Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Titratuvchi g’ildirakli zichlash mashinalari
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. 1. Ustun qoziqlar va ularni o’rnatish
Titratuvchi g’ildirakli zichlash mashinalari. Ular asosan silliq yuzali, tirsakli yoki
to’rsimon g’o’lachali (ichki qismiga to’lqin xosil etuvchi titratgich o’rnatilgan, aloxida uzatiluvchi qoziqsimon tasmalar yordamida g’ildirak ramasiga o’rnatilgan dvigateldan xarakat oluvchi titratgichlar joylashtirilgan, tarza ishlab chiqarilmoqda. Zichlash samaradorligi gravitatsion va tasodifiy kuchlarni birgalikda ta’sir etishi natijasida, generatordan manbaa oluvchi titratgich orqali amalga oshiriladi. Bu esa kichik massaga ega bo’lgan g’ildiraklardan xam foydalanish imkoniyatini yaratadi. Tebranma ta’sir natijasida qumlarni zichlashda g’ildirak massasi taxmi-nan bir marta, soz tuproqda ikki marta, o’rta va og’ir gruntlarda 10...30% ga yengil bo’lishligini ta’minlaydi. Gruntni yopishqoqligi ortishi bilan, tebranma ta’sir etuvchi zichlash mashinalarida samaradorlik kamayadi. SHu sababli yopishqoq va o’ta yopishqoq gruntlarda og’ir g’ildirakli zichlash moslamalari ishlatiladi. USTUN QOZIQ QOQISH UCHUN MASHINA VA QURILMALAR Reja: 1. Tebranma botirgichlar va tebranma bolg’alar 2. Kopyor va kopyor qurilmalari 3. Kopyor qurilmalariga ega bo’lmagan mashina va joxozlar 4. Ustun qoziqlar va ularni o’rnatish Tayanch so’z iboralar Qoqiluvchi, gidravlik urish bolg’alari, poydevor, vintli, ustun qoziqlar, kopyor, pastki rama, yuritish moslamasi , aylanuvchi platforma , uruvchi bolg’alar, mexanik uruvchi bolg’alar, xavobug’simon uruvchi bolg’alar, qoziq 5. 1. Ustun qoziqlar va ularni o’rnatish Ustun qoziq poydevorlar uchun: tayyor xoldagi (qoqiluvchi), parmasimon, yaxlit qo’yiluvchi turlaridan foydalaniladi. Tayyor xoldagi qoqiluvchi va parmasimon (vintli) ustun qoziqlar zavodlarda, yaxlit xoldagilar esa ob’ektni o’zida temir-betonli yoki tayyor xoldagi ustun qoziq bilan qo’shib birgalikda quyiladi. Xozirgi vaqtda qurilish maydonlarida foydalanilayotgan ustun qoziqlarni deyarli 90% qismi zavodlarda tayyorlangan bo’lib, ularni o’lchamlari 0,2x0,2...0,4x0,4 m va uzunligi 20 m gacha boradi. Bundan tashqari parmasimon metall qoziqdar xam ishlatilib ular bosuvchi va tortuvchi yuklanishdagi kuchlarni ta’sirida ishlaydi. Ko’p xollarda ularni magistral quvurlarni montaj etishda tayanch poydevor sifatida ishlatib maxkamlanadi. Yaxlit qo’shma ustun qoziqlar tayyor xolda ishlatiluvchi qoziqlarga nisbatan kamroq ishlatiladi. Juda ko’plab xorijiy mamlakatlarda esa quduq qazilib yaxlit qo’yiladigan ustun qoziqlar gruntga asosan qoziqlarni ustki qismiga yuklanish qo’yilib tik yoki qiya suyuqlikda ta’sir etuvchi kuchlar yordamida qoqiladi. Bu kuchlar gruntdan ko’rsatilayotgan qarshilik kuchini yengib boradi. Struktura tuzilishi, tarkibiy qismi, namligi, ichki va tashqi ishqalanish kuchlariga turlicha qarshilik ko’rsatadi. Oquvchanligi katta bo’lgan gruntlarda tayyor xoldagi qoziqlar bosim kuchi yordamida cho’ktiriladi. Bunda gruntdan ko’rsatilayotgan qarshilik kuchini yengish uchun katta og’irlikdagi yuklanish bilan ta’sir etish kerak bo’ladi. Aks xolda ustun qoziq qalqib, yer satxiga qarab xarakatlanadi. Ular ko’poq og’ir vaznli traktorlar yordamida bajariladi. Ya’ni tashlama rama bilan bosiladi, u o’z navbatida 119 yo’naltiruvchi machtaga biriktirlgan bo’ladi. Material sarfi yuqori bo’lgani uchun bu turdagi mashinalar asosan bo’sh, yumshoq gruntlarda ishlatiladi. qoqish ishlarini jadallashtirish maqsadida ikkita talab bo’yicha talabdagi yuklanishni (kuchni) ta’minlovchi qurilma va ustun qoziq bilan grunt o’rtasidagi bog’lanish kuchlarini yuzalar bo’yicha taqsimlovchi natijada qoqilayotgan ustun qoziqga ta’sir etuvchi qarshilik kuchini kamaytiruvchi mashinalardan foydalanish maqsadli bo’ladi. Bu talab esa o’z navbatida mashinalarni sezilarli darajada yengil vaznli etib tayyorlanishiga olib keladi. Birinchi yo’nalish talabi bo’yicha qoziq qoquvchi qurilmalar-qoziq bolg’alari (ya’ni qoziqga uruvchi yukni o’tkazuvchi)ni aytish mumkin. Bosuvchi yukga qo’shimcha ravishda gravitatsion kuch (o’zini og’irligi va o’zaro ta’sir etuvchi mashinaning ishchi qismlaridan tushuvchi yuklanish) bo’lib, uruvchi ishchi qism orqali qoziqga qisman kinetik energiya beradi. Bu usul keng miqyosida foydalaniladi va faqat qattiq to G ’ jinsi gruntlaridan boshqa gruntlarda ishlatiladi. Ikkinchi yo’nalish tebranmali qoqish talab etilgan gruntlarda ishlatilib, yuqori chastotali aniq yo’nalishdagi yuklanish va vazifasi va yo’nalishi bo’yicha dam-badam o’zgarib turuvchi yuklanish xisobiga amalga oshiriladi. To’satdan paydo bo’luvchi o’zgaruvchan tezlik bilan tushuvchi qoziq yon atrofida, gruntdan ta’sir etuvchi ichki va tashqi ishqalanish kuchi (koeffitsienti) birdaniga ozayib ketadi. Natijada qoziqli grunt bilan o’zaro ta’siri tebranmali kuch ta’sirida samarali bo’ladi. Bu usul asosan o’ta namli va yopishqoqsimon namli gruntlarda samarali xisoblanadi. Uruvchi bolg’a usuliga qaraganda ish unumdorligini o’rtacha 2,5-3 marta oshirib, tannarxini 1,5-2 marta kamaytiradi. Aylanma buralish xisobga qoziqlarni tushirish uchun mashinalar gorizontal yuzalarda juft kuchlarni ta’sirini ustun qoziqga uzata oluvchi bo’lishi kerak. qurilishda asosan kabestan- «statistik usulda aylanma kuchni uzatilishini ta’minlovchi moslama» dan foydalaniladi. Bunday usulda ustun qoziqlar shag’alsimon tuproq, toshli qum, loysimon tuproq, shuningdek muzlagan (qum va tuproq) gruntlarda olib boriladi. Ustun qoziqlarga rastverkalarni ulab montaj etishdan oldin, ular loyixa balandligi bo’yicha tekislashib (xavo yordamida ishlovchi bolg’alar yordamida, gazli qirquvchi qurilma, maxsus ustun qoziq kesuvchi moslama orqali) so’ngra «rastverka» montaj etiladi. Yaxlit xolda qo’yiluvchi ustun qoziqlar asosan ob’ektni o’zida oldindan chuqurcha burg’ilanib shu joy temir-beton qorishmasi bilan zichlashtirilib to’ldiriladi. CHuqurlik burg’ilash yordamida (aylanma, urish, tebranmali issiqlik xaroratida mexanik ta’sir etib) turli o’lchamdagi chuqurchalar xosil qilinib, yumshoq gruntlarda devor cheti xit bilan maxkamlanib amalga oshiriladi, kuraydigan gruntlarda obsad (qoldirilib ketiladigan) quvur yordamida amalga oshiriladi. Yoki aksincha qorishma sekin asta to’ldirilib quvur tortib olinadi. quduqni kengaytirish kesib kengaytiruvchi moslama yoki gruntni o’z chegarasi doirasida deformatsiyasini xosil qilmaydigan «kamuflet» parchalagich yordamida amalga oshiriladi. Ko’pincha bunday kengaytirish ustun qoziqni yagona texnologik jarayonli usuli bo’lgani uchun ustun qoziqli o’zini tushirish (o’rnatib olish) bilan amalga oshiriladi. Bu usul burg’iluvchi yaxlit qoziq deyiladi. Bundan tanxari tebranmali, tebranma shtampli usul bilan xam quduqchalar xosil qilinadi. Bu usullarda bajarilayotgan jarayonlarda umumqurilish mashinalari (burg’ilovchi, beton aralashtiruvchi, tashuvchi mashina, quyuvchi, beton qorishmani zichlovchi va x.k.) va shuningdek maxsus mashinalar ishlatilib ushbu ishlarni ancha osonlashtiradi. Bu mashinalar to’g’risidagi aniq va kengroq ma’lumotlar maxsus adabiyotlarda o’rganiladi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling