strelasi (4. 8-rasm) pastki qism burilish platformasi 1 oldingi qismi bilan tsilindrik sharnir yordamida birlashgan bo’ladi. Yuqori qism 4 esa po’lat arqon orqali ko’taruvchi chig’ir 2 va 3 bilan qo’shilgan. Bu chig’ir yordamida strela bilan tayanch yuza orasidagi burchakni 45…60° ga o’zgartirishi mumkin. 4. 8-rasm. Ishchi qismi to’g’ri cho’mich bo’lgan bir cho’michli ekskavator a-konstruktiv sxemasi; b-bosim mexanizmlari sxemasi; v-cho’mich tubini ochish qurilmasining kinematnk sxemasi; g-dastasi mayatniksimon osmali ekskavator sxemasi; d-ikki dastakli cho’mich sxemasi. Dasta 10 uchiga cho’mich 7 o’rnatilgan bo’lib, u moslama 11 orqali strelaga tayanadi va qulochini o’zgartira oladi. Dasta strelaga bog’liq ravishda bir (4.8-rasi,b) va ikki (4.8-rasm, d) balkali bo’lishi mumkin. CHo’mich to’g’ri bug’chakli, to’rt tomoni o’ralgan va ochiluvchi tubi 8 bo’lgan idishdan iborat. CHo’mich tubining berk xolati ostiga maxkamlangan prujinali tiqin yordamida ta’minlanadi. CHo’mich orqa qismidagi qulochlari orqali dastaga maxkamlanadi va tortki 9 yordamida uning qiyaligi sozlanadi. Muvozanatlovchi qurilma 18 (4.8-rasm, b, d) yoki koromislo 24 orqali cho’mich chig’ir 12 ning polispastiga ulanadi. Bir cho’michli po’lat arqonli ekskavatorlarning ishchi xarakati cho’michni ko’tarish, bosim, burilish va cho’mich tubini ochish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Ko’tarish mexanizmi cho’michni ko’tarishi va kerakli xolatda ushlab turishni ta’minlashi kerak. Bosim mexanizmi dastaning ilgarilanma qayta xarakatini ta’minlashi, shuningdek, qulochining turli xolatida dastani ushlab turishi kerak. Bu mexanizm ikki xil variantda ishlab chiqariladi: bir balkali dastalarda reversiv chig’irli, ikki balkali dastalarda esa reversiv, tishli- reykali uzatma ko’rinishida. Birinchi xolatda zanjirli uzatma 15 orqali kuch qurilmadan xarakat oluvchi bosim chig’iri (4.8-rasm, b) barabani 14 strela tovonlari sharnirlari o’qiga o’qdosh qilib o’rnatiladi. Bosim arqonlari 19 blok 16 ni aylanib o’tib, dastaning dum tomoniga maxkamlanadi. qaytma xarakat qildiruvchi arqonlar 20 esa dastaning oldingi qismiga cho’mich oldiga maxkamlanadi. Bu arqonlar tizimi dastani barabanning aylanishiga muvofiq ravishda ilgarilanma-qaytma xarakat qilishiga imkon yaratadi. Ko’p xollarda ko’taruvchi arqonning bo’sh tarmog’i 17 bosim barabaniga ulanadi. Bunda gruntning kesishga qarshiligi ko’payishi bilan uni ko’taruvi kuch xam ko’payadi. Bu bilan ko’tarish va bosim mexanizmlarining tekis ishlashi va qazishda cho’michni boshqarish osonlashadi. 111 Zaboyda xosil bo’luvchi suv-grunt aralashmasi — pulьpa maxsus grunt xaydagichlar yordamida quvurlarda transportirovka qilinadi. Relьefi qulay bo’lgan joylarda pulьpami transportirovka qilish ochiq kanallarda amalga oshiriladi Gruntni joylash oldindan tayyorlangan joylarga pulьpani tashlash bilan bajariladi. Pulьpaning xarakat tezligi kamayishi natijasida grunt zarrachalari cho’kadi, tingan suv esa suv xavzasiga yoki qayta foydalanishga yuboriladi. Gruntga ishlov berishning gidromexanizatsiya usuli ish unumdorligi kattaligi (sutkasiga 300 ming m 3 gacha) va ish frontining chegarlanganligi bilan farq qiladi. Gidromexanizatsiya ko’proq gidrotexnik qurilishlarda xamda tog’-kon ishlarida ko’p ishlatiladi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling